Buxoro tuman 1-umumta'lim maktabida huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi
Bugun soat 10:00 da Buxoro tuman 1-umumta'lim maktabida tumandagi davlat tashkilotlari kadrlar boʻlimi xodimlari ishtirokida “Mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat ta'tillari, intizomiy jazo qoʻllash tartibi” mavzusida huquqiy targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbir Buxoro tumani YuXKM boshligʻi Oʻ.Akmamedov hamda bosh yuriskonsult I.Saidov tomonidan oʻtkazildi. Unda mehnat qonunchiligida belgilangan mehnat munosabatlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, xodim va ish beruvchining huquq va majburiyatlari, mehnat shartnomasini bekor qilishda yoʻl qoʻyiladigan xatolar, ta'til turlari va ularni rasmiylashtirish, shuningdek intizomiy jazolarni qoʻllash tartiblari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Mutaxassislar tomonidan amaldagi qonunchilikdan misollar keltirilib, mavzu boʻyicha ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Ushbu tadbir mehnat munosabatlarini qonuniy asosda tashkil etish, qonunbuzarliklarning oldini olish va mutaxassislarning huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qildi.