May 11, 2020

MAJBURIY FANLARDAN TEST OLINMAYDIMI?

❗️Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda eng ko'p muhokamaga sabab bo'layotgan savollardan biri.

Rustamov Sardor DTM ning test sinovlarini qanday o'zgartirishi yuzasidan o'zimning qarashlarimni sizlar bilan bo'lishmoqchiman.

✏️1-yo'l. Test sinovlari 2 ta asosiy fandan bo'lib o'tadi va bu fanlardan 1-fan uchun 3.1 va 2-fan uchun 2.1dan beriladi.


📗Savol tug'ilishi tabiiy: Nega 2019 yilning loyihasida endi fanlar 1-fan va 2-fanga bo'linmaydi deyilganku?

📂Javob: Agar 1-fan uchun 3.1 balldan 2-fan uchun 2.1 balldan bersa ham bo'ladi,bunda jami 156 ball tòplanadi, lekin agar ikkala asosiy fanga ham 3.1 balldan bersa, 186 ball bo'ladi. xòsh, nima farqi bor? Farqi juda katta agar ikkala fanga ham 3.1dan berilsa,bitta o'ringa 10 hatto 15tadan tòg'ri kelishi mumkin. Tushungadingiz-a? Masalan,1 ta Abituriyent 28 ta tarix va 27 ta geografiya ishladi deylik, 2 abituriyent 27 ta tarix va 28 geografiya ishladi balli teng kelib qoldi. agar 3.1 va 2.1dan bo'lsa Tarixni 28 ta yechgan o'quvchi ikkinchi abituriyentdan 1 ball ko'p tòplaydi va teng kelish holati pasayadi.


✏️2-yòl. 2 ta asosiy va +1 ta majburiy bo'ladi.


Savol tug'ilishi tabiiy: U qanday bo'ladi?
🗂Javob: DTM bizga majburiylar olib tashlanadi deb aytgani yòq,shunchaki kirish imtihonlari soddalashtirish ustida ish olib borilmoqda.
a)Abiturinet o'zi uchun majburiy fanni tanlaydi. 1-fani Tarix-geografiya topshiradigan odam O'zbekiston tarixini tanlaydi-ku?
Yo'q unday emas, buni hujjat topshiradigan vaqtda tanlaydi. Masalan,Kimyo va biologiya fanidan test topshiradigan abituriyentlar oldiga tanlov qo'yiladi: qaysi majbiriy fanni qo'shib topshirish. Tarix- geogragiya yo'nalishi esa Matematika va Ona tilidan birini tanlaydi. Bunda abiturentlarning bilimi ikki xil yo'l bilan saralab olinadi, bu abituriyentlarda biroz norozilik keltirib chiqarishi mumkin.
b) Bitta yo'nalish uchun bitta majburiy fan majburiy qilinadi. Xo'sh, bu qanday bo'ladi? Masalan, Tarix-geografiya uchun ona tili, Kimyo va biologiya uchun matematika, Tarix va fizika uchun O'zbekiston tarixi. Bu fanlar majmuyini DTM tastiqlaydi.
Savol tugilishi tabiiy baholash qanday bo'ladi unda, Baxolash: asosiylar uchun 3.1 majburiy uchun 2.1 yoki 1.1 balldan berib baholashi mumkun.

✏️3-yòl. Majburiy fanlardagi savollar sonini qisqartirish masalan 15 ta emas,balki 10 tadan tashlashi mumkin.

➖ Bu menimcha,
DTM òzgarishlari haqida bòlishi mumkin bo'lgan yo'l, biz bilamizki, DTM abituriyentlar bilan hisoblashmadi,qaror chiqadi bo'ldi,shu bo'yicha tayyorlanamiz. Hurmatli DTM dagilar iltimos, qaror qabul qilganda 1 yil oldingi chiqib gapirgan gaplaringizni o'ylab qaror chiqaringlar. 5 ta fan haqida qaror chiqqan kundan buyon o'qishga kiraman deb 5 ta fanni tun-u kun o'qiyotganlar bor. Majburiylarni tavakkal qilib yechib chiqaman deb umuman o'qimasdan yurganlar bor. Agar majburiy fanlarni to'liq olib tashlasangiz bu 5 ta fanni o'qiganlarga nisbatan xiyonat bo'ladi.

DTMGA TAKLIFIM:
Majburiy fanni butkul yo'qotib, o'qishga kirishni chin dildan xohlab qaror chiqqandan boshlab o'qiganlarni jarga itarmanglar. Qolaversa, bu keyingi yil 5 ta fanni yana shu holicha qaytarsa, abituriyentlar majburiy fanlarga nisbatan past nazar bilan qaraydi.

✍️ Rustamov Sardor

Tarix fani o'qituvchisi