September 23, 2020

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Litsenziyalash to’liq bekor qilinadigan faoliyat turlari:

— Auditorlik faoliyati

— Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash faoliyati

— Fonogrammalarni tayyorlash faoliyati

— Qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarish faoliyati

— Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalashda:

umumiy foydalanish punktlari, shu jumladan qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlarining umumiy foydalanish punktlari tomonidan ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish;

qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlari orqali xizmat ko‘rsatish;

qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali xizmat ko‘rsatish;

Batafsil: https://lex.uz/docs/-4966394