Nuriddinova Farangiz O‘tkir qizi — 29 ball. Taqdim etilgan javoblarda ilmiy maqolalarning nashr nomlari, yillari va amaliy natijalari yetarlicha ochib berilmagan. Tanlangan akademik rivojlanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan loyiha yoki mentorlik faoliyatiga aniq misol keltirilmagan. Kengashga qo‘shadigan hissasi haqidagi javobda bajariladigan ish va uning yakuniy natijasi belgilanmagan. Natijada 45 ballik minimal chegaraga yetmagan.
Birinchi bosqichda maksimal ball 70 ball, ikkinchi bosqichga o‘tish uchun minimal ball 45 ball etib belgilangan.
Tanlovda Toshkent davlat yuridik universitetida faoliyat yuritayotgan yoki tahsil olayotgan 40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda ilmiy faoliyatga qiziqish bildirgan iqtidorli talabalar ishtirok etishi mumkin.
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yosh olimlar kengashi yosh olimlarni yagona akademik hamjamiyatga birlashtirish, ularning ilmiy, innovatsion va tashkiliy salohiyatini rivojlantirish, akademik liderlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda zamonaviy ilmiy ekotizimni rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradi.
Kengash tarkibida universitetning turli tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va yosh tadqiqotchilar faoliyat olib boradi.
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yosh olimlar kengashi — yosh tadqiqotchilarni yagona akademik hamjamiyatga birlashtirish, ularning ilmiy, innovatsion va tashkiliy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda professional va akademik rivojlanishiga ko‘maklashuvchi jamoatchilik tuzilmasidir.
“Legal Tech” (huquqiy texnologiyalar) tushunchasi so‘nggi yillarda huquq sohasida dolzarb mavzulardan biriga aylandi. Umuman olganda, Legal Tech deganda huquqiy faoliyatda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish tushuniladi – ya’ni ilgari faqat yuristlar yoki boshqa huquq sohasi xodimlari bajarib kelgan vazifalarni endilikda kompyuter dasturlari va algoritmlar yordamida bajarishni tushuninishimiz mumkin1. Legal Tech keng ko‘lamli vositalarni jumladan, huquqiy hujjatlarni tez va avtomatik tayyorlaydigan dasturlar(yurxizmat.uz), huquqiy qidiruv (case-law yoki lex.uz) tizimlari, onlayn maslaxatchi chatbotlar (LexAI) va boshqalar misol qilib olsak bo‘ladi. Bu texnologiyalar huquqiy xizmatlar bozorida raqobatni kuchaytirib, tezkorlik...

Hurmatli talabalar, magistrantlar, doktorantlar va hamkasblar! Ilmiy salohiyatni oshirish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish va yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Yosh olimlar kengashi o‘zining yangi a’zolari bilan faoliyatini boshladi.
2.1. Hujjatlarni avtomatik yaratish dasturlari
6.1. Huquqiy maslahat beruvchi chatbotlar