Imposter sindromi - yohud o'zingizni pastga urishni bas qiling!
Imposter sindromi - bu o'z bilimlariga shubxa bilan qarayverish, o'zini past darajada ko'rish deb tushunsak bo'ladi. Ushbu psixologik holatni xoh dasturchi bo'lsin, xoh bog'bon, deyarli barcha soha vakillari boshidan kechirishi mumkin.
Buni yuzaga keltiruvchi eng asosiy omil - o'zini boshqalar bilan solishtirish deb o'ylayman. Chunki menda ham bu muammo kuzatilganda: "Falon dasturchini qara sen bilan teng ammo Amazonga ishga kirdi, sen esa oddiy lokal kompaniyada ishlab yuribsan" degan o'ylardan boshlangan :(
Ho'sh, bundan qanday qutilsa bo'ladi. Aytishga juda ham oson ammo amal qilishga biroz qiyin bo'lgan bir nechta tavsiyalar bor:
1) O'zingizni boshqalar bilan solishtirmang. U inson va siz umuman boshqacha o'rganish qobilyatiga, sharoitga, tajribaga, muhitga egasizlar. Va agar siz deyarli barchasi bir hil deb o'ylayotgan holatingizda ham baribir bu ish sizga zarar bersa beradiki lekin foyda bermaydi. Faqatgina o'zingizga tanbeh berish, uyg'otish sifatida ishlatmasangiz albatta.
2) Doim ko'rganingizda o'zingizni solishtirib, siqilishingiz mumkin bo'lgan odamlarni ijtimoiy tarmoqlaridan shunchaki chiqib ketting huddi men Azimjon Pulatovni telegram kanalidan chiqib ketganim kabi 😁. (Azimjon Pulatovni juda ham hurmat qilaman, ilmli zo'r bola faqat men o'zimni u bola bilan solishtirib ko'p o'zimga zarar berib qo'yishim mumkin. Shu sababli faqatgina Youtubedagi videodars va maslahatlarini ko'rib turaman holos).
3) Biror vazifani bajara olmayotgan bo'lsangiz: "Men ahmoq hatto shu oddiy narsani ham qila olmayabman, odam bo'lmasam kerak", deb siqilib yurmang. Siqilishingizni foydasi yo'q, chunki haqiqatdan odam bo'lmaysiz. Hazil😂. Shunchaki biroz dam olib, qayta urining, boshqalardan yordam so'rang in shaa Alloh albatta bajara olasiz. Shunchaki oddiygina HTML'ni o'rganish vaqtidagi qiyinchiliklaringizni eslang. Shu oddiy narsani ham bajarishda bir paytlar qiynalgansiz ammo bilimingiz oshib borgan sari ko'zingizni yumib ham yozib tashlaydigan bo'lib ketasiz ))
4) Balki haqiqatdan bu soha sizga emasdir. Bir odam aytgan ekan: "Aslida hamma daho. Ammo siz baliqni daraxtga chiqa olishiga ko'ra baholasangiz, u butun umrini ahmoq ekanligiga ishonib yashaydi". Qarang qanday kuchli gap-a? Balki siz ham judayam kuchli dizaynerlik qobilyati bilan back-end dasturchi bo'lib yurgandirsiz, ovqatlari nafaqat oshqozon balki qalblargacha yetadigan oshpaz, figmada web dizayn chizib yurgandirsiz yoki jahon chempioni bo'lishgacha iqtidori bor kurashchi, html-css verstka qilib yurgandirsiz. Shunchaki xohlayotgan sohangizga birmuncha vaqt ajratib sinab ko'ring. Payti kelib "Eh qaniydi o'sha paytda shu sohani sinab ko'rganimda" deyilgan attang juda ham og'ir bo'ladi. Vaqtida tushunib yetish barchasidan ham yaxshidir.
5) Mutaxassis bo'lishga harakat qiling. Har qanday sohani juda ham kuchli mutaxassisi bo'lsangiz doim sizga talab bo'laveradi yoki zo'r sohani tanlagan bo'lsangiz ham bilim darajangiz, tajribangiz past bo'lsa sizga hech kim katta soqqali ish bilan kutib turmagani kabi. Bunga oddiy misol yuzlab ish izlab yurgan dasturchilarni keltirish mumkin.
Hullas, yovoreyshn qilib yuboradigan mutaxassis bo'lish haqiqatda oson emas. Yuqori darajaga chiqaman desangiz shunga yarasha qiyinchiliklarga ham tayyor turing. Hattoki eng oson deb o'ylagan sohalaringizda ham judayam qiyin holatlarni boshingizdan o'tkizishingiz mumkin va anashu holatni sabr, matonat bilan yengib o'tish kerak! Bu maslahatlar avvalo o'zimga va keyin boshqalar uchundir :)