November 8, 2023

Blogpostlar tanlovi

⚖️ Toshkent davlat yuridik universiteti Justy.uz sayti “Unique” nomi ostida blogpostlar tanlovini e'lon qiladi.

🔸 Kurs davomida ishtirokchilar o’zlari o’rgangan yo’nalish bo’yicha tahliliy blogpost bilan ishtirok etishadi.
🔹Barcha blogpostlar justy.uz sayti orqali e’lon qilinadi.

12 hafta davomida ishtirokchilar 4 ta blogpost bilan ishtirok etishadi.

Tanlov 6 ta turdan iborat bo'lib, har bir tur uchun ishtirokchilarga vazifa beriladi. (Misol uchun jamoa bo'lib blogpost tayyorlash, yoki aynan bir mavzu doirasida tahliliy blogpost yozish)

G’oliblar pul mukofoti hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadi.

1-o'rin - 1 500 000 so`m

2-o'rin - 1 000 000 so`m

3- o'rin - 500 000 so`m

( Blogpostlarga qo'yilgan talablar mavjud bo'lib, har bir tur oldidan e'lon qilinadi. Hamda to'liq sun'iy intellekt orqali yozilgan ishlar qabul qilinmaydi)


Siz blogpost yozishga qiziqsangizda, lekin sizda bu bo'yicha ko'nikma va tajriba shakllanmaganmi?

Unda Biz Sizga amaliy yordam beramiz.

Qanday qilib deysizmi?

Huquqshunos talabalarga blogpost yozish hamda ularda tahliliy ko'nikmani shakllantirish maqsadida soha mutaxassislari tomonidan dars mashg'ulotlari tashkil etiladi. Ushbu dars mashg'ulotlari menga nima beradi, deb o'ylayabsizmi?

🔰 Dars mashg'ulotlari orqali:

1️⃣ Tahliliy ko'nikmani shakllanitirish;
2️⃣ Amaliyot va nazariya uyg'unligini ta'minlash;
3️⃣ Yozgan blogpostda yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlash;
4️⃣ Mashhur bo'lgan blogpost tahlil qilish;
5️⃣ Ilmiy izlanish uchun mavzu tanlash kabi imkoniyatlarga ega bo'lishingiz mumkin.

📌 Ro’yxatdan o’tish:
https://forms.gle/tn6UU6ayMEg3jxfC7

Savollar uchun: @Yuldashevna_maftuna