September 22, 2020

Kambagʼal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʼqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida

Mamlakatimizda mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish, aholining ishchanlik faolligini oshirish, kambagʼal va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik koʼnikmalariga oʼqitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini taʼminlash maqsadida:
1. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (keyingi oʼrinlarda — Vazirlik) tegishliligi boʼyicha Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda:
2021 yil 1 yanvarga qadar Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlarda «Ishga marhamat» monomarkazlarini 1-ilovaga muvofiq;
bir oy muddatda Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga oʼqitish markazlarini 2-ilovaga muvofiq;
Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahri tumanlarida qisqa muddatli kasb-hunarga oʼqitish kurslarini 3-ilovaga muvofiq;
Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mahalla aholisini kasb-hunarga oʼqitish maskanlarini 4-ilovaga muvofiq tashkil etsin.

Batafsil: http://lex.uz/docs/4945748