April 4, 2024

Tadqiqot

Davlat va huquq nazariyasi, Konstitutsiyaviy huquq, Jinoyat huquqi, Fuqarolik huquqi, Biznes huquqi va Mehnat huquqi doirasida jami 6 ta modul doirasida "Tadqiqot" tanlovi bo'lib o'tadi.

6 hafta davomida ishtirokchilar 6 ta modul doirasida har hafta davomida kazus va mantiqiy savollar beriladi va javoblar ishtirokchilar tomonidan justy.uz saytiga yuklanadi. Har hafta umumiy natijalar e'lon qilinib, reyting yuritib boriladi. ✔️ Tanlovda ishtirok etish uchun ro'yhatdan o'tish kerak.

Ishtirokchilarga tegishli fanlardan 1 ta kazus va 2 ta mantiqiy savol beriladi.

👆Yuborilgan ishlar umumlashtirilib komissiya a'zolariga yetkaziladi va ular tomonidan ishlar ko'rib chiqilib 10 ballik mezonda baholanadi.

📎Javoblarda yo'l qo'yilgan xatolar albatta mutaxassis o'qituvchilar tomonidan tushuntirilib beriladi.

Baholash tartibi

Kazuslarga aniq va asosli yechim, qonun va qonunosti hujjatlar to'g'ri qo'llanilishi va tahlilda chalkashliklar bo'lmasligi kerak.

Mantiqiy savollarga albatta analitik yondashuvning, analizning mavjudligi va qonunchilikdan amaliy misollarga alohida e'tibor beriladi

Ishtirokchilar bilan birga umumiy uchrashuvlar tashkil qilinib, doim topshirilgan ishlar tahlil qilib boriladi.

G’oliblar pul mukofoti hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadi.

1-o`rin - 1 000 000 so`m

2-o`rin - 600 000 so`m

3- o`rin - 400 000 so`m

📌 Ro’yxatdan o’tish:
https://forms.gle/qLudThMAYaybLkCj8