Buxoro tumani 49-umumta'lim maktabida Mehnat kodeksiga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimlar to'g'risida huquqiy targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi
Joriy yilning 13 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1030-sonli Qonuni imzolandi. Ushbu qonun bilan Mehnat kodeksi(bundan keyingi o‘rinlarda MK deb yuritiladi)ga 49 ta o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi. Mehnat kodeksiga kiritilgan shu va boshqa qonunchilikdagi yangiliklarni aholiga xususan, mehnat jamoasiga yetkazish maqsadida Buxoro tumani 49-umumta'lim maktabida huquqiy targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda Buxoro tuman adliya bo'limi YXKM Bosh yuriskonsulti I.Saidov tomonidan Mehnat kodeksiga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimlar amaliy misollar bilan tushuntirib berildi. Asosiy o'zgartirish va qo'shimchalardan biri MK 233-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilib, har yilgi mehnat ta'tili vaqti uchun haq to‘lashda yakshanba kuni inobatga olinmasligi belgilandi.
Bu esa fuqarolarning mehnat sohasidagi qonuniy huquqlarning to'la ro‘yobga chiqishini anglatadi. Ko‘pchilik MKning 233-moddasidagi yuqoridagi o‘zgartirish va qo‘shimchani noto‘g‘ri tushunib ta'til kunlarini hisoblashda yakshanba kuni hisobga olinmaydi deb talqin qilishmoqda. Bu noto‘g‘ri tushuncha bo‘lib, qonunning o‘zida aniq qilib “Har yilgi mehnat ta'tili vaqti uchun haq to‘lashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi,” – deb yozib qo‘yilgan. Shunga asosan har yilgi mehnat ta'tili kunlarini hisoblashda yakshanba kuni ham qo‘shib hisoblanadi. Faqat haq to‘lashda inobatga olinmasligi to'g'risida qonun normalari tushuntirib berildi. Pedagog xodimlar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.