O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili institutini ta'sis etish to‘g‘risida
Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning faoliyatiga davlat organlarining asossiz aralashuvini oldini olish, xususiy mulk daxlsizligining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlari huquqlarining ustuvorligi prinsipini ta'minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili instituti (keyingi o‘rinlarda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil deb yuritiladi) ta'sis etilsin. 2. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish; davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish; tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qo‘llab-quvvatlash;
Batafsil: http://lex.uz/docs/3193118