Unlikely Love
Universitet damlari edi. Barcha band, imtixonlarni-ku aytmasa ham bo'laveradi. Men odatda yolg'zi yuradigan qizlardan edim. Qo'limda doim bir kitob, qulog'imda esa musiqa jaranglab turardi. Yo'lda ketyotganinga qaramay men doim kitob o'qishni yoqtirar edim. Lekin keyinchalik mening dunyo qarashim, harakterim, hammasi o'zgardi. Universitetni bitirganimdan keyin otam menga biznesini topshirdi. Endilikda men juda band odamga aylanib qoldim. Butun e'tiborimni ishga qaratgan edim. Maqsadim Chan kompaniyasini yanada yuksaltirish edi... 3 yil ichida men hatto o'z shaxsiy brendimni yaratishni ham eplagan edim. Ammo ma'lumki mashhurlik, boylik insonga doim xavf tug'diradi. Menga ko'plab suiiqasdlar bo'lgani sabab doim yoninda to'pponcha olib yuradigan odat chiqardim. Hech kimga ishonmasdim. Hatto tunlari uxlay olmaydigan bo'lib qoldim...
-Chan xonim. Siz aytgan xujjatlar tayyor. Iste'molchi brendlar shartnomaga imzo chekishdi. Biz bu oyda daromadni yana 5% ga oshira olamiz.
Luna: 5% kam. Avvalgi oyga qaraganda kriziz ko'payganku. 10% ga chiqsrish yo'lini toping. Ishchi guruh zimmasiga yangi ammo mashhur brendlar bilan ham shartnoma tuzishni buyuring.
-xo'p bo'ladi xonim. (Lazaida nomi ostidagi Luna ochgan yangi kompaniya otasining kompaniyasi bilan allaqachon tenglashishga ulgurgan. U tinmay ishlardi. 3 yil ichida bunday yutuqqa erishish oson emas edi. Luna shu kechasi clubga keldi. U qattiq charchaganda shunday qilardi. Qop-qora sochlari orqasiga uzun tushib turgandi, to'q qizil ko'ylagi uning tanasining har bir qismiga jilo ulashardi. Bar oldiga sekin yurib keldi va hamyonini qo'ydi. Undan bir necha stul narida o'tirgan Kim Taehyung qosh chimirib qarab turardi
Taehyung: bu kim bo'ldi..? (Unga boshdan oyoq nazar tashladi. Bu ayol shu qadar go'zal edi-ki biroz o'zini g'alati his qildi.
-u Chan Luna. (Barmen) U 3 yil avval Chan biznesni qo'lga oldi.
Taehyung: naxotki Lazaida brendi egasi bo'lsa?( Keyin galstugini to'g'irlab u tomon qadam tashladi.) Chan Luna. Chiroyli yuz ifodasi... Kimdir unga zarar yetkazsa achinarli...yana yaxshi tanlov(Biroz egildi viskiga ishora qilib.) Kim Taehyung.
Luna: qiziq emas (yuzini boshqa tarafga burdi va viskini ichdi
Taehyung: men gapirganda yuzingni vurishga qanday hadding sig'di? (Uni yuzidan ushlab o'ziga qaratdi. Ko'z ochib yumguncha Luna o'rnidan turib unga qanday qilib to'pponcha tiraganini xatto sezmay qoldi. Taehyung qo'lini ko'tarmadi ammo Luna unga jaxl bilan qarab turardi
Luna: sen kimsanki menga bunday muomala qilyapsan? Ismimni bilasan demak men haqimda bilishing kerak? (Qadamlarini oldinga tashlab uni orqasidagi devorga tiradi) Ammo bilib qo'y hech kim menga buyruq berolmaydi . Mumkin ham emas
Taehyung: shhh nega darrov asabiylashyapsan? (Sekin qo'li bilan ro'pponchani pastga itardi. Luna bundan hayratlandi odatda erkaklar unday qilmasdi. Qosh chimirdi
Luna: nima qilyapsan? Axmoq. (Ortiga o'grildi) Maroqli tunimni ham rasvo qilding ablax (tez tez yurib clubdan chiqib ketdi
Taehyung: bu juda ham qo'pol edi ammo... Men hozir sevib qoldim shekilli (sochlariga qo'l yugurtirib.) jin ursin... Bu ayol ... (Labini tishlab) U meni asabimga tegyapti.
