Mahalla raislarining navbatdagi saylovi 2025-yilning may oyida o‘tkazilishi belgilandi
O'zbekiston Respublikasining 2018-yil 15-oktyabrda "Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida"gi O'RQ-499-son Qonuni qabul qilingan. Joriy yilning 11-fevral kuni qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O'RQ-1027-sonli qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun bilan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga fuqarolar yig‘ini raisi vakolatlari muddati uch yildan besh yilga uzaytirilishini, bo‘shab qolgan o‘rinlarga fuqarolar yig‘inlari raislarining besh yil muddatga saylanishini, shuningdek fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to'g'risida yangiliklar kiritildi. O‘zgartirishlarga muvofiq:
- fuqarolar yig‘ini raisi vakolatlari muddati uch yildan besh yilga o‘zgartirildi;
- fuqarolar yig‘ini raisi vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda bo‘shab qolgan o‘rinlarga yangi saylov o‘tkazish orqali rais besh yil muddatga saylanadi;
- Senat kengashining fuqarolar yig‘ini raisi saylovini o‘tkazish bilan bog‘liq vakolatlari Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga o‘tkazildi;
- fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi respublika komissiyasining saylovni o‘tkazish bilan bog‘liq vakolatlari hududiy komissiyalariga o‘tkazildi;
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlarining nomi Qoraqalpog‘iston, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlari sifatida o‘zgartirildi.
Shuningdek Buxoro tumanida ham fuqarolar yig‘ini raisi saylovini to'g'ri tashkil qilish yuzasidan tuman ishchi guruhlari va hududiy komissiyalar o'z ishini boshlab yubordi.