October 28

Buxoro tuman oila va xotin-qizlar bo'limida "Korxonada shtatlar qisqarishi" mavzusida huquqiy targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi

Targ'ibot tadbiri Buxoro tuman adliya bo'limi YXKM Bosh yuristkonsulti I.Saidov tomonidan o'tkazildi. I.Saidov o'z nutqida Mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qismining 2-bandi bo‘yicha mehnat shartnomasining bekor qilinishi, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlarning ishlar hajmining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lishi kerakligi, qayd etilgan ushbu sabablar mavjud bo‘lgandagina sud haqiqatda xodimlar soni (shtati) yoki ishlar hajmining o‘zgarishi sodir bo‘lgan deb topish ekanligi aytib o'tildi. Bunda shuni hisobga olish lozimki, agar faqat texnologiyadagi, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, ish hajmining qisqarishi, obektiv sabablarga ko‘ra xodim tomonidan mehnat shartnomasida belgilangan avvalgi ishni bajarishni davom ettirishga to‘sqinlik qilsagina, bunday asoslarda mehnat shartnomasining bekor qilinishi asosli deb topilishi mumkinligi to'g'risida amaliy misollar bilan tushuntirib berildi.

Shuningdek, oila va xotin-qizlar bo'limida ishdan bo'shatish muddatlari va tartibiga rioya qilish, ishdan bo'shatish nafaqasini berish, buruqlarni rasmiylashtirish muhim vazifa ekanligi to'g'risida fikrlar bayon etildi.