When Sakura Bloomed💗
Maria darsxonasida o'tirardi. U bu maktabdagi eng noodatiy, ko'zga tez tashlanadigan qiz- qora rangli ko'zlari quyosh nurida kulrang bo'lib tovlanardi, sochlari ham tabiiy qop qora. Huddi tun kabi. Uning kiyinishi ham boshqalardan uni ajratib turardi.
Shu onda xonaga lee xonim kirib keldi. Yonida esa bo'ylari baland, juda ham kelishgan bir bola turardi.
-hammaga salom o'quvchilar. Bu sizning yangi sinfdoshingiz Nishimura Riki
-salom hammaga. Men bu yerga yaponiyadan ko'chib keldim. Avval ham bu yerda yashaganman.
U birma bir sinfdagilarga ko'z yugurtirar ekan ozirgi oartada o'tirgan qizga ko'zi tushdi. Maria va uning ko'zlari to'qnash kelganda huddi hamma yow to'xtan qolgandek bo'ldi - tashqaridagi yomg'ir va shoqvin, hattoki vaqtning o'zi ham. Maria uni tanidi. Bu Niki edi. Uning bolalikdagi do'sti edi. Ammo Niki... Niki uni tanimadi.
Marianing yonidagi parta va nariroqda Jay ning yonida bo'sh joy bor edi. Niki oxirgi partaga Marianing yoniga keldi.
-bu yerda Jinhu bor. Uzr (dedi Maria boshqa tarafga qaradi darrov
-meni yonimda o'tirishing mumkin (Jay
-raxmat (Niki Jayning yoniga borib o'tirdi.
Darslar boshlanib ketdi. Jinhu darsga kech qolib keldi. U ham maktabdagi juda ham noodatiy va chiroyli qizlardan biri edi.
Marianing sochlari qora va kalta bo'lsa, Jinhuniki jigar rang va uzun edi. Uning heyzel rang, huddi o'cmonni eslatadi, ko'zlari bor edi.
Niki biroz unga tikilib qoldi. Chunki u avval ham bu maktabda o'qigan edida. U o'sha yoqimtoy mitti qizni esladi. Jinhu Marianing oldiga kelib o'tirarkan unga Niki bir ikki marta qarab qo'ydi. Maria buni ko'rib biroz jaxli chiqqanini sezdi lekin nimaga ekanini o'zi tushunmas edi.
Asta sekin darslar tugadi. Maria va Jinhu xayrlashishdi. Maria belatga kelib avtobusni kutib turar edi. Ichida esa har xil hayollar to'foni bo'layotgandi.
-nahotki bu o'sha kichkina maymuncha Niki bo'lsa? U bunchalar o'zgaradi deb o'ylamagan edim. Meni tanimadi ham. Ahir qo'shni edikku. U yana bizni qo'shnimiz bo'lsachi? Yo hudo o'ylashga ham qo'rqaman!
Shu payt avtobus keldi. Maria avtobusga chiqargan Niki ham yugurib keldi va avtobusga mindi. Maria jim turardi. Niki ham unga parvo qilmadi. Avtobusdan ikkisi ham tushib qolishdi. Ko'cha bo'ylab Maria asta yurar ekan Niki tez tez yurib undan o'zib ketdi va Maria o'ylaganidek uning qo'shnisi bo'lib chiqdi.
-shunda ham eslolmasa bu homkallani aniq maymun deyman. (Maria bosh chayqagancha uyiga kirdi.
Ammo bilmasdiki Niki uning uyiga biroz qarab qoldi.
-sakkiz yil avval... Bu yerda yashaganmiz... Bu qiz juda tanish... (Sochini to'g'irlagancha uyiga kirdi
Maria ryukzagini divanga otdi. Tuflisimi yechib shippagini kiygancha stolga o'tirdi
-yaponyalik qo'chnilarimiz qaytib kelibdi. Ko'rdingmi?(Oyisi ovqatni solarkan
-ha ko'rdim. Niki hatto meni eslamadi ham. Bizni sinfga keldi.
