September 30

IKKINCHI BOSQICHGA O‘TMAGAN NOMZODLAR

Nuriddinova Farangiz O‘tkir qizi — 29 ball. Taqdim etilgan javoblarda ilmiy maqolalarning nashr nomlari, yillari va amaliy natijalari yetarlicha ochib berilmagan. Tanlangan akademik rivojlanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan loyiha yoki mentorlik faoliyatiga aniq misol keltirilmagan. Kengashga qo‘shadigan hissasi haqidagi javobda bajariladigan ish va uning yakuniy natijasi belgilanmagan. Natijada 45 ballik minimal chegaraga yetmagan.

Usmonqulova Shaxlo Keldiyor qizi — 26 ball. Seminar, konferensiya va media chiqishlaridagi ishtiroki qayd etilgan, biroq ularning sanasi, nomzodning shaxsiy hissasi va erishilgan natijalar yetarlicha aniqlashtirilmagan. Tanlangan grantlar va loyihalar yo‘nalishi bo‘yicha grant arizasi tayyorlash yoki loyiha boshqarishga oid bajarilgan ish misoli keltirilmagan. Taklif etilgan o‘quv modullarining mazmuni, amalga oshirish bosqichlari va yakuniy mahsuloti aniq belgilanmagan. Natijada 45 ballik minimal chegaraga yetmagan. Hamda muddatidan kech topshirgan.

Ibragimov Jahongir Latif o‘g‘li — 12 ball. Ilmiy va tashkiliy natijalar haqidagi savolga hali ishtirok etmaganini bildirgan. Tanlangan xalqaro hamkorlik yo‘nalishi bo‘yicha aniq loyiha, undagi shaxsiy vazifasi yoki erishilgan natija ko‘rsatilmagan. Media faoliyatiga oid taklifida kontent turi, ish hajmi va kutiladigan mahsulot ochib berilmagan. Motivatsiya va faoliyatga vaqt ajratish rejasi umumiy ifodalangan. Natijada 45 ballik minimal chegaraga yetmagan.