July 24

1- BOB. Legal Tech tushunchasi, zarurati va asosiy texnologiyalari 1.1. Legal Tech: tushuncha, shakllanishi va zamonaviy huquqiy tizimdagi o‘rni

“Legal Tech” (huquqiy texnologiyalar) tushunchasi so‘nggi yillarda huquq sohasida dolzarb mavzulardan biriga aylandi. Umuman olganda, Legal Tech deganda huquqiy faoliyatda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish tushuniladi – ya’ni ilgari faqat yuristlar yoki boshqa huquq sohasi xodimlari bajarib kelgan vazifalarni endilikda kompyuter dasturlari va algoritmlar yordamida bajarishni tushuninishimiz mumkin1. Legal Tech keng ko‘lamli vositalarni jumladan, huquqiy hujjatlarni tez va avtomatik tayyorlaydigan dasturlar(yurxizmat.uz), huquqiy qidiruv (case-law yoki lex.uz) tizimlari, onlayn maslaxatchi chatbotlar (LexAI) va boshqalar misol qilib olsak bo‘ladi. Bu texnologiyalar huquqiy xizmatlar bozorida raqobatni kuchaytirib, tezkorlik va samaradorlikni oshirmoqda.

Legal tech — huquq sohasida texnologiyalarni qo‘llashni ifodalovchi keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u advokatlarning kundalik ish jarayonidan tortib sud tizimlarining ishlash uslubigacha bo‘lgan barcha bosqichlarni modernizatsiya qiladi. Uni eng sodda ta’riflash kerak bo‘lsa, “Zamonaviy yuristlar uchun legal tech vositalari” nomli o‘quv qo‘llanmamizda ta’kidlaganidek, legal tech — “huquqiy xizmatlarni soddalashtirish va samaradorligini oshirish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etishdir”. Shunday bo‘lsa-da, bugungi davrda bu soha oddiy elektron hujjatlar almashinuvidan ancha kengayib ketdi. Endi u sun’iy intellekt, ma’lumotlar analitikasi, blockchain, smart-contractlar, e-sud, onlayn nizolarni hal qilish tizimlari kabi murakkab texnologiyalar majmuasini qamrab oladi.

Legal techning paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan uchta omilni mamlakatizmiz miqiyosidako‘rib chiqsak, birinchisi, jamiyatning raqamli

1 Goodenough, O. R. (2015). Legal Technology 3.0. Huffington Post. https://www.huffpost.com/entry/legal- technology-30_b_6603658

transformatsiyasi. Buning dalilini O‘zbekiston misolida “Raqamli O‘zbekiston

— 2030” strategiyasi ochiq namoyon etadi. Strategiya davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va ta’lim jarayonlarini to‘liq raqamlashtirishni ko‘zda tutadi, bu esa huquqiy jarayonlarning ham transformatsiyasini talab etadi. Ikkinchi omil — ma’lumotlar hajmining keskin o‘sishi. Sudlar, prokuratura, organlar, advokatlar har kuni ulkan miqdordagi ma’lumot bilan ishlamoqda; klassik usullar bunday yuklamaga bardosh bera olmaydi. Uchinchisi — fuqarolarning tezkor, arzon va shaffof huquqiy xizmatlarga talabining o‘sishi. Islombek Abdixakimov o‘z tadqiqotida aniq ta’kidlaydi: analitika va sun’iy intellekt huquqiy jarayonlarda “oldindan ko‘ra bilish” imkonini yaratadi, bu esa advokatlar uchun strategiya tanlashni ancha osonlashtiradi.

Legal Tech yangi tushuncha bo‘lib tuyulsa-da, aslida huquq va texnologiya aloqasi anchaoldin boshlangan. Masalan, AQShda 1970-yillarda paydo bo‘lgan LexisNexis va Westlaw tizimlari ilk kompyuterlashtirilgan huquqiy ma’lumot izlash xizmatlaridan bo‘lib, advokatlar va sudyalar ishini yengillashtirgan edi2. O‘tgan asrning 70-yillarida ilk huquqiy axborot-qidiruv tizimlari paydo bo‘lgan – masalan, 1973 yilda AQShda Lexis kompaniyasi huquqiy precedentslarni masofadan turib qidirish imkonini beruvchi kompyuter terminalini joriy etdi3. Bu yangilik advokatlarning minglab sahifalik kitoblarni varaqlab, ish qidirishiga hojatni kamaytirib, ularga vaqt tejab berdi. Shundan so‘ng yillar davomida huquqiy matnlarni tahlil qilish, hujjatlarni formatlash va ish yuritishni elektronlashtirishga qaratilgan ko‘plab dasturlar yaratildi. Legal Tech konsepsiyasi aynan ana shunday texnologiyalarning huquq sohasidagi integratsiyasini ifodalaydi. Tadqiqotchilar Legal Tech rivojlanishini shartli ravishda bir nechabosqichga ajratadilar. Jumladan, Oliver Goodenough taklifiga

2 Salmerón-Manzano, E. (2021). Legaltech and Lawtech: Global Perspectives, Challenges, and Opportunities. Laws, 10(2), 24. https://doi.org/10.3390/laws10020024

3 Smokeball. (2020). A (Very) Brief History of Legal Technology.

binoan yevropalik olimlar Legal Tech evolyutsiyasini “1.0, 2.0 va 3.0” bosqichlarga ajratib o‘rganishgan4.

Legal Tech 1.0 – bu birinchi bosqich bo‘lib, unda texnologiyalar mavjud huquqiy infratuzilmani o‘zgartirmagan holda, faqat huquqshunoslarga axborot izlash va hujjat tayyorlash kabi jarayonlarda ko‘maklashadi. Masalan, huquqiy ma’lumotlar bazalari, elektron hujjatlarni tartiblash dasturlari, advokatlar ishlatadigan ofis dasturlari shular jumlasidandir.

Legal Tech 2.0 bosqichida texnologiyalar ba’zi odatiy vazifalarni to‘g‘ridan-to‘g‘riavtomatlashtira boshlaydi – bu esa huquqiy xizmat ko‘rsatishda sezilarli innovatsiyani anglatadi. Misol uchun, shartnomalarni avtomatik tuzib beruvchi dasturlar (masalan, maxsus qoidalar bazasi asosida hujjat loyihasini generatsiya qiluvchi ekspert tizimlar) 2.0 bosqichiga kiradi. Bubosqichda ayrim takrorlanuvchi huquqiy jarayonlar dasturiy vositalar tomonidan mustaqil bajarilishi mumkin – masalan, oddiy shablon hujjatlarni mijozga tayyorlab berish yoki huquqiy savollar bo‘yicha malakasiz foydalanuvchilarga ko‘maklashish kabi. Shunday bo‘lsa-da, 1.0 va 2.0 bosqichlarida texnologiyalar hali ham amaldagi huquqiy tizim doirasida, inson tomonidan nazorat qilinib qo‘llaniladi.

