February 8, 2025

Die with a smile 🫂

Dunyo har qachongidanda kõzlaringga tor kõrinishni boshlaydi. Ana shunda sen ancha narsalarni tushunib yetasan. Nimani xohlashingu, seni nima kutyotgani:)

Chapter-18 )( bilasanmi... o'sha kuni, qabristonda sen o'z muhabbatingni aytganda ichimdan bir narsa o'tdi - bir hayol. Men shunda endi bu hayotdan jilmayib ko'z yumishimga ishongandim. Lekin endi buni xohlamayman. Men sen bilan birga yashashni, o'zimizning kichik qandolat do'konida ishlashni, kelajakda sen bilan birga baxtli bo'lishni istayman. Menda endi umid bor! Umid...

*

[Seoul. Shifoxona]

Jehyun aperatsiyadan keyin Felinaga qarab o'tirgandi. Aperatsiya ancha yaxshi o'tgandi. Felinani 1 necha hafta ichida shifoxonadan chiqarishlarini aytdi Jinwoo. Jehyun uning qo'lidan mahkam ushlagancha unga gapirardi

Jehyun: men seni yolg'iz qoldirish i istamayman. Lekin bir masalada men Londonga borib kelishim kerak.

Felina: nima? Nega? Axir endi shu yerda yashashga kelishgandikku (xafa va xorg'in ohangda

Jehyun: shhh men tezda kelaman. Reja qilinganidek shu yerda yashaymiz. (Uni peshonasidan o'pib

Felina: hozir ketasanmi?

Jehyun: ha. Chiptam bugunga olingan. Senga yoqadigan bir sovg'a bilan qaytaman. (Jilmyib

Felina: tez qaytishga va'da ber Jehyun.

Jehyun: albatta havotir olma. (Jehyun uni ohirgi marotaba qo'lini siqib qo'ydi va shifoxonani tark etdi. Felina esa palatasida qoldi.

*

[London. Mehribonlik uyi]

Londonda havo har doimgidek tumanli, ko‘chalar esa jimjit edi. Shamol sokin esar, kuzning ohangdor sariq yaproqlari yo‘laklarni sekingina to‘ldirardi. Jehyun aeroportdan to‘g‘ri o‘zi o‘sgan mehribonlik uyiga yo‘l oldi. Yillar davomida bu joy unchalik o‘zgarmagandi. Faqat eshik oldidagi eski o‘rindiq va devorlarga chizilgan bolalarning rasmlari eskirgan edi.

U og‘ir nafas olib, eshikni ochdi. Ichkariga kirishi bilan yelkasiga iliq qo‘l tegdi. Bu mehribonlik uyining rahbari – uni tarbiyalagan ayol edi. Ko‘zlarida allaqanday yumshoqlik va quvonch balqirdi.

-Jehyun. Seni yana ko'rib turbman qanday yaxshi... (Jehyun ham jilmayib salomlashdi. Ayol uni mahkam quchoqlab oldi

Ayol uni mehri bilan quchoqladi. Ichkariga boshladi. Ular uzoq suhbatlashishdi. Ayol unga bolalik xotiralari, u o‘sgan yillar va yangi tarbiyalanuvchilar haqida so‘zlab berdi. Jehyun ham o‘z hayotidagi o‘zgarishlarni, Londonda kechgan yillarini aytib o‘tdi.

-kichikligingda doim yolg'iz eding. Mmo bolalar ichida meni eng yaxshi ko'rasigani ham, eng aqlli va sokini sen eding. Layla ham senga o'xshaydi... (Oyna oldida o'tirgan qo'ngiroq, mallasoch qizni ko'rsatib) Ko‘p gapirmaydi, ammo ko‘zlarida minglab so‘zlar bor. Yolg‘iz. Qachonlardir sen ham shunday eding...

Jehyun: Layla. Mana uni ismini va nihoyat bilib oldim. O'shanda so'fash esimdan chiqqan edi.

-uni aniq olib ketmoqchimisan?

Jehyun: ha, Oyijon.

