January 16

Buxoro tumanida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi

Huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Buxoro tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 6-umumta’lim maktabida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda o‘quvchilarga Vatanga sadoqat, harbiy xizmatning sharafli burch ekani, yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining "Umumiy harbiy xizmat va harbiy majburiyat to'g'risida"gi qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan islohotlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbir qizg‘in savol-javoblar hamda o‘quvchilarning faol ishtiroki bilan o‘tdi.