-sizlar u payti juda kichik edingiz. Naq 10 yosh. 8 yil o'tdi. Esdan chiqarishi tabiiy (dedi dadasi jilmayib
-balkim eslab qolar. Kechqurun ularnikiga o'tib kelamiz. Shunda eslaydi
-ahir yaqin qo'shni bo'lganmiz Maria.
-o'zing bilasan. Darsingni qilib unda uyda o'tir (dadasi uni sochini silab.
Maria ovqatlangach xonasiga chiqib ketdi. Shunda Jinhu unga yozganinu ko'rdi
-hoy bu ahir Niki ediku. U avval 2-guruhda o'qigan edi. Esingdami?
-eslayman. Bu maymuncha meni do'stim ediku🙄
-bir marotabasi menga sevgi izhor qilganini eslaysanmi? 😄
-qo'ysangchi. Yosh bola edikku. Ammo u meni eslamadi... Menimcha u unutgan
-balkim eslab qolar. Muhimi hozir sen imtixonga tayyorlanishing. Fizikadan haligacga 3-darsdasan!
Maria telefonini bir chekkaga qo'ydi va dars qilishga tushib ketdi
Ertasi kuni Maria har doimgidek avtobus bekatida turardi. Niki ham bekatga keldi. Sal qoldi kech qolar edi. U bu safar jim turmadi.
-salom (deb qo'ydi hech bo'lmaganda
-salom... (Maria bir unga qarab qo'ydi va shu payt avtobus ham keldi. Ular avtobusga huddiki begonalardek mindilar.
Niki shu qadar uzun ediki... Undan o'sha bolalikdagi kichik Nikining asari ham yo'q. U juda ham kelishgan edi... Ko'z qiridan unga qarab qo'yar edim. U esa shunchaki oynadan tashqariga qarab turar edi.
Yonimda turgan yoqimtoyni tanimasligim mumkinmi? U 'meni eslamadi' deb yurgandir. Ammo uning o'sh o'sha noyob kulrang ko'zlari juda ham antiqa... Uni bir ko'irshdan tanigandim. Lekin...ichimda nimadir hali qadam tashlashga qo'ymayapti.
O'sha payti Niki Marianing yonida turgan bir yosh yigit unga suykanayotganini ko'rdi. Uning ichida qandaydir his tuyg'ular jo'sh urib ketdi. U asta Mariani qo'ildan tortdi va yigitning oldiga turib oldi
-ortingga suril (dedi u yo'g'on ovozda. Uning ovozi juda ham yo'g'on edi
-nima qilyapsan? (Dedi haligi bola
-ko'rmayapsanmi? Avtobus issiq. Surilib tur! (Shunda avtobus maktab oldida to'xtadi. Maria tezda avtobusdan tushdi.
Niki uning tushganini ko'rib ortiga qayrilib ham qaramay uning ortidan yurdi. Qo'lini ushlab o'ziga qaratdi
Maria unga hayratla qarab turar edi. Bu qi'rquvmidi? Yoki juda ham u uzoqlashib ketgandek edi. Niki qo'lini qo'yib yubordi
-yordmaing uchun raxmat Niki... (Maria maktab tomon yurib ketdi.
Shunda Nikini orqasidan Jay kelib qo'lini uning yelkasiga qo'ydi
Darslar boshlanib ketdi. Ingliz tili darsi edi. Maria Jinhu bilan kulishib o'tirgani uchun Mariani ustoz doskaga chiqardi va bir nechta so'zlarni yozishini ayti.
-engage, involve, submit ... (Jay shivirlagancha Mariaga so'zlarni aytardi.