Legal Tech 3.0 bosqichida esa yanada ilg‘or yechimlar paydo bo‘ladi: texnologiyalar nafaqat yordamchi rol o‘ynaydi, balki bevosita huquqiy infratuzilmaning o‘zini ham qismanalmashtira oladi. Masalan, aqlli shartnomalar (smart contracts) yordamida ayrim bitimlar odatdagidek sud yoki notarius ishtirokisiz, avtomatik tarzda bajarilishi yoki onlayn nizolarni hal qilish platformalari orqali ba’zi kelishmovchiliklar sudgacha yetmasdan hal etilishi mumkin. Hatto sun’iy intellekt asosida ishlovchi “huquqiy robot”lar kichik da’volar bo‘yicha mustaqil qaror chiqarishi ham taxmin qilinmoqda. Albatta, bu eng yuqori darajadagi raqamlitransformatsiya bo‘lib, huquqiy tizim oldiga yangi savollar va talablar qo‘yadi.

4 Goodenough, O. R. (2015). Legal Technology 3.0. Huffington Post.

Huquq sohasida texnologik innovatsiyalarni joriy etish zarurati bir necha omillar bilan izohlanadi. Birinchidan, mijozlarning kutilmalari oshmoqda – zamonaviy mijoz huquqiy xizmatlarning tez, qulay va shaffof bo‘lishini talab qilmoqda. Ikkinchidan, operatsionsamaradorlik zarurati bor – takroriy va mehnat talab qiluvchi vazifalarni avtomatlashtirish orqaliadvokat va xodimlar o‘z vaqtini murakkab, yuqori qiymatli ishlar uchun sarflashlari mumkin bo‘ladi. Uchinchidan, ma’lumotlar xavfsizligi va tartibga rioya qilish talablari kuchaymoqda – zamonaviy texnologiyalar maxfiy hujjatlarni himoya qilish, ma’lumotlar oqimini nazorat qilish va qonunchilikka muvofiqlikni ta’minlashga yordam beradi. To‘rtinchidan, raqobat ustunligi masalasi – texnologiyalar bilan bo‘g‘liq huquqiy firmalar tezkor va innovatsion yechimlar taklif etish orqali bozorda ajralib turishi mumkin56. Ayniqsa, huquq tizimidagi murakkablik va sud ishlarining ko‘pligi, hamda pandemiya kabi omillar masofaviy xizmat ko‘rsatish zaruratini kuchaytirdi.

Natijada dunyoda “Huquq 4.0” (Industry 4.0 analogiyasi asosida) deb ataluvchi yangi tushuncha shakllanmoqda. Huquq 4.0 raqamli transformatsiya jarayonida huquqiy xizmatlar va jarayonlarni tubdan qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutadi7. Masalan, hujjatlarni to‘liq raqamlashtirish va bulutli texnologiyalarga o‘tkazish advokatlarning kundalik ishini yengillashtirib, qog‘ozbozlikni kamaytiradi8. 100% elektron sud va idoraviy jarayonlar – elektron raqamli imzo, onlayn identifikatsiya va masofaviy ish yuritish vositalari tufayli, ko‘plab hujjatlar va protseduralar qog‘oz shakldan onlaynga o‘tmoqda9. Kiberxavfsizlik va autentifikatsiya esa raqamli huquqiy xizmatlarda ma’lumot maxfiyligi va himoyasinita’minlash ustuvor vazifa bo‘lib, shaxsni

5 Collins, A. (2025). Digital Transformation in Law Firms. Grant & Graham Blog.

6 Anderson, J. (2025). Digital transformation in law. One Legal Blog.

7 Szostek, D. (2021). The Concept of Legal Technology (LegalTech) and Legal Engineering. Nomos Verlagsgesellschaft.

8 Van Noortwijk, C., & De Mulder, R. (2022). The Coming of Age of Legal Technology. European Journal of Law and Technology, 13(1), 1–30.

9 Susskind, R. (2022). Online Courts and the Future of Justice. Oxford University Press.

aniqlash, hujjatlarning soxtalashtirilmasligini ta’minlash texnologiyalari rivojlanmoqda.

Legal Tech yechimlari mijozlar va advokatlar o‘rtasidagi muloqotni soddalashtirib, odil sudlovdan foydalanishni “demokratlashtirmoqda” (texnologiya yordamida ko‘proq odamlar uchun huquqiy yordamni imkon qilmoqda). Nihoyat, innovatsiyada hamkorlik tamoyili – Huquq 4.0 doirasida huquqiy hamjamiyat IT mutaxassislari bilan yaqin hamkorlik qilib, ko‘p tarmoqli jamoalarda yangi yechimlar yaratish muhim sanaladi 10.

Bugungi kunda esa Legal Tech tamoman yangi bosqichga ko‘tarildi ya’ni sun’iy intellekt yordamida katta hajmdagi sud qarorlari va qonun hujjatlarini tahlil qilish, huquqiy hujjatlarni avtomatik tuzish, onlayn platformalarda masofaviy sud jarayonlarini o‘tkazish kabi imkoniyatlarpaydo bo‘ldi. Legal Tech nafaqat yirik huquqiy firmalar balki startaplar tomonidan hamrivojlantirilmoqda – sun’iy intellekt yordami bilan shartnomalarni tahlil qilish, blokcheyn asosida xavfsiz bitimlar tuzish, onlayn nizolarni hal etish kabi xizmatlar ko‘paymoqda. Legal techdagi startap loyihalar haqida alohida mavzuda batafsil to‘xtalamiz.

Legal Tech huquqiy tizimga bir qator ijobiy o‘zgarishlar olib kirmoqda. Birinchidan, odatdagi qog‘ozbozlik va takrorlanuvchi ishlardan yuristlarni xalos etib, ularning e’tiborini murakkabroq masalalarga qaratish imkonini beradi11. Masalan, ma’lumotlarni elektron bazalarda izlash qo‘lda qidirishga nisbatan ancha tez va to‘liq amalga oshadi, yirik hajmdagihujjatlarni ko‘rib chiqish sun’iy intellekt yordamida bir necha daqiqada uddalanadi. Bu esa huquqiy xizmatlar tezkorligini oshiradi va mijozlar uchun ham narxini pasaytiradi. Ikkinchidan, Legal Tech orqali huquqiy xizmatlardan foydalanish ommalashadi – masofaviy onlayn platformalar tufayli olis hududlardagi fuqarolar ham malakali huquqiy yordamga onlayn murojaat qila oladi. Bu yondashuv “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiyustuvor yo‘nalishlaridan biri fuqarolarga teng

10 Harvard Law School Center on the Legal Profession. (2015). LegalZoom, Rocket Lawyer make inroads.

11 Artificial intelligence as the new reality of e-justice – e-estonia.com 27-april 2020

huquqiy imkoniyatlarni yaratish g‘oyasiga mos tushadi. Strategiyada barcha davlat xizmatlarini raqamlashtirish, shu jumladan huquqiy xizmatlarni “bir darcha” tamoyili asosida yagona portalda ko‘rsatish nazarda tutilgan

Biroq, Legal Tech joriy etilishida muammolar ham yo‘q emas. Avvalo, yangi texnologiyalarni qo‘llash uchun huquqshunoslarning o‘zi raqamli ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur – aks holda texnologiyadan noto‘g‘ri foydalanish xatolarga olib kelishi mumkin12. Shuningdek, huquqiy axborot tizimlariga kiberxavfsizlik tahdidlari ortmoqda, shaxsiy ma’lumotlarning himoyasini ta’minlash dolzarb bo‘lib turibdi. Yana bir masala –texnologiyalarga haddan tashqari ishonib, huquqiy jarayondagi insoniy omilni yo‘qotib qo‘yish xavfi hisoblanadi. Aslida, ekspertlar ta’kidlashicha, texnologiya huquq sohasi xodimlarini to‘liq almashtirmasligi, faqat ularning ishini samaraliroq qilish uchun qo‘llab-quvvatlovchi vosita bo‘lib xizmat qilishi lozim. Estoniya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, texnologiya sudya va advokatlarni yo‘q qilish uchun emas, balki ular takrorlanuvchi yumushlarga kamroq vaqt sarflab, muhimroq masalalarga e’tibor qaratishi uchun joriy etilmoqda. Estoniya modelining muvaffaqiyati aynan elektron hukumatni kompleks infratuzilmasi – markaziy ma’lumotlar bazalari, yagona interaktiv portal, identifikatsiyalash tizimi orqali erishilgan13. Estoniya tajribasi bilan o‘xshash jihatlar O‘zbekistonda ham shakllanmoqda. “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasida elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish majburiyligi belgilangan bo‘lib, bu raqamli huquqiy jarayonlar uchun muhim infratuzilma hisoblanadi. Shu asosda e-sud, my.gov.uz kabi tizimlar huquqiy faoliyatning raqamli variantiga o‘tishni jadallashtirmoqda.

