Baliqchilik tarmogʼini qoʼllab-quvvatlash va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida
Respublikada baliqchilik tarmogʼini qoʼllab-quvvatlash, baliqchilik va baliq ovlash xoʼjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, ushbu sohada yer va suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish hamda intensiv texnologiyalarning keng joriy etilishini taʼminlash maqsadida:
1. Belgilansinki:2020 yildan boshlab sunʼiy suv havzalarida baliq yetishtiradigan baliqchilik xoʼjaliklariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq suv obʼektidan olingan va qaytarib chiqarilgan suv hajmi oʼrtasidagi farqidan kelib chiqib, qishloq xoʼjaligi yerlarini sugʼorish uchun belgilangan stavkalarda hisoblanadi;kollektor-drenaj suvlaridan olib foydalanilgan suv resurslari soliq solish obʼekti hisoblanmaydi;baliqchilik xoʼjaliklari va qishloq xoʼjaligi korxonalariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash uchun foydalanilgan suvning hajmi haqiqatda isteʼmol qilingan hajmdan kelib chiqqan holda Suv xoʼjaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan aniqlanadi;baliqchilik xoʼjaliklari va qishloq xoʼjaligi korxonalari tomonidan foydalanilgan suvning haqiqatda isteʼmol qilingan hajmini aniqlash imkoni boʼlmaganda, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bazasi belgilangan suvni isteʼmol qilish normativlarining 50 foizi miqdorida belgilanadi;Suv xoʼjaligi vazirligi tomonidan har yili suv limitlari belgilanayotganda baliqchilik xoʼjaliklari foydalanishi mumkin boʼlgan kollektor-drenaj tarmoqlarining roʼyxati shakllantiriladi hamda Suv xoʼjaligi vazirligining veb-saytida joylashtirib boriladi;baliqchilik xoʼjaliklari foydalanishi mumkin boʼlgan kollektor-drenaj tarmoqlaridagi suvlardan kollektor-drenaj tarmoqlarining loyihaviy parametrlariga rioya qilgan holda foydalanadi.
Batafsil: http://lex.uz/docs/4975254