September 14

Yosh olimlar kengashi haqida

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yosh olimlar kengashi — yosh tadqiqotchilarni yagona akademik hamjamiyatga birlashtirish, ularning ilmiy, innovatsion va tashkiliy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda professional va akademik rivojlanishiga ko‘maklashuvchi jamoatchilik tuzilmasidir.

Kengash yosh olimlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, grantlar, startaplar va ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xorijda faoliyat yuritayotgan yosh olimlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ilmiy kommunikatsiya va media faollikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshiradi.

Kengash faoliyatida 40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda ilmiy faoliyatga qiziqish bildirgan iqtidorli talabalar ishtirok etishi mumkin.

Yosh olimlar kengashi — ilmiy g‘oyalarni hamkorlik, tashabbus va amaliy natijaga aylantirish uchun yaratilgan akademik maydon.