Xulosa qilib aytganda, raqamli davr huquqshunoslardan texnologiyalarni chuqurroqo‘zlashtirishni talab qilmoqda. Ilg‘or huquqiy firmalar va tizimlar

12 Tanel Kerikmae - Legal Professionals Must Invest in Digital Education and Technology to Stay Competitive. 21.12.2023 researchinestonia.eu/

13 Kerikmäe, T., & Särav, S. (2020). Digital transformation of justice in Estonia: Legal and ethical reflections. European Journal of Law and Technology, 11(2).

allaqachon raqamli transformatsiya yo‘lida odimlashmoqda, huquqshunoslar esa yangiko‘nikmalar – masalan, ma’lumotlar tahlili yoki legal engineering (huquqiy injiniring) yo‘nalishlarida bilim olishga intilishmoqda. Legal Tech’ning zamonaviy huquqiy tizimdagi o‘rnishundan iboratki, u huquqni amalga oshirish vositalarini takomillashtirib, odil sudlov samaradorligini oshirish, fuqarolar uchun adolatga erishish yo‘llarini osonlashtirish xizmatidadir.

1.2. Legal Tech sohasidagi asosiy texnologiyalar va vositalar

Legal Tech amaliyoti turli xil texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Bularga huquqiy xizmat ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish, huquqiy bitimlarni tuzishda foydalaniladigan aqlli shartnomalar va blokcheyn texnologiyalari, hujjatlarni tayyorlashni osonlashtiruvchi hujjatlarni avtomatlashtirish platformalari, huquqiy tahlil va bashorat qilish imkonini beruvchi sun’iy intellektli ekspert tizimlar hamda mijozlar savollariga javob beruvchi huquqiy chat-botlar kiradi. Quyida ushbu asosiy vositalarning mazmuni, qo‘llanilish namunalari va ularning huquqiy faoliyatga keltirayotgan foydalari ko‘rib chiqiladi.

Huquqiy xizmatlarni avtomatlashtirish bu huquqiy amaliyotda uchraydigan oddiy, takrorlanuvchi vazifalarni kompyuter dasturlari yordamida bajarishdir. Automatlashtirishning maqsadi huquqshunoslarning vaqtini tejash, inson omilidan kelib chiqadigan xatolarni kamaytirish va ish jarayonini tezlashtirishdir1415. Misol tariqasida, advokatlik firmalarida ishlar bo‘yicha elektron boshqaruv (case management) dasturlari joriy etilmoqda. Bunday tizimlar ish yuritishning turli bosqichlarini – muddatlarni belgilash, mijoz bilan muloqotlar tarixini saqlash, avtomatik eslatmalar jo‘natish va hisobotlar tayyorlash kabi jarayonlarni – avtomatik amalgaoshiradi16. Natijada, hujjatlarni

14 Collins, A. (2025). Digital Transformation in Law Firms: Enhancing Efficiency and Client Service. Grant & Graham Blog.

15 Anderson, J. (2025). Exploring digital transformation in law and where it’s headed. One Legal Blog.

16 Markovic, M. (2019). Rise of the Robot Lawyers. Arizona Law Review, 61(2), 325–383.

qog‘ozda yuritish va qo‘lda kuzatish zarurati qisqaradi, xodimlar esa e’tiborini yanada murakkabhuquqiy masalalarga qarata oladi. Avtomatlashtirishning yana bir sohasi – elektron hujjat aylanishi va arxivlash hisoblanadi. Katta hajmdagi hujjatlarni elektron tarzda saqlash va ularni tez izlasha oladigan rejimda boshqarish dasturlari (masalan, OCR – matnni optik tanish texnologiyasi yordamida) yirik sud jarayonlarida va e-discovery (elektron dalillarni tekshirish) jarayonida juda qo‘l keladi17. Ko‘pgina mamlakatlarda sudlarga ariza topshirish (ariza, da’vo arizasi, shikoyat yoki iltimosnoma) ham onlayn platformalar orqali amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekistonda ham 2020-yillarda “E-SUD” elektron sud ish yuritish tizimi joriy etilib,fuqarolar va advokatlar sud hujjatlarini internet orqali topshirish va ish holatini onlayn kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar. Huquqiy jarayonlarni avtomatlashtirish natijasida odatiy ishlar tezlashadi,xatolar kamayadi va inson resurslari strategik vazifalarga yo‘naltiriladi.

Blokcheyn texnologiyasi va uning huquqiy dasturlanishi natijasi bo‘lgan aqlli shartnomalar so‘nggi yillarda Legal Tech’ning eng qiziqarli yo‘nalishlaridan biriga aylandi.Blokcheyn – bu ma’lumotlarni markazlashmagan holda saqlovchi va himoyalangan zanjirli yozuvlar tizimi bo‘lib, unda ro‘yxatlar (transaksiyalar) o‘zgarmas va oshkora tarzda qayd etiladi18. Avvaliga bu texnologiya kriptovalyutalar uchun yaratilgan bo‘lsa-da, huquq sohasida ham uning foydali jihatlari kashf etildi. Aqlli shartnomalar (smart contracts) – blokcheyn platformasida kod shaklida yozilgan va avtomatik bajariladigan kelishuvlardir. oddiy qilib aytganda, aqlli shartnomada tomonlar o‘rtasidagi shartlar dastur kodiga joylashtiriladi va shartlar bajarilganda kod avtomatik ravishda tegishli operatsiyalarni amalga oshiradi19. Masalan, aqlli shartnoma yordamida ijara haqini to‘lash sharti bajarilishi bilan ijara ob’ektidan foydalanish huquqi avtomatik ravishda berilishi mumkin – bunda na ijara beruvchi, na

17 Thomson Reuters. (2022). How to make the e-discovery process more efficient with predictive coding.

18 Szostek, D. (2021). The Concept of Legal Technology (LegalTech) and Legal Engineering. Nomos Verlagsgesellschaft.

19 Markovic, M. (2019). Rise of the Robot Lawyers. Arizona Law Review, 61(2), 325–383.

vositachi jadval bo‘yicha to‘lovni kuzatishi shart bo‘ladi, barchasini dastur bajaradi. Blokcheynning muhim xususiyati – o‘zgarmaslik (ma’lumotlar bir marta blokga yozilgach, uni o‘zgartirib bo‘lmasligi) va ishonchlilik (markaziy organga bog‘liq emaslik) huquqiy ma’lumotlarni himoya qilishda qo‘l keladi.

