Bo'ydoqlik qiyinchiligini yengish uchun 3 maslahat
Ushbu post kimlar uchun kulguli bo'lishi mumkin ammo bu qiyinchilikni boshidan o'tkizgan inson qandayligini yaxshi biladi.
1) Intensiv va qattiq trenirovka qilish. Zalda intensiv trenirovka masalan yugurish va og'ir-og'ir tosh ko'tarib tanangizni, o'zingizni umumiy charchatish, kuchingizni shu tomonga sarflashni - bo'ydoqlik qiyinchiligini yengishni eng zo'r usuli. Qattiq trenirovkadan keyin uyga keliboq uxlab qolish juda ham maroqli :)
2) Imkon boricha har doim qandaydir foydali mashg'ulotlar bilan band bo'lish. Ba'zi insonlarda ushbu muammo fikr-hayollar bilan ham kechishi mumkin. Shu sababli o'zingizni ma'lum bir ishlar bilan chalg'itish - yomon hayollardan halos bo'lishga yordam beradi.
3) Atrofingizda yaxshi insonlar bo'lishi. Ushbu bo'ydoqlik davrida "divanniy ekspertlar" tomonidan turli-tuman g'alati "maslahatlar" berilishi mumkin. Bunday "maslahatlar"ning ba'zilariga amal qilib dunyo va oxiratingizga qattiq zarar bo'lib qolishni istamasangiz, atrofingizni solih, oqil insonlar bo'lishiga e'tibor bering. Buni foydasi juda-juda sezilarli.
Nega ro'za, taxajjud kabi narsalarni yozmading? Bu narsalarni loyiq insonlar yozgani maqul. Men sizga imkon boricha o'zimdan kelib chiqibroq maslahat berishga harakat qildim.
Hullas do'stlarim eng asosiysi sabr. Chaqalog'ingizni bo'ynidan o'zining tabiiy shirin isini hidlaganingizda bu qiyinchiliklaringiz unutilib ketadi in shaa Alloh :)