Buxoro tuman 9-umumta'lim maktabida o'quvchilar uchun “Mehnat huquqlari, ta'tillar va mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi” mavzusida oʻquv-seminar oʻtkazildi.
Bugun 9-umumta'lim maktabida o'quvchilar uchun uchun “Mehnat huquqlari, ta'tillar va mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi” mavzusida oʻquv-seminar oʻtkazildi. Tadbirda Buxoro tuman YXKM boshlig'i O'.Akmamedov ishtirok etdi. Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad – xodimlarning mehnat qonunchiligiga oid bilimlarini oshirish, huquq va majburiyatlarini yanada aniq tushuntirishdan iborat boʻldi.
Seminar davomida qatnashchilarga:
🔹 mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilishning qonuniy asoslari;
🔹 xodimning asosiy mehnat huquqlari va kafolatlari;
🔹 yillik mehnat ta'tili, qoʻshimcha ta'tillar va ularni berish tartibi;
🔹 ish vaqtini toʻgʻri tashkil etish hamda moddiy javobgarlik masalalari
boʻyicha atroflicha tushuntirishlar berildi.
Tadbir interaktiv savol-javoblar bilan boyitilib, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar yuzasidan amaliy javoblar oldilar.
Bunday seminarlar kelgusida ham davom ettirilib, xodimlarning huquqiy ongi va savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.