Jumladan, dalillar zanjiri (chain of custody)ni saqlash uchun blokcheyn qo‘llanmoqda – jinoyat ishlarida ashyo dalillar yoki hujjatlarning soxtalashtirilmaganini isbotlashda ularningblokcheynda ro‘yxatdan o‘tkazilgani katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. AQSh va Yevropada ayrim yer reestrlari yoki intellektual mulk obyektlari reyestrlari blokcheynga o‘tkazilib, huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va tekshirish ishonchliligi oshirildi. Estoniyada hatto ovoz berish tizimi va davlat registrlarining asosiy ma’lumot almashinuvi blokcheyn tamoyillariga asoslangan X-Road platformasi orqali amalga oshadi. Aqlli shartnomalar esa, ayniqsa, moliyaviy va korporativ bitimlarda keng qo‘llanila boshlagan, masalan, DAO (decentralized autonomous organization)lar – blokcheyn orqali boshqariladigan kompaniyalar – o‘z faoliyatini asosan aqlli shartnomalar bilan yuritadi20. Shuni alohida qayd etish lozimki, aqlli shartnomalarning huquqiy maqomi hali ko‘plab mamlakatlarda tartibga solinmoqda.

Huquqiy faoliyatda ko‘p vaqt oluvchi jarayonlardan biri – hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishdir. Hujjatlarni avtomatlashtirish platformalari bu jarayonni sezilarli darajada tezlashtiradi va soddalashtiradi. Bunday platformalar oldindan tuzilgan hujjat shablonlari va integratsiyalashgan savol-javob anketalari yordamida hujjatlarni inson ishtirokisiz avtomatik yaratib beradi. Bozorda mashhur hujjat avtomatlash vositalariga misol qilib21, ContractExpress(Thomson Reuters kompaniyasining mahsuloti) va DocuSign elektron imzo va hujjat

20 Hadfield, G. (2020). The cost of law: Promoting access to justice through the (un)corporation of law. Hastings Law Journal, 67, 1401–1426.

21 Dobrev, D. (2018). The human lawyer in the age of AI: Doomed or in need of a survival manual? Journal of International Business and Law, 18(1), 39–68.

aylanish platformasini keltirish mumkin22. Yurxizmat.uz – bu aqlli hujjat konstruktori bo‘lib, u huquqiy hujjatlar uchun shablonlarni yaratish va ularga mijoz yoki ish ma’lumotlarini kiritish orqali tezkor ravishda yakuniy hujjatlarni generatsiya qiladi. Platforma orqali ariza, shartnomalar, notarial tasdiqlangan hujjatlar, sudga oid hujjatlar yoki korporativ hujjatlarni topishingiz mumkin.

Sun’iy intellektga asoslangan tahrirlash yordamchilari matnda muhim bo‘limlar qolib ketmaganini tekshirishi yoki shartnomadagi noaniq joylarga e’tibor qaratishi mumkin. Contract Express kabi tizimlarning afzalligi – dasturlash ko‘nikmasisiz (low-code interfeys orqali) shablon tuzish va ulardan foydalanish mumkinligi, shuningdek tuzilgan hujjatlarning doimiy yangilangan namunalar asosida xatolarsiz tayyorlanishidir. Tadqiqotlarga ko‘ra, bunday platformalar hujjat tuzish vaqtini sezilarli qisqartiradi va advokatlarga o‘z e’tiborini murakkabroq huquqiy masalalarga qaratish imkonini beradi.

Elektron imzo va hujjat aylanish platformalari ham hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida katta yengillik yaratdi. Xususan, DocuSign dunyoda eng keng qo‘llaniladigan elektron imzolash xizmatlaridan biridir. DocuSign yordamida foydalanuvchilar hujjatlarni elektron ko‘rinishda imzolashi, tasdiqlashi va almashishi mumkin – buning uchun oddiygina kompyuter yoki mobil qurilmaga ega bo‘lish kifoya. DocuSign Agreement Cloud kabi xizmatlar butun shartnoma hayotiy davrini raqamli shaklga o‘tkazmoqda jumladan, shartnoma loyihasini yaratish (shablonlar orqali), uni elektron imzo uchun yuborish, qarshi tomonlarning imzolashi va yakunda arxivlash – bularning barchasi yagona onlayn platformada amalga oshadi. DocuSign platformasi hujjatlarning o‘zgarish tarixini saqlaydi, har bir imzo qo‘yilgan vaqtda tasdiqlash izini qoldiradi, bu esa huquqiy jihatdan muhim – keyinchalik hujjat haqiqiyligini isbotlash osonlashadi. Avtomatlashtirilgan shablonlar va bir bosqichda kelishuv (one-click agreements)kabi funksiyalar tufayli hatto oddiy foydalanuvchi ham

22 Thomson Reuters. (2021). Contract Express for legal documentation. Retrieved from https://legal.thomsonreuters.com

murakkab hujjatlarni to‘ldirib, imzolab, onlayn jo‘natishi mumkin. Masalan, DocuSign yordamida biror kompaniya xodimlarni yollashda barcha hujjatlarni (mehnat shartnomasi, anketa, roziliklar) elektron tartibda imzolatar va saqlar ekan, bu jarayon bir necha soatdan birnecha daqiqagacha qisqaradi. Shuningdek, DocuSign bir nechta imzo talab qilinadigan hujjatlarda navbatma-navbat imzolash jarayonini ham kuzatib boradi va tomonlarga eslatmalar yuboradi – hech kim qolib ketmasligiga ishonch hosil qiladi.

Umuman olganda, hujjatlarni avtomatlashtirish platformalari va elektron imzo vositalari huquqiy hujjatlar bilan ishlash madaniyatini tubdan o‘zgartirmoqda. Endilikda yirik kompaniyalar ham, jismoniy shaxslar ham o‘z huquqiy hujjatlarini tez va qulay tarzda rasmiylashtirib, huquqiy jarayonlarni kechiktirmasdan hal eta olmoqda. Bu, ayniqsa, pandemiya sharoitida muhim bo‘lib chiqdi – masofadan ishlash davrida elektron imzo va hujjat aylanishisiz ko‘plab bitimlar amalga oshmay qolgan bo‘lar edi.

Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari huquq sohasiga chuqur kirib kelmoqda. Huquqiyekspert tizimlari deganda, odatda, sun’iy intellekt vositasida huquqiy maslahat beruvchi, huquqiytahlil yoki hatto qaror qabul qilishda yordam beruvchi dasturlar tushuniladi. Bunga misol qilib, huquqiy tahlil va tahmin(predict) qilish tizimlari, “AI sudya”lar23 va huquqiy qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi vositalarni keltirish mumkin.

