«Har bir oila-tadbirkor» dasturini hamda Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalarini rivojlantirishni moliyalashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma):
a) «Har bir oila — tadbirkor» dasturi uchun qo‘shimcha ravishda 98 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘larni:
«Agrobank» ATBga — 40 million AQSh dollari ekvivalentida;
AT Xalq bankiga — 30 million AQSh dollari ekvivalentida;
«Mikrokreditbank» ATBga — 28 million AQSh dollari ekvivalentida;
b) mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga yoshlar va xotin-qizlarni kichik tadbirkorlikka jalb qilish loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga — 2 million AQSh dollari ekvivalentida;
v) Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun Namangan viloyati hokimligiga 50 million AQSh dollari ajratish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Batafsil: http://lex.uz/docs/4895038