Die with a smile 🫂
Chapter-17 )( Hozir biz uchun muhimi biz birgamiz, to'g'ri vaqtda, to'g'ri inson bilan birga. Mening bag'rimdasan - xavfsiz, qulay va sevilgan...
Londonda tun sukunat ichida o‘ralgan, faqat shahar chiroqlari ko‘chalarga zaif nurlar sochardi. Qorong‘ulik ichida Jehyun va Felina Yongsunning uyiga yetib kelishdi. Uyning ulkan darvozasi ularning oldida beparvo turar, go‘yo ichkarida hech qanday xavf yo‘qdek. Lekin ikkalasi ham bu joyning qanchalik xavfli ekanini bilardi.
Felina: senga ishonaman. Hozir esa o'zingni erkin tut. (Kuldi) Shunchaki mehmonga keldik.
Jehyun hech qanday javob qaytarmadi. U doimiy o‘ng qo‘lini kurtkasining ichida mahkam ushlab turar edi. Yongsunning rejalari va sirli qilmishlari haqida hamma narsani bilish vaqti kelgandi.
Darvoza oldida allaqachon ikki soqchi turgan edi. Felina ular bilan mayin suhbat boshladi, go‘yo u yerga faqatgina odatiy tashrif bilan kelgandek. Soqchilar bir-birlariga shubha bilan qarashdi, lekin baribir yo‘l berishdi.
Ular ichkariga qadam qo‘ygach, Yongsun ularni kutib turganini ko‘rishdi. U qimmatbaho kostyum kiygan, qo‘llarini orqasiga qo‘ygan holda turgan edi. Ko‘zlarida doimgidek sovuq tabassum bor edi.
Yongsun: xush kelibsizlar. (Felina tomonga qadam tashlab uni quchoqlash uchun qo'lininochdi. Ammo Felina Jehyunning ortiga o'tdi. Yongsun boshini chayqab kuldi) Tushunarli...
Felina: bugun barchasini tugatamiz (tuzida sovuqlik bilan gapirdi. Sumkasidan qandaydir hujjatlar chiqardi
Yongsun: hammasi yolg'on ekanini bilgan edim. (Kuldi yana
Jehyun: Jinwoo ham biz uchun guvohlik berdi. Sen bugun mag'lubiyatga yuz tutasan
Yongsun: jang ochdingmi? Men tayyorman (bir qadam oldinga tashladi.
Jehyun indamadi ammo u allaqachon tayyor ekani uning yuzidagi jiddiy va sovuqqon ifodadan yaqqol ko'rinib turardi. Yongsun unga birdan musht tushurmoqchi bo'ldi ammo Jehyun tisarilib qochdi-da unga zarba berdi. Yongsun bundan hayratandi va yana shaxvoniy kuldi
Felina: bas qilinglar! Endi bu befoyda! (Ko'chaning boshidan palitsiya mashinalari serenasi eshitildi. Yongsun tashqariga qaradi
Yongsun: nima qilmoqchisan? (Felinaga qarab
Felina: sening manipulyatsiyangdan chiqib bo'ldim. Sevgi deb o'ylagan bu qabih fikraringga endi chek qo'ydim Lee Yongsun! (Shunda palitsiya hodimlari darvozani buzib kirishdi va Yongsunni o'eab olishdi. Uning qo'lidan ushlab kishan solishdi. Yongsun boshini ko'tarib
-xammasi tugadi deb o'ylashing mumkin... Ammo men baribir qaytaman.
Felina: o'shanda meni topolmasang mendan xafa bo'lma. Endi Felina ismli insonni hech qachon topolmaysan. Felina sen qaytganingda o'lgan bo'ladi
Palitsiya hodimlari Yongsun va uning odamlarininolib chiqib ketishdi. Yongsun Felinaning kasal ekanini butkul esidan chiqarhandi. Uning so'zlari huddi pushymon bo'lishiga olib keldi. Palitsiya hodimlari Yerto'laga tushib Nerini ham qutqarishdi va uni shifoxonaga olib ketishdi.
