Kichik va O‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga oid qo‘shma chora-tadbirlar to‘g‘risida
Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, uni raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkonini beradigan zamonaviy xorijiy uskunalar va texnologiyalar bilan ta'minlash maqsadida, shuningdek jalb etilayotgan xorijiy kredit mablag‘lardan samarali foydalanish manfaatlarini ko‘zlab:
1. Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalash uchun xalqaro moliya tashkilotlarining kredit majburiyatlarini, shuningdek xorijiy sarmoyadorlarning mablag‘larini respublikaning Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda boshqa tijorat banklari orqali jalb etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining taklifi ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
Batafsil: http://lex.uz/docs/168873