I
@imtiyozlar
10 posts

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili institutini ta'sis etish to‘g‘risida

Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning faoliyatiga davlat organlarining asossiz aralashuvini oldini olish, xususiy mulk daxlsizligining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlari huquqlarining ustuvorligi prinsipini ta'minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili instituti (keyingi o‘rinlarda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil deb yuritiladi) ta'sis etilsin. 2. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar...

Kichik va O‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga oid qo‘shma chora-tadbirlar to‘g‘risida

Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, uni raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkonini beradigan zamonaviy xorijiy uskunalar va texnologiyalar bilan ta'minlash maqsadida, shuningdek jalb etilayotgan xorijiy kredit mablag‘lardan samarali foydalanish manfaatlarini ko‘zlab:

Tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, aholi bandligi va farovonligini oshirish, tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan o‘z ishlab chiqarishini muntazam modernizasiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, uni yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkonini beradigan ilg‘or zamonaviy uskunalar bilan ta'minlashga qaratilgan samarali rag‘batlantirish tizimini yaratish maqsadida:

Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni yengillashtirish va rag‘batlantirish maqsadida sohaga oid qator tartibotlar tanqidiy qayta ko‘rib chiqilib, eskirgan, zamon talabiga javob bermaydigan byurokratik to‘siq va g‘ovlar bekor qilindi. Ko‘rilgan choralar natijasida respublikada ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi, tadbirkorlik sub'ektlari va xususiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Bunday ijobiy o‘zgarishlar nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham keng e'tirof etilmoqda. Jumladan, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan e'lon qilingan «Biznes yuritish — 2020» hisobotida O‘zbekiston 69-o‘rinni egallab, islohotlar miqyosi va samaradorligi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi...

Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida: 1. Ma'lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi. 2. 2020 yil 1 iyuldan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati ilovaga muvofiq kengaytirilsin. 3. 2020 yil 1 iyuldan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq: o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ro‘yxatga olish xabar berish tartibida o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan...

«Har bir oila-tadbirkor» dasturini hamda Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalarini rivojlantirishni moliyalashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida

1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma): a) «Har bir oila — tadbirkor» dasturi uchun qo‘shimcha ravishda 98 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘larni: «Agrobank» ATBga — 40 million AQSh dollari ekvivalentida; AT Xalq bankiga — 30 million AQSh dollari ekvivalentida; «Mikrokreditbank» ATBga — 28 million AQSh dollari ekvivalentida; b) mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga yoshlar va xotin-qizlarni kichik tadbirkorlikka jalb qilish loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga — 2 million AQSh dollari ekvivalentida; v) Namangan viloyatidagi...

Kambagʼal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʼqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida

Mamlakatimizda mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish, aholining ishchanlik faolligini oshirish, kambagʼal va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik koʼnikmalariga oʼqitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini taʼminlash maqsadida: 1. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (keyingi oʼrinlarda — Vazirlik) tegishliligi boʼyicha Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda: 2021 yil 1 yanvarga qadar Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlarda «Ishga marhamat» monomarkazlarini 1-ilovaga muvofiq; bir oy muddatda Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent...

Oʼzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʼlchilikni rivojlantirish qoʼmitasi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida

Oʼzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʼlchilikni rivojlantirish qoʼmitasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 sentyabrdagi «Oʼzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʼlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PF-6059-son Farmoniga muvofiq:

Baliqchilik tarmogʼini qoʼllab-quvvatlash va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida

Respublikada baliqchilik tarmogʼini qoʼllab-quvvatlash, baliqchilik va baliq ovlash xoʼjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, ushbu sohada yer va suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish hamda intensiv texnologiyalarning keng joriy etilishini taʼminlash maqsadida: