October 21

Buxoro tuman 17-umumta'lim maktabida saylov qonunchiligi bo'yicha targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

Buxoro tuman adliya bo‘lim boshlig‘i U.To‘xtayev tomonidan tumandagi 17-umumta’lim maktabida “Saylov-2024 oyligi” tadbiri yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda maktab pedagogik jamoasi ishtirok etishdi. Tadbir davomida U.To‘xtayev tomonidan saylov tushunchasi, saylov turlari, saylovchilar huquqlari va majburiyatlari, saylov uchastkasining vazifalari, muddatidan oldin saylovda ishtirok etish tartibi to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, 2017 yil 3-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son qonunining mazmuni va mohiyati tushuntirib berildi.