September 22, 2020

Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni yengillashtirish va rag‘batlantirish maqsadida sohaga oid qator tartibotlar tanqidiy qayta ko‘rib chiqilib, eskirgan, zamon talabiga javob bermaydigan byurokratik to‘siq va g‘ovlar bekor qilindi. Ko‘rilgan choralar natijasida respublikada ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi, tadbirkorlik sub'ektlari va xususiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Bunday ijobiy o‘zgarishlar nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham keng e'tirof etilmoqda. Jumladan, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan e'lon qilingan «Biznes yuritish — 2020» hisobotida O‘zbekiston 69-o‘rinni egallab, islohotlar miqyosi va samaradorligi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy oldi.
Shu bilan birga, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuvlar joylardagi ijrochilar sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatidan to‘liq xabardor emasligini, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amaliyotga joriy etilishi sezilarli darajada ortda qolayotganligini, ayrim lisenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda ortiqcha byurokratik to‘siqlar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizda biznes yuritish muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlikka keng erkinlik berish borasida boshlangan islohotlarni davom ettirish hamda qabul qilingan qonun hujjatlarining joylarda to‘g‘ri tatbiq etilishini ta'minlash maqsadida:

Batafsil: http://lex.uz/docs/4602230