9-sinf. Shrift oʻlchami, rangi va web-sahifa foni
Avvalgi mavzularda hosil qilgan web-sahifalarimizda bir xil
shriftdan foydalandik. Shrift oʻlchami ham faqat sarlavha teglari
yordamida oʻzgartirildi. Lekin internetdagi web-sahifalarda turli
shrift va oʻlchamda, har xil ranglar bilan yozilgan matnlarni
uchratish mumkin.
Shrift oʻlchamini belgilash uchun HTML tilida <FONT>
juft tegi SIZE (oʻlcham) parametri bilan birga ishlatiladi. Bu
teg ishlatilganda kiritilayotgan matnning shrift oʻlchami oʻzgarmaydi. Shrift oʻlchami oʻzgarganini faqat web-brauzerda
koʼrish mumkin.
Web-sahifada 7 xil oʼlchamdagi shriftlarni ishlatish mumkin.
Ular 1 gan 7 gacha parametr qiymati bilan belgilanib, 1 eng
kichik, 7 esa eng katta shrift olchamini bildiradi. Masalan,
shrift oʼchamini 5 ga teng qilib olish uchun <FONT SIZE=5>
koʼrinishdagi juft teg yoziladi. Asosiy shrift oʼlchamiga qaytish
uchun </FONT> tegi qoʼllaniladi.
HTML-kod va web-sahifaga eʼtibor qilgan boʼlsangiz, shrift
oʼlchami necha marta tanlangan boʼlsa, shuncha marta
yakunlangan.
Web-sahifada turli ranglarni ishlatish uni yanada goʼzal va
jozibali koʼrsatadi. Web-sahifada shrift va matn rangi bilan birga
fon rangini ham oʼzgartirish mumkin. Shrift rangini tanlash
uchun <FONT> juft tegi COLOR parametri bilan birga
qoʼllanadi. Bu koʼrsatmadan keyin ′′=′′ belgisi va qoʼshtirnoq
ichida rang kodi yoziladi. Rang kodi ′′#′′ belgisi bilan boshlanadi.
Matnda uning umumiy koʼrinishi quyidagichadir:
<FONT COLOR= ′′# rang kodi′′>.
Rang kodi RGB (Red - qizil,
Green - yashil, Blue - ko'k) rang-
lar tizimiga asoslangan. Bu tizimda
kerakli rang uchta asosiy rang-
larning turli miqdordagi aralashma-
sidan hosil qilinadi. Uchta asosiy
rangning har biri 16 asosli sanoq
sistemasidagi 00 dan FF gacha (256 ta) sonlar bilan belgilanadi. Asosiy ranglarni qoʼllashda ularning ingliztilidagi ifodasidan ham foydalanish mumkin. Jadvalda ingliz tilidagi ifodasidan ham foydalanish mumkin. Jadvalda baʼzi ranglarning kodlari va ingliz tilidagi ifodasi keltirilgan.
gliz tilidagi ifodasidan ham foydalanish mumkin. Jadvalda
baʼzi ranglarning kodlari va ingliz tilidagi ifodasi keltirilgan.
Shrift rangini tanlashni quyidagi misolda koʼrish mumkin:
Web-sahifadagi matn yoki fon rangini oʼzgartirish uchun
<BODY> juft tegi, mos ravishda, Text (matn) yoki Bgcolor
(background color, yaʼni fon rangi) parametrlari bilan birga
qoʼllaniladi. Bu parametrlardan keyin ′′=′′ belgisi va qoʼshtirnoq
ichida rang kodi yoki rangning ingliz tilidagi nomi yoziladi.
Rang kodi ′′#′′ belgisi bilan boshlanadi. Shuni taʼkidlash joiz-
ki, matn rangini oʼzgartirish tegi shrift rangi boshqacha tan-
langan qismga taʼsir etmaydi. Quyidagi misolda web-sahifada
matnga va fonga rang berish koʼrsatilgan:
MS Word dasturida fonga rang berish yoki fonga rasm
joylashtirish mumkin edi. HTML tilida fonga rasm joylashti-
rish uchun <BODY> juft tegi Background parametri bilan
qoʼllanadi. Bu holda tenglik belgisidan keyin rasmning toʼliq
Savol va topshiriqlar
1. HTML da nechta rangdan foydalanish mumkin?
2. Web-sahifadagi shrift olchami qaysi teg yordamida belgi-
lanadi?
3. Web-sahifadagi shrift rangi qaysi teg yordamida bel-
gilanadi?
4. Web-sahifadagi matn rangi qaysi teg yordamida belgilanadi?
5. <BODY> tegi parametrlarining ishi haqida misollar
keltiring.
6. Web-sahifa fonini turli rangda belgilashni misollar yordamida
korsating.
7. Web-sahifa foniga rasm joylashtirish haqida sozlab bering.