Jehyun va Felina haliham Yongsunning uyi oldida turisharkan u Felinani o'zigaqaratdi va sokin ovozda gapirdi
Palitsiya hodimlari Yongsun va uning odamlarininolib chiqib ketishdi. Yerto'laga tushib Nerini ham qutqarishdi va uni shifoxonaga olib ketishdi. Jehyun va Felina haliham Yongsunning uyi oldida turisharkan u Felinani o'zigaqaratdi va sokin ovozda gapirdi
Jehyun: hammasi tugadi. Endi havotir olishga xojat yo'q.
Felina: xo'sh... Seuldagi masalachi?
Jehyun: ... (U biroz sukut saqladi va uni o'ziga tortib mahkam quchoqladi, boshidan o'pib shivirladi) Seulga ketamiz. O'sha yerda bu masalani hal qilamiz...
Jehyun va Felina qabristondan qaytganlarida, tun anchayin sovuq va jimjit edi. Jehyun mashinadan tushishi bilan, Felinaning charchoqdan zo‘rg‘a yurayotganini sezdi. U indamay uning yoniga keldi va yengil harakat bilan qo‘lini Felinaning yelkasiga qo‘ydi.
Jehyun: Charchadingmi? (ohista so‘radi u.
Felina hech narsa demadi, faqat sekin bosh irg‘adi. Uning ko‘zlari xira tortgan, yuzi esa oqarib ketgandi. Jehyun bir lahza ham o‘ylab o‘tirmay, uni ehtiyotkorlik bilan quchog‘iga oldi.
Jehyun: Menga ishon, sen hozir dam olishing kerak, (deya shivirladi u.
Seuldagi uyiga yetib kelganida, Jehyun Felinaning sovuq qo‘llarini ohista ushlab, uni o‘z xonasiga olib kirdi. U divanga o‘tirgach, chuqur nafas oldi va oshxonaga yo‘l oldi.
U Felinaga issiq sho‘rva tayyorladi. Oshxonadan taralayotgan iliq hid butun uyni qamrab oldi. Bir necha daqiqadan so‘ng, Jehyun likopchada sho‘rva ko‘tarib qaytdi va Felinaning yoniga tiz cho‘kdi.
Jehyun: Bir oz bo‘lsa ham ichishing kerak, ( deya unga qoshiq uzatdi.
Felina boshini qimirlatib, qo‘lini cho‘zdi, ammo barmoqlari titrayotgani sezildi. Jehyun uni to‘xtatib, qo‘llarini iliq qo‘llari bilan siqdi.
Jehyun: Qo‘y, men o‘zim yediraman, (dedi u ohangdor ovozda.
Felina unga yengil jilmaydi va qarshilik ko‘rsatmay, lablarini qisdi. Jehyun uni ovqatlantirar ekan, uning ko‘zlarida g‘amxo‘rlik va chuqur mehr bor edi.
Ovqat yeb bo‘lingach, Felina biroz hushyor tortgandek bo‘ldi, ammo hamon charchoq uni tark etmagan edi. Jehyun uning qo‘lidan ushlab, yotoqxonaga olib bordi. Yostiqlarga yotqizgach, o‘zi ham yoniga o‘tirdi.
Felina hech narsa demay, asta-sekin boshini Jehyunning ko‘ksiga qo‘ydi. Uning yuragi sokin urardi, bu esa Felinaga huzur bag‘ishlardi. Jehyun ohista qo‘llarini uning orqasiga qo‘yib, uni mahkam quchoqladi.
Jehyun: Endi uxlashing kerak, (shivirladi u.
Felina ko‘zlarini yumdi va yengil nafas oldi. Jehyunning bag‘rida o‘zini himoyalangan his qildi. Shu tariqa, u shirin uyquga ketdi, Jehyun esa uning yelkalaridan sekin silab, yuzidagi mayin chiziqlarga qarab o‘tirardi.
Felina: men aperatsiyaga rozi bo'lmoqchiman Jehyun... (Boshini biroz ko'tarib
Jehyun: Jinwooga rozilik berasanmi?
Felina: ha. U Seulga kelib meni aperatsiya qildiradi. Bu yerda u kabi yana bir nechta yaxshi shifokorlar bor ekan
Jehyun: buni Londonda yana gaplashamiz. Hozir esa dam olishing kerak... (Uni peshonsidan o'pdi.) Uxla... Hozir biz uchun muhimi biz birgamiz, to'g'ri vaqtda, to'g'ri inson bilan birga. Mening bag'rimdasan - xavfsiz, qulay va sevilgan...