Katta hajmdagi sud amaliyoti ma’lumotlarini tahlil qilish orqali, sun’iy intellekt ayrim ishlarning kutilayotgan natijasini oldindan aytishi yoki sudya qarorlaridagi tendensiyalarni aniqlashi mumkin. Masalan, AQShda ishlab chiqilgan Lex Machina tizimi sudyalar, sudlar, taraf vakillari bo‘yicha katta ma’lumotlar bazasiga tayangan holda, turli strategiyalarning natijasini oldindan tahmin qilishga urinishlar qilmoqda24. Ushbu dastur ma’lumotlar tahlili orqali

23 Markoff, J. (2016). A robot lawyer joins the firm. The New York Times.

24 McGinnis, J. O., & Pearce, R. G. (2014). The great disruption: How machine intelligence will transform the role of lawyers in the delivery of legal services. Fordham Law Review, 82, 3041–3066.

qaysi sudya qanday toifadagi ishda ko‘proq qaysi tomonga moyilligini, o‘rtacha qancha zararpuli to‘laydigan qarorlar chiqarganini va hokazolarni statistik usulda chiqarib beradi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, minglab o‘xshash ishlarni qiyosiy o‘rganish natijasidasud jarayonining kutilayotgan muvaffaqiyat darajasini ancha aniqroq baholash mumkin bo‘ladi. Masalan, an’anaviy tarzda yurist bir da’vo bo‘yicha “ishonchim 50%” deb faqat tajribaga tayanib aytsa, AI tizimi o‘xshash ishlar tahlilidan kelib chiqib “bu da’vo sudda qanoatlantirilganholatlarning 70% da shunday holatlar bo‘lgan” kabi aniqroq prognoz berishi mumkin. Albatta, bunday tizimlar hali rivojlanish bosqichida va ularning xulosalariga to‘liq tayanib bo‘lmaydi –ammo huquqiy tahlilda “ma’lumotlarga asoslangan yondashuv” paydo bo‘layotganini ko‘rsatadi. Hattoki ba’zi sun’iy intellekt modellariga Yevropa Inson huquqlari bo‘yicha sudining minglab qarorlari yuklanib, ular bo‘yicha AI tahminllari sinovdan o‘tkazilganida, model ayrim ishlarning natijasini ~79% aniqlikda to‘g‘ri tahmin qilganligi haqida ilmiy izlanishlar e’lon qilingan. Bu shuni anglatadiki, kelajakda yuristlar va mijozlar qaror qabul qilishdan avval AI tahliliga ham murojaat qilishlari odatiy holga aylanishi mumkin25.

Sun’iy intellekt faqat tahlil va maslahat bilan cheklanib qolmay, ayrim yurisdiktsiyalarda sud tizimiga integratsiyalash tajribalari ham kuzatilmoqda. Masalan, Estoniya kichik da’volar (7 ming yevrogacha bo‘lgan summalar) bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqadigan robot-sudya dasturini sinov tariqasida joriy etishni rejalashtirgan edi. Ushbu AI dasturiga kichik da’vo arizasi va tegishli hujjatlar yuklanadi, u esa belgilangan algoritm orqali huquqiy xulosani shakllantiradi. Albatta, yakuniy qarorni inson-sudya tasdiqlashi ko‘zda tutilgan, ammo bu loyiha ham sun’iyintellektning odil sudlov jarayoniga qanchalik yaqin kelib qolganini ko‘rsatadi. Xitoyda esa 2017 yildan boshlab Internet

25 Aletras, N., Tsarapatsanis, D., Preoţiuc-Pietro, D., & Lampos, V. (2016). Predicting judicial decisions of the European Court of HumanRights: A Natural Language Processing perspective. PeerJ Computer Science, 2, e93.

sudlari tashkil etilib, ular onlayn tarzda nizolarni ko‘radi. Ayrim viloyatlarda esa sud majlisida sun’iy intellekt yordamchi tizimi26 sudyaga real vaqt rejimida kerakli huquqiy normalar va avvalgi sud qarorlarini podskazka tarzida taqdim etadi. Bundan tashqari, Xitoyning ba’zi sudlarida sud majlisi raisi sifatida ekranda sun’iy avatar-sudya paydo bo‘lib27, oddiy protsessual harakatlarni o‘qib eshittirish yoki bayon etishni avtomatik amalga oshiradi (bu orada haqiqiysudya jarayonni nazorat qiladi). Singapurda 2022-yilda sud jarimalarini tayinlashda AI’dan foydalanish bo‘yicha eksperiment o‘tkazilib, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini belgilovchi sun’iy intellekt tizimi pilot loyihada sinovdan o‘tkazildi. Ko‘rinib turibdiki, sun’iy intellekt sudlov faoliyatida yordamchi vosita sifatida jadal tatbiq etilmoqda.

Sun’iy intellektdan huquqiy maslahatchi sifatida foydalanish ham ommalashmoqda. Masalan, O‘zbekistonda LexAI platformasi o‘z faoliyatini boshlab, hozirgi kunda asossan mehnat munosabarini talqin qilmoqda. Shuningdek, AQShda DoNotPay deb nomlangan huquqiy chatbot dasturi minglab avtoturargoh jarimalarini bekor qildirishda fuqarolarga yordam berdi. U foydalanuvchilardan jarima hujjati ma’lumotlarini so‘rab olib, maxsus algoritm asosida shikoyat arizasini tayyorlab bergan va shu tariqa Londonda ham, Nyu- Yorkda ham 160 mingdan ortiq jarimani bekor qilishga erishgan (taxminan 64% muvaffaqiyat). Bu kabi chat-botlar oddiyhuquqiy masalalarda tez yordam berishi mumkin – masalan, turar-joy ijara nizolari yoki iste’molchilar huquqlariga doir oddiy savollarga. Avstraliyada yaratilgan Ailira (“AI lawyer”so‘zidan) chat-boti soliq va biznes huquqi yuzasidan sodda savollarga bepul javob beradi. Yaqinda esa yirik til modellari (masalan, GPT-3 va undan keyingilari) asosida ishlovchi chat-botlar shunchalik takomillashdiki, ba’zi hollarda ular hatto huquqiy imtihon savollarini ham o‘ta olish darajasida javob bera olmoqda. Biroq, sun’iy intellekt maslahatchilarining javoblari hardoim ham to‘g‘ri yoki huquqiy jihatdan

26 China Justice Report. (2021). AI judges and e-courts in China. Retrieved from https://chinajusticeobserver.com

27 Susskind, R. (2022). Online Courts and the Future of Justice. Oxford University Press.

ishonchli bo‘lmasligi mumkin – shu sababli advokatlar bunday vositalarni ehtiyotkorlik bilan, inson nazorati ostida qo‘llashlari lozim.

Sun’iy intellektning bir yo‘nalishi bo‘lgan tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing, NLP) texnologiyalari huquqiy hujjatlar tahlilida keng qo‘llanmoqda. NLP dasturlarishartnomalar, sud qarorlari, qonunlar matnini “tushunishga” va ularning mazmuninistrukturalashga yordam beradi28. Masalan, yirik kompaniyalar shartnomalar portfelini (yuzlab shartnomalarni) AI yordamida skaner qildirib, u yerdagi muhim bandlar va xavf omillariniavtomatik ajratib olmoqda. Sun’iy intellekt platformasi millionlab sud hujjatlarini tahlil qilib, undagi sudya qarorlaridagi muntazam iboralarni va natijaga ta’sir etgan omillarni identifikatsiya qilishi aytiladi. Shuningdek, huquqiy tarjimalar va annotatsiyalar uchun ham AI yordamidan foydalanilmoqda – masalan, Xitoy va Rossiya sudlari o‘z qarorlarini real vaqt rejimida inglizchaga tarjima qilish tizimlarini yo‘lga qo‘ymoqda.

