November 15

Buxoro tuman madaniyat bo‘limida "Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 

Buxoro tuman madaniyat bo‘limi rahbar va ishchi xodimlari ishtirokida "Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" nomli huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Buxorotuman adliya bo‘limi boshlig‘i U.To‘xtayev va YXKM boshlig‘i O‘.Akmamedovlar yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi O‘RQ-419-sonli qonunning mazmuni va mohiyatini tushuntirib berishdi. Unga ko‘ra korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi jinoyat hisoblanishi to‘grisida tushuntirib berildi.

Qolaversa, ushbu jinoyatni sodir qilishning asosiy sabablarida yana biri manfaatlar to‘qnashuvi hisoblanadi. manfaatlar to‘qnashuvi — to‘qnashuvi — shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyatekanligi to‘g‘risida amaliy misollar bilan ma'ruza qilindi.

Yig‘ilganlar tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga javoblar berildi.