April 9, 2020

9-sinf. Shrift oʻlchami, rangi va web-sahifa foni

Avvalgi mavzularda hosil qilgan web-sahifalarimizda bir xil
shriftdan foydalandik. Shrift o‘lchami ham faqat sarlavha teglari
yordamida o‘zgartirildi. Lekin internetdagi web-sahifalarda turli
shrift va o‘lchamda, har xil ranglar bilan yozilgan matnlarni
uchratish mumkin.
Shrift o‘lchamini belgilash uchun HTML tilida <FONT>
juft tegi SIZE (o‘lcham) parametri bilan birga ishlatiladi. Bu
teg ishlatilganda kiritilayotgan matnning shrift o‘lchami
o‘zgarmaydi. Shrift o‘lchami o‘zgarganini faqat web-brauzerda
ko‘rish mumkin.
Web-sahifada 7 xil o‘lchamdagi shriftlarni ishlatish mumkin.
Ular 1 gan 7 gacha parametr qiymati bilan belgilanib, 1 eng
kichik, 7 esa eng katta shrift o‘lchamini bildiradi. Masalan,
shrift o‘chamini 5 ga teng qilib olish uchun <FONT SIZE=5>
ko‘rinishdagi juft teg yoziladi. Asosiy shrift o‘lchamiga qaytish
uchun </FONT> tegi qo‘llaniladi.