November 18

Buxoro tuman bolalar musiqa va san'at maktabida "Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Buxoro tuman bolalar musiqa va san'at maktabida pedagog va ishchi xodimlari ishtirokida "Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" nomli huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Buxorotuman adliya bo‘limi YXKM boshlig‘i O‘.Akmamedov yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi O‘RQ-419-sonli qonunning mazmuni va mohiyatini tushuntirib berishdi. Unga ko‘ra korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi jinoyat hisoblanishi to‘grisida tushuntirib berildi.

Qolaversa, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi haqida to'xtalib, Konstitutsiya - xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi ekanligi, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib hisoblanishi to'g'risida fikr bildirildi. Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O’zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotganligi haqida batafsil ta'kidlab o'tildi. Yaqinlashib kelayotgan ushbu tantanali bayram O’zbekiston bo‘ylab barcha tashkilot va muassasalarda keng nishonlanlanishi bizda milly ruhni, milliy g'ururni, qonunglarga hurmat tuyg'usini shakllantirishi shak-shubhasizdir.

Yig‘ilganlar tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga javoblar berildi.