❗️Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda eng ko'p muhokamaga sabab bo'layotgan savollardan biri.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushda ko'rish uchun o'tgan solih zotlar, taqvodor kimsalar, avliyoullohlar, oshiqi Rasulullohlar, ilmiga amal qilib o'tgan ulamolar tomonidan boshlaridan o'tkazgan tajribalar ham mavjud. Ana shunday tajribalardan bir nechtasini to'plab, bu yerda zikr qilmoqchimiz. Mo'min-musulmonlar ulardan o'zlari yoqtirgan bir usulni amalda qo'llab ko'rishlari maqbul ish bo'lardi! Agar bu bilan Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uning tushida namoyon bo'lmasa, boshqa bir usulni qo'llab ko'rish kerak. Agar umuman Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tushda ko'rinmasa, inson o'zini o'nglashi, tavba-tazarru qilishi va sunnatlarni ado qilishga qattiq kirishishi darkor. Agar bunda ham Rasululloh sollallohu...