Umuman olganda, sun’iy intellektga asoslangan huquqiy tizimlar hali to‘liq mustaqil faoliyat yurita olmasa-da, yuristlar uchun kuchli yordamchi instrument sifatida maydonga chiqdi. AI huquqiy tadqiqotlarni tezlashtiradi, hujjatlarni tekshirish va taqqoslashda xatoni kamaytiradi, oldindan ogohlantiruvchi tahlillar orqali strategik qarorlarni qabul qilishgako‘maklashadi. Albatta, AI xatolarga yoki noaniqliklarga yo‘l qo‘ysa, kim javob berishi masalasi, algoritmlar shaffofligi va kutilmagan xulosalar singari muammolar ham mavjud. Ushbu mavzuga oid ma’lumotlarni darslik so‘ngida qoldirgan havolam orqali ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Oddiy foydalanuvchilarga huquqiy maslahat olishda sun’iy intellektning eng mashhur qo‘llanilishi – bu huquqiy chat-botlardir29. Chat-bot – bu foydalanuvchi bilan tabiiy til orqalimuloqot qilib, uning savollariga javob bera

28 Ashley, K. D. (2017). Artificial Intelligence and Legal Analytics: New Tools for Law Practice in the Digital Age. Cambridge University Press.

29 Hadfield, G. (2020). The cost of law: Promoting access to justice. Hastings Law Journal, 67, 1401–1426.

oladigan dastur. Huquq sohasida chat-botlar fuqarolarga sodda huquqiy masalalar bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, kerakli blankalarni to‘ldirishga yordam beradi yoki huquqiy hujjatlarning oddiy tushuntirishini beradi. Hozirgi kunda Chatgpt bizda ushbu vazifani bajarmoqda.Shuningdek, yuqorida aytib o‘tilgan DoNotPay chat-boti avtoturargoh jarimalariga qarshi shikoyat arizalarini tayyorlashda minglab odamlarga yordam berdi. Bunday tizim ishlashi uchun dastlab jarimalarga oid qonun-qoidalar bazasi kiritilgan, so‘ng bot foydalanuvchidan holatga doir ma’lumotlarni so‘rab oladi (qaysi kuni, qayerda jarima yozilgan, qanday sabab bilan va hokazo), so‘ngra bazadagi qoidalarga tayangan holda formal shikoyat matnini tuzib beradi. Natijada ko‘plab fuqarolar advokat yollamasdan, oddiy jarimalarni o‘zlari hal qilish imkonini topmoqdalar.

Shuningdek, LexAI kabi xizmatlar esa onlayn konsultatsiya olishni osonlashtiradi – foydalanuvchi chat-botga o‘z muammosini yozadi, bot u haqda qisqacha axborot to‘playdi va so‘ralgan savolga huquqiy javob beradi.

Huquqiy chat-botlarning afzalligi shundaki, ular 24/7 rejimida ishlaydi, ko‘p sonliodamlarning o‘xshash savollariga bir vaqtda javob bera oladi va inson omilidan mustasno holda sabr-toqat bilan tushuntirish beraveradi. Biroq, chat- botlar faqat strukturaviy va nisbatan sodda masalalarda samarali ishlaydi. Murakkab huquqiy muammolar yuzasidan ular javob berishga qiynaladi yoki noto‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib qo‘yishi mumkin. Masalan, bir chat-botga jarima bo‘yicha so‘rov berganingizda u qonun normalarini inobatga olib fikr bildirsa-da, agar ish sudga o‘tib ketgan bo‘lsa yoki noodatiy holat bo‘lsa, uning javobi unchalik to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin. Shu bois chat-botlar odatda premerativ (birlamchi) maslahat berish vositasi sifatidatushunilmog‘i lozim. Ko‘plab davlat organlari ham aholiga qulaylik yaratish maqsadida o‘z saytlari orqali huquqiy masalalarda chat-bot maslahatlarini yo‘lga qo‘ymoqda (masalan, soliq qo‘mitasi saytidagi virtual yordamchi, Adliya vazirligi va h.k.).

Bugungi kunda sun’iy intellekt modellarining yanada rivojlanishi bilan chat-botlar aql-zakovat darajasi oshib bormoqda. 2023-yilda taqdim etilgan

ChatGPT modeli turli sohalardagi savollarga mustaqil ravishda juda ravon javob berishga qodir bo‘ldi. Ba’zi eksperimentlarda ChatGPT huquqiy imtihon savollarining ko‘pchiligiga to‘g‘ri javob qaytarganligi, hatto advokatlarning yozma hujjat tayyorlash ishlarida yordami tegishimumkinligi kuzatildi. Biroq bu modelning javoblari ham doimo ishonchli emas – u ba’zan “istalgan savolga javob berish kerak” deb ataluvchi xatoga yo‘l qo‘yib, mavjud bo‘lmagan qonun moddasini to‘qib chiqarishi yoki faktlarni chalkashtirib yuborishi mumkin. Shu sababli yirik advokatlik firmalari ChatGPT kabi AI vositalaridan foydalanishda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rmoqda – masalan, uni faqat yordamchi vosita sifatida ishlatish, chiqayotgan javoblarni malakali yurist qayta tekshirishidan so‘nggina mijozga taqdim etish kabi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, sun’iy intellekt va chat-bot texnologiyalari yaqin yillar ichida huquqiy xizmat ko‘rsatishning ajralmas qismiga aylanishi kutilmoqda. Ular oddiy savollarga javob berish, hujjatlarni tahlil qilish va tuzish, sud amaliyotini tahmin qilish kabi ko‘plab yumushlarni yengillatadi. Ammo bu jarayonda inson omili – advokat va sudyalar nazorati, axloqiy va professional me’yorlarga rioya qilish – albatta saqlanib qolishi kerak bo‘ladi. Keyingi bo‘limda aynan shunday masalalar – texnologiyalarni qo‘llashda paydo bo‘ladigan axloqiy va huquqiy muammolarni ko‘rib chiqamiz.

1.3. Axloq, etika, huquq va texnologiyalar

Yuqorida ta’riflangan texnologiyalar huquqiy sohada katta yengilliklar yaratishi bilan birga, ular yangi axloqiy va huquqiy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Sun’iy intellektdan foydalangan holda qaror qabul qilish yoki huquqiy maslahat berish inson huquqlariga rioya etilishini qanday ta’minlash mumkin? Algoritmlar xato qilsa yoki noxolisqaror chiqarsa, bunga kim javobgar bo‘ladi? Huquqiy jarayonlarda shaffoflik va odil sudlov prinsipi qanday saqlanadi? Ushbu bo‘limda ana shu savollar atroflicha muhokama qilinadi.