Taehyung uyiga kech yetib keldi. U juda ham ga'alati ahvolda edi. Biroz oldin ko'rgan ayol uni shu qadar ta'sirlantirgan ediki, o'zi nima his qilyotganini ham anglab yetolmasdi. Uyga kirib keldi. Qoshlarini chimirgancha bashang kiyingan, qari bo'lishiga qaramasdan hali oqarmagan kalta sochlari bo'yniga tegib turar, qo'lini ko'ksida chalmashtirib olgan buvisi unga qarab turardi.
Rais Kim: qayerlarda yuribsan hoy bola? Aqling qachon kiradi seni? (Unga yaqinlashdi
Taehyung: buvijon. Men yosh bola emasman-ku endi. Salkam 30ga kiray dedim. Nega tergayverasiz. (U ham qosh chimirib sovuq muomala qildi
Rais Kim: unda nega haligacha uylanmading? Yana 30ga yawinlashdim deydiya. Men ham nabirali bo'lgim kelyapti ahir!
Taehyung: buvi siz aytgan ayollarning biriga ham qiziqmadim va qiziqmayman.
Rais: hoy bola! Senga aytgan uchrashuvchi? Men allaqachon uchrashuv belgilatdim. Payshanba kuni uchrashuvga chiqasan. Tez orada to'y qilamiz.
Rais Kim: jim bo'l. Men nima desam shu bo'ladi! Bu kompaniya uchun ham sening biznesing uchun ham yaxshi. (Xassasini olgancha xonasi tomon yurib ketdi. Ketar chog'i ham nimalardir ming'illab ketdi.
Taehyung: jin ursin! Demak men xohlamaydigan ishlar bo'lishda davom etaverarkanda?! (Kresloga o'tirgancha sochiga qo'l yugurtirdi. Uning hayolida uchrashuv va clubdagi voqealar bilan to'lgan edi.
Luna uyiga qaytdi. U uyga har doimgidek jaxlga mingan xolda qo'rg'onga kirib keldi. Uni otasi janob Chan kutib turgandi.
Janob Chan: qayerda yuribsan? Nega buncha kech kelding Luna?
Luna: dada ishlarim bor edi. Axir o'sha kompaniya uchun harakat qilyapman.
Janob Chan: senga aytgandimku. Ertaga ychrashuv. Kim Taehyungga turmushga chiqasan. U bilan allaqachon to'qnash kelgan bo'lsang kerak
Luna: Kim Taehyung? Dada?! Men unga turmushga chiqmayman. Ummuman, men turmushga chiqishni istamayman.
Janob Chan: qizim allqachon 27 yoshdasan. Keyin... (bag'riga bosib) seni baxtli bo'lishingni istayman
Janob Chan: tsshh bo'ldi. Gap tamom. Endi xonangga chiqib uxla. Ertaga Taehyung seni uydan olib ketadi....
Ertasi kuni Taehyung kiyinib xonasidan chiqdi. Buvisi uni aniq tayyorliginu o'z ko'zi bilan ko'rgani allaqachon shaylangan ekan
Rais Kim: xo'sh tayyormisan? Bo'lajak ayolingni uyiga borib olib ketasan.
Taehyung indamadi va shunchaki uydan chiqib ketdi. U mashinasiga o'tirgancha Lunaning uyiga keldi. Albatta, hali xabari yo'q Luna uning bo'lajak turmush o'rtog'i ekanidan.
U mashinadan tushdi va eshik qo'ngiroğini chaldi. Ichlaridan eshikni ochganda Luna turganini ko'rib u avval hayratda qoldi. Ammo o'zini yo'qotmaslik uchun u bilan salomlashdi va chiqishga taklif qildi. Luna indamasdi. Ular restorangacha indamay ketishdi. Taehyung unga bir necha marotaba qarab qo'yardi. Sababi o'zi ham bilardiki Luna bag'oyatda go'zal va aqlli ayol. Restoranga kirgach endi suhbat boshladi.
Taehyung: menga gapirish niyyating yo'qmi? Ahir yana bir necha kundan keyin birga yashaymiz.