Niki Jayning unga qanchalar yordam beryotganini ko'rdi va nimanidir his qilgandek bo'ldi. Chunki Maria har safar u so'zni aytganda jilmayib qo'yardi. "Ular orasida nima bor?" Deb o'ylandi u o'zicha.
Darslar tugadi. Jay orqada boshqa bolalar bilan gaplashib qah-qah otib kular edi. Jinhu va Maria kitoblarini yig'ib turar ekan Niki keldi va gapirdi
-Maira...balki uyga birga ketarmiz? Har holda qo'shnilarmiz va sinfdosh...
-eh? Nima?... (Maria Jinhuga bir ikki qarab qo'ydi. Keyin esa Jayga qaradi.
-Maria. Bugun kafega bormoqchi edik esingdami? (Dedi Jay
-a...ha esimda. (Jilmaydi) Bo'laqol ketdik!
-Niki xohlasang men bilan ketishing mumkin (dedi Jinhu kulimsirab
-h..ha mayli. (Niki Jinhuni xafa qilishni istamadi va uni ko'chasigacha kuzatib qo'yishga qaror qildi
Niki va Jinhu birga piyoda ketishar edi. Niki Jinhuga bir necha marta qarab qo'ydi. U juda ham go'zal edi. U kichik payti unga sevgi izhori qilganini esladi. Ammo endi bu tuyg'u bormi yo'qmi sezmasdi.
-Jinhu sendan bir narsa so'rasam bo'ladimi? (Asta gapirdi Niki
-Maria va Jay uchrashishadimi? Yoki bir birini sevadimi?
-eh bu juda ham komedik hikoya. Aytsan kulishdan o'zingni to'xtata olmaysan. (Jinhu allaqachon jilmaydi. U juda chiroyli kular edi
-biz qizlar bilan bir kuni 'jasorat' o'yini o'ynayotgan edik. O'shanda Mariaga men shart berdim. Yani Jayga uchrashishni taklif qil dedim. Va Jay uni butun sinf oldida rad qildi. (Kuldi) Maria bo'lsa "qarab tur hali sen menga shu gaplarni qaytib aytasan!" dedi (kulib)
-keyinchi? (Niki ham kulardi ammo nimadir unga yoqmasdi
-keyin rostan shunday bo'ldi. Jay uni uchrashuvga taklif qildi
-Maria ham uni rad qildi. Shu tariqa ular bir birini yoqtirib qolishdi shekilli. Sinfdagi hamma "bir qarorga kelsangizchi! Nega cho'zaverasiz!?" Deb so'raganda ular baravariga "biz hali o'ylanyapmiz! Sevgi sizga o'yin emas" dedilar😂
-mayli Niki. Uyga eltganing uchun raxmat. Ko'rishguncha (Jinhu uyi tomon yurib ketdi
Niki uni ortidan qarab qoldi. Jinhu juda go'zal edi. Nikining yuragida iliqlik paydo qilgudek. Lekin bari u kutgandek emasdi.
Niki uyiga keldi. Maria endigina Jayning velikidan tushyotgan ekan. U ichlariga kirib ketdi. Jay esa uni kirishini mayin jilmayish bilan kuzatib turar edi.
Keyin u Nikini ko'rib qoldi va u tomon keldi
-demak u bilan qo'shni ekansizda? Niki seni o'rningda bo'lgim kelyapti
-shunda har kun Maria bilan birga bo'lardim. Har on. Bilasanmi unga chiroyli va ramantik qilib sevgi izhor qilmoqchiman. Yordam berasanmi?
-sevgi izhor... H-Ha... Albatta do'stim...
Niki xonasiga kirdi va ryukzagini polga tashladi. O'zi esa divanga yotib shiftga termuldi.
-balki...hammasi avvalgidek emasdir... Balki Maria rostan ham Jayni sevar. Jay ham uni qattiq sevadiganga o'xshaydi... Jinhu?.. Jinhu meni sevarmikan?.. u shunday tuyulyapti. Menchi? Men kimni sevaman?..