Har qanday yangi texnologiya, xususan sun’iy intellekt, “zarar yetkazmaslik” tamoyiliga amal qilishi lozim. UNESCOning sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha tavsiyalarida ham birinchi o‘rinda “Proportsionallik va ziyon yetkazmaslik”, keyingi o‘rinlarda “Xavfsizlik” hamda“Shaxsiy hayot daxlsizligi yoki shaxsga dori ma’lumotlarni himoya qilish” prinsiplari tilga olingan. Bu shuni anglatadiki, Legal Tech yechimlari inson huquqlarini poymol qilmasligi kafolatlanishi kerak. Masalan, sud jarayonlarini onlayn o‘tkazishda fuqarolarning odil sudlovga erishish huquqi to‘liq ta’minlanishi zarur: har kim virtual sud majlisida qatnashish uchun texnik imkoniyati bor-yo‘qligi birdek emasligi e’tiborga olinishi lozim. Shuningdek, texnologiyalar huquqiy jarayonlarni shaffof qilishi muhim. Agar sun’iy intellekt biror tavsiya bermoqda yoki qaror loyihasini tayyorlayotgan bo‘lsa, uning nima uchun bunday xulosa chiqargani, qaysi ma’lumotlarga tayangani inson uchun tushunarli bo‘lmog‘i kerak. Aks holda,“qora quti” (black box)30 algoritmlar odil sudlov tamoyillariga zid bo‘lib qoladi – chunki sudqarori yoki maslahat asosini tomonlar tushunmasa, bu jarayonga ishonch susayadi. Shu boisYevropa Ittifoqida ishlab chiqilgan “Sun’iy intellect akt” ko‘rsatmalarda shaffoflik va tushuntirib berish qobiliyati (explainability) AI tizimlarining muhim talabi sifatida qayd etilgan31.

Legal Tech bilan bog‘liq eng nozik masalalardan biri – mijozlarning va umuman fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari hisoblanadi. Huquqiy firmalar va sudlar katta hajmda maxfiy ma’lumotlarga ega bo‘ladi jumladan, mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari, tijorat siri bo‘lgan hujjatlar, tergov ma’lumotlari va hokazolar. Bu ma’lumotlarni raqamli tizimlarga o‘tkazish ularni potensial kiberhujumlarga yoki ruxsatsiz foydalanishga duchor qilishi mumkin. Shu sababli, maxfiylikni ta’minlash Legal Tech joriy etishda birinchi darajali ahamiyatga ega.Bu o‘rinda mamlakatimizda, birinchi navbatda, 2019 yil

30 Pasquale, F. (2015). The Black Box Society: The Secret Algorithms That Control Money and Information. Harvard University Press.

31 Floridi, L., & Cowls, J. (2019). A unified framework of five principles for AI in society. Harvard Data Science Review, 1(1).

1-oktyabrdan “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirganini qayd etish maqsadga muvofiqdir. Jahonda bu borada qabul qilingan yirik me’yoriy hujjatlardan biri –GDPR hisoblanadi. 2018 yildan kuchga kirgan ushbu reglament butun Yevropa bo‘ylab shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga qat’iy talablar o‘rnatdi. Masalan, har qanday huquqiy texnologiya vositasi mijozning shaxsiy ma’lumotlarini uning roziligisiz yoki qonuniy asosisiz ishlata olmaydi, ma’lumotlarni faqat belgilangan maqsadda va minimal hajmda saqlash kerak hamdama’lumot egalarining ularni o‘chirish yoki ko‘rish huquqlari ta’minlanishi kerak. Xuddi shunday, AQShning Kaliforniya shtatida 2020-yilda kuchga kirgan CCPA (Kaliforniya iste’molchilarining maxfiylik huquqlari to‘g‘risidagi qonun) ham foydalanuvchilarga o‘z ma’lumotlari ustidan nazorat beruvchi qoidalarni belgiladi. Legal Tech kompaniyalari va huquqiy firmalar ushbu standartlarga rioya etishi shart – aks holda katta jarimalar va obro‘gaputur yetishi mumkin. Masalan, 2020-yilda bir yirik advokatlik firmasining ma’lumotlar bazasihimoyasizligi oqibatida minglab mijozlarning maxfiy hujjatlari internetga sizib chiqqan va natijada firma millionlab dollar jarimaga tortilgani ma’lum.

Shu bois zamonaviy huquqiy tizimlarda kiberxavfsizlik bo‘yicha yaxlit siyosat olib borilishi talab etiladi. Kuchli shifrlash, ikki faktorli autentifikatsiya, kirish huquqlarini qat’iy nazorat qilish va doimiy monitoring. Legal Tech yechimlari yaratishda “Maxfiylikni ta’minlagan holda loyihalash” (Privacy by Design) prinsipiga amal qilish zarur – ya’ni dastlabdan arxitekturani ishlab chiqishda maxfiylik himoyasi inobatga olinishi lozim.

Sun’iy intellekt tizimlari insoniy xatolar va notengliklarni aks ettirishi yoki hatto kuchaytirishi mumkin. Chunki AI odatda tarixiy ma’lumotlar asosida o‘qitiladi. Agar tarixiy ma’lumotlarda biror guruhga nisbatan noxolislik bo‘lgan bo‘lsa, model ham shunday noxolisqaror berishi mumkin. Misol uchun, AQShda jinoyatchilik takrorlanishini baholaydigan COMPAS algoritmi qora tanli ayblanuvchilarni oq tanlilarga qaraganda xatolik bilan“yuqori xavfli” deb

baholashini ProPublica tashkiloti jurnalistlari fosh qilishgan32. Ushbu dastur odatda sudyalarga qamoqqa olish yoki garov evaziga qo‘yib yuborish masalalarida yordam sifatida taklif qilinardi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, COMPAS algoritmi oq tanlilarni past xavf deb noto‘g‘ri baholash holatlariga ko‘ra qora tanlilardan ko‘ra ikki barobar kamroq xatoga yo‘l qo‘ygan, ya’ni qora tanlilarni asossiz ravishda “yuqori xavfli” toifaga kiritish ehtimoli ancha yuqori bo‘lgan33. Bu holat algoritmdagi yashirin irqiy bias (xatosizlik) mavjudligini ko‘rsatadi. Natijada, hatto AQSh sobiq Bosh prokurori Erik Xolder ham 2014 yildayoq sudlarda bunday riskni baholash algoritmlaridan foydalanish “individuallashtirilgan va teng adolat tamoyillarini buzishi” mumkinligidan ogohlantirg an.

Algoritmik noxolislik faqat jinoyat huquqida emas, balki boshqa sohalarda ham xavf tug‘diradi. Masalan, kadrlar tanlash tizimida AI ayollarga nisbatan diskriminatsiya qilishi yokikredit skoring algoritmi ba’zi etnik gur uhlarga kredit bermaslikka moyilligi bo‘lishi mumkin. Huquqiy doirada, agar sun’iy intellekt masalan, sud xarajatlarini kamaytirish maqsadida kichikda’volarni avtomatik rad qiladigan bo‘lsa, balki bu ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlarning manfaatiga zid bo‘lib qolishi mumkin. Shu sababli, algoritmik adolatlilikni ta’minlash dolzarbdir. Hozirda ilmiy hamjamiyat algoritmlarda noxolislikni o‘lchash va bartaraf etishusullarini ishlab chiqmoqda. Ba’zi usullar – demografik paritet, foydalanish imkoniyatitengligi kabi statistik mezonlarni belgilab, model chiqishlarini tekshirish. Shuningdek, AI tizimlarini rivojlantiruvchi tashkilotlar jamoasi tarkibida turli xil kelib chiqishga ega shaxslar bo‘lishi, shu orqali bir tomonlama noxolislikka yo‘l qo‘ymaslik taklif etilmoqda.

Agar sun’iy intellekt noto‘g‘ri maslahat bersa yoki tizimdagi xatolik tufayli kimningdirhuquqiga putur etsa, bunga kim javob beradi? Masalan, sun’iy

32 Eubanks, V. (2017). Automating Inequality: How High-Tech Tools Profile, Police, and Punish the Poor. St. Martin’s Press.