Luna: nima haqida gaplashishim kerakligi juda qiziq. Ikkimiz ham bilamiz, bu unashtiruv, bu to'y bizga yoqmayapti.
Taehyung: bunday deb kim aytdi? Menga yoqyapti. (Labini chetida kulib qo'ydi
Luna: biznes uchun menga hayotimni barbod qilish ummuman yoqmayapti. Sizni nima gaqida o'ylayotganingiz esa baribir menga.
Taehyung: ishonaver. Men hech qanday oddiy qog'ozdagi turmush haqida o'ylayotganin yo'q. Men bugun barcha rejalarimbi o'zgartirdim va men haqiqiy erkak sifatida o'z ayolinga g'amxo'rlik qilishim, unga mehr berishim mumkin. Bu mening huquqlaeinga kiradi.
Luna bu gaplarni eshitib juda hayratda qoldi. Nega Taehyung bunchalar qat'it gapiryotgani uni ta'sirlantirib yubordi. Bir zum u nima deyishini bilmay ham qoldi.
Uchrashuvdan jeyin Taehyung uni uyiga tashlab qo'ydi. Mashinadan tushar ekan Luna unga qaradi
Luna: huddiki sizni kimdir vu ishlarni qilishga majburlayotgandek tutyapsiz o'zingizni.
Taehyung: ha yuragim buni qilishga majburladi. Xayr bo'lajak xotinjon. (Luna ko'z suzgancha mashinadan tushdi.
To'y ham o'tdi. Taehyung va Luna ularga ajratilgan uyga ko'chib keldilar. Luna unga e'tibor bermaslikka urinsada Taehyung jon jaxtini berib u bilan munosabatlar o'cnatishga urunardi.
Taehyung: mana va nihoyat yolg'iz qoldik to'g'rimi Luna? (Unga yaqinlashib yuzidan, yanog'idan, ushladi.) nega hali ham kiyimlaringni almashtirmading?
Luna: bu yerda birgina yotoqku?
Taehyung: nima ikki bo'lishi kerakmi? Er xotin bir yotoqda yotmaydimi?(Kuldi
Luna: siz jinni bo'lib qolibsiz(qoshini chimirib kiyimlarini alishtirgani ketdi)
Taehyung atayin unga o'zi maxsus kiyim tayyorlagan edi. Luna battar jaxli chiqdi. Ammo birdan uni orqasidan Taehyung kelib quchganida u qotib qoldi.
Taheyung: balkim basbqilarsan? Endi biz birgamiz Luna. Xohlasak xohlamasak biz birga bo'lamiz. Nega endi to'xtatmayapsan? (Uni o'ziga qaratdi
Luna: bu biroz qiyin. Men munosabatlar o'rnatish tugul hatto turmushga chiqishni o'ylab ko'rmaganman. Yana biz bir birimizni yaxshi bilmaymizku.
Taehyung: shh. Buni hammasi reja qilinganmi demak biz baxtli bo'la olamiz shudnay emasmi? (Uni yuzidan ushaldi, peshonasini unikiga tekqizib) Seni birinchi ko'rganindayoq meniki bo'lishingni bilgandim... (Gapini tugatib uni ko'tarib oldi va yotoqqa olib keldi. Unidan chuqur bo'sa oldi va bag'riga bosdi.) Buguncha uxla... Hayotimizni ertadan boshlaymiz. Hammasini sen xohlagandek. Sen niam desang shuni qilamiz...
Luna ham uning quchog'ida qulay yotardi. Tuni bilan Taehyung uni mahkam quchgancha uxladi. Erta tongdanLuna ko'zini ochar ekan yonida yotgan Taehyungga biroz tikilib qoldi. U uxlaganda ummuman boshqacha inson edi. Sekin qo'lini uning yuziga olib keldi, barmoqlari bilan uning burnini siladi. Taehyung birdan uni yana o'ziga tortdi va qo'l-oyoqlari bilan mahkam quchoqlab oldi.
Taehyung: ertalabdan xotinim nima qilyapti? Yoki erining ko'rkam yuziga oshiq bo'ldimi?
Luna: jinnilikni bas qiling (o'rnidan turdi.) nonushta qilmaymizmi?
Taehyung: birga tayyorlashga nima deysan? M? (O'rnidan turib Lunani qo'lida ko'targancha oshxonaga olib ketdi....