33 Barocas, S., Hardt, M., & Narayanan, A. (2019). Fairness and machine learning. fairmlbook.org.

intellekt chat-bot noto‘g‘ri huquqiy maslahat berib, mijoz muddatni o‘tkazib yuborsa yoki noto‘g‘ri hujjat topshira olsa – mijoz zararini kim qoplaydi? Yoki AI sudya noto‘g‘ri qarorchiqarib qo‘ysa, keyinchalik aniq bo‘lsa – bu qaror bekor qilinadimi, tizim yaratuvchisi javob beradimi? Bu savollar hali to‘liq huquqiy javobga ega emas, ammo ayrim tamoyillar shakllanmoqda. Umuman, bugungi huquqiy me’yorlarga ko‘ra, sun’iy intellekt tizimi odatda faqat bir vosita deb qaraladi, qaror qabul qiluvchi esa baribir inson bo‘lib qoladi. Demak,javobgarlik ham inson zimmasida (masalan, advokat chat-bot maslahatini tekshirmay mijozgayetkazsa, advokat javobgar). Ammo sun’iy intellekt avtonom qaror qabul qiladigan darajaga yetsa, qonunchilikni moslashtirish talab etiladi. Yevropa Ittifoqi bunga tayyorgarlik ko‘rmoqda –yaqinda ishlab chiqilgan AI Act (Sun’iy intellekt to‘g‘risida qonun loyihasi)da AI tizimlarining xavflilik toifalari belgilandi va yuqori xavfli tizimlar uchun maxsus sertifikatlash, audit va javobgarlik mexanizmlari taklif qilindi34.

Yana bir yondashuv – sug‘urta va kompensatsiya jamg‘armalari hisoblanadi. Agar AI tufayli kimdir zarar ko‘rsa, zarar qoplash tizimi bo‘lishi kerak35. Masalan, avtonom avtomobillar uchun ba’zi mamlakatlar sun’iy intellektni yaratuvchi kompaniyalar majburiy javobgarlik sug‘urtasini olishini talab qilmoqda. Xuddi shunday, Legal Tech kompaniyalari ham o‘z xizmatlari uchun javobgarlikni sug‘urta qilishi yoki kontraktlarda javobgarlik chegaralarini belgilashi kuzatilmoqda. Albatta ushbu mavzuda ko‘plab olimlar tadqiqot amalga oshirishgan, agarga ushbu mavzuda suhbatlashish yoki tadqiqoqt qilish istagi uyg‘onsa, nodir_inoyatov@tsul.uzga murojaat qiling.

Advokat kasb odobi qoidalarida ham Legal Tech vositalaridan foydalanish yuzasidan yangi normalar paydo bo‘lmoqda. Masalan, AQShning Amerika Advokatlar Assotsiatsiyasi (ABA)2012 yilda o‘zining Model odob qoidalariga

34 Citron, D. K., & Pasquale, F. (2014). The scored society: Due process for automated predictions. Washington Law Review, 89(1), 1–33.

35 Calo, R. (2018). Artificial Intelligence Policy: A Primer and Roadmap. UC Davis Law Review, 51(2), 399–435.

o‘zgartirish kiritib, advokatlarni zamonaviy texnologiyalarni bilish va ulardan foydalanish borasida doimiy ravishda saviyasini oshirib borishga majbur qildi. Ya’ni, endilikda advokat professional kompetentlik standarti tarkibiga “tegishli texnologiyalarni qo‘llash foydalari va xatarlarini bilish” ham kiradi. Bundan tashqari, advokatlar sun’iy intellekt vositalaridanfoydalanganda mijoz maxfiyati (confidentiality) buzilmasligiga e’tibor berishi kerak – masalan, maxfiy hujjatlarni biror onlayn tarjimon yoki chat-botga berishdan avval uning maxfiylik siyosatini o‘rganish lozim. Ba’zi huquqiy firmalar chatGPT kabi ochiq AI modellaridan foydalanishni umuman taqiqladi, chunki ularga kiritilgan ma’lumotlar uchinchi tomon serverlarida saqlanib qolishi mumkin. Yoki hozirgi kunda mamlakatimizda ham turli xildagi tashkilot yoki oliygohlarda ChatGPTdan foydalanish holati juda ko‘p uchramoqda. Tadqiqot qilish, ichki lokal topshiriqlarni bajarish yoki ma’lumotlarni shunchaki kiritib, ishni tez bitirishmaqsadida foydalanilmoqda. Albatta buni oqibatida har bir foydalanuvchi his qilishi kerak.

Yana bir axloq masalasi – inson nazorati prinsipi hisoblanadi. Xalqaro miqyosda “AI ustidan inson nazorati bo‘lishi (human-in-the-loop)” degan tamoyil ilgari surilmoqda. Huquqiysohada ham, qanchalik AI kuchli bo‘lmasin, inson qarori ustuvor bo‘lishi kerak. Sun’iy intellekt faqat tavsiya berishi yoki texnik ishni bajarishi mumkin, lekin yakuniy qarorni mas’ul shaxs qabul qilishi shart. Masalan, Estoniya robot-sudya loyihasida AI qarorini haqiqiy sudya ko‘rib, tasdiqlashi sharti qo‘yilgan edi36.

Texnologiyalar hamma joyda ham teng rivojlanmagani sababli, ba’zi shaxslar zamonaviy Legal Tech vositalaridan foydalana olmasligi mumkin. Masalan, qishloq joyda internet imkoni cheklangan fuqaro uchun onlayn sud tizimi qiyinchilik tug‘diradi. Yoki keksa advokatlar yangi dasturlarni qo‘llashga

36 Floridi, L., & Cowls, J. (2019). A unified framework of five principles for AI in society. Harvard Data Science Review, 1(1)

qiynalishi mumkin. Shuning uchun, Legal Tech joriy etishda inklyuzivlik (hammani qamrab olish) masalasiga ahamiyat berish lozim. Singapur davlat sudlarining axborotbo‘limi rahbari T.X.Cheong ta’kidlaganidek, sudlar virtual xizmatlarni ko‘paytirar ekan, ulardan foydalanish imkoniyati hammada borligiga ishonch hosil qilishi kerak – masalan, internet tezligi past yoki qurilmasi eskirgan fuqarolar uchun sud binosida maxsus video-xonalar ajratish taklifqilingan. Demak, raqamli transformatsiya davrida hamma fuqarolar va mutaxassislar ortda qolib ketmasligini ko‘zlash – muhim axloqiy tamoyil hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, Legal Tech huquqiy etika oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Inson huquqlarini himoya qilish, shaxsiy ma’lumot maxfiyligini ta’minlash, algoritmlarning adolatliligini kuzatish, shaffoflikni ta’minlash va javobgarlik masalasini tartibga solish – bularning barchasi ustida xalqaro hamjamiyat bosh qotirmoqda. Texnologiyalarni joriy etish jarayonida yuristlar va IT mutaxassislar yaqindan hamkorlik qilib, “mas’uliyatli innovatsiya” yondashuvini qo‘llashi zarur. Zero, huquq sohasidagi raqamli inqilobning asl maqsadi – odamlarga adolatli, tezkor va qulay huquqiy xizmat ko‘rsatish, inson huquqlarini yangi usullar bilan himoya qilishdir37. Bunga erishish uchun esa texnologiyalarni insoniyat manfaatlariga yo‘naltirib, ulardan axloqiy me’yorlar doirasida foydalanishimiz kerak.