Jehyun o‘rnidan turdi va ayol bilan birga bolalar xonasiga kirdi. Xona chetidagi deraza yonida bir qizaloq o‘tirardi. U kichkina edi, jingalak, malla sochlari yelkasiga tushib turardi. U qo‘lidagi kichik qo‘g‘irchog‘ini silkitib, nimanidir shivirlayotgandi

Jehyun: salom Layla. (Qizaloq boshini ko'tarib unga qaradi va bosh irg'idi.) Meni esladingmi?

Layla: ha. Onajonimning katta o'g'lisiz. (Jilmaydi

Jehyun: barakalla. Meni ismim Jehyun. Sen men bilan ketasanmi? Senga aytganimdek men ham shu yerda yolg'iz o'sganman. Ammo seni yolg'iz qoldirmayman. (Layla qo'g'irchog'ini mahkamroq ushladi va javob qaytardi

Layla: meni olib ketasiz?.. Meni yaxshi ko'rasizmi?

Jehyun: ha. Seni yaxshi ko'raman.

Mehribonlik uyining rahbari bu manzaraga termilib turardi. Uning yuragi iliqlik bilan to‘ldi. Axir bu Jehyunni o‘zi tarbiyalagan edi. U mehrni, sevgini o‘rgatgan edi. Bugun esa bu bolakay katta bo‘lib, yana bir begunoh qalbga mehr ulashmoqchi edi.

Ertasi kuni Jehyun barcha hujjatlarni tayyorladi. Mehribonlik uyida o‘tgan so‘nggi kun Layla uchun hayotining eng muhim kuni bo‘ldi. U Jehyunning qo‘lini mahkam ushlagancha, qo‘g‘irchog‘ini ham mahkam siqib oldi.

Jehyun: vaqti chog'lik qilishni istaysanmi?

Layla: mm... Ruxsat berasizmi? (Koczlarini mo'ltillatgancha qaradi tepaga

Jehyun: albatta. (Jehyun Laylaning mayin qo‘lidan ushlab, uni mashinaga o‘tqazdi. Qizcha hayajondan beixtiyor oynadan tashqariga qarar, shaharni tomosha qilardi. Bugun u uchun orzular ushaladigan kun edi.

Birinchi manzil – katta bog‘ bo‘ldi. Atrof gullarga burkangan, osmon tiniq edi. Layla bog‘ning keng maydonida yugura boshladi, kulgusi qushlarning chirqirashiga qo‘shilib, atrofni yanada jonlantirganday tuyuldi.

Jehyun: Layla, kel bu yerga, seni shirin narsa bilan siylayman!

Layla yugurib keldi. Jehyun unga shirin paxta olib berdi. Layla uni hayajon bilan ushlab, birinchi marta ta’tib ko‘rdi. Yengil va yumshoq shirinlik tilida erir ekan, u quvonch bilan kulib yubordi.

Layla: Voy, bu juda mazali ekan! Qanday yumshoq!

Jehyun: (kulib) Men aytgandim-ku! Senga yoqishini bilardim.

Keyin ular o‘yinchoqlar do‘koniga yo‘l olishdi. Laylaning ko‘zlari hayratdan katta ochildi – hamma joyda katta-kichik qo‘g‘irchoqlar, robotlar, turli o‘yinchoqlar jamlangan edi.

Layla: Men… Men bularning hammasini orzu qilgan edim…

Jehyun uning so‘zlarini eshitib, jilmaydi va qo‘llarini cho‘zdi.

Jehyun: Xo‘sh, qaysi birini tanlaysan?

Layla hayajon bilan yugurib borib, katta oq ayiqcha qo‘g‘irchoqni quchoqladi.

Layla: Bu! Juda yumshoq!

Jehyun: Demak, bugundan boshlab bu sening eng yaqin do‘sting bo‘ladi.

Shundan so‘ng ular kiyim do‘koniga yo‘l olishdi. Layla endi mehribonlik uyidagi oddiy liboslarni kiyishi shart emas edi. U har xil go‘zal ko‘ylaklar, rang-barang kiyimlar tanlab, har birini hayajon bilan sinab ko‘rdi. Jehyun uning har bir quvonchini kuzatib turar, ich-ichidan qalbi iliqlik bilan to‘lardi.

Kun oxirida ular bolalar bog‘chasiga borib, tepalaklardan sirg‘alishdi, attraksionlarda uchishdi va yana ko‘plab qiziqarli o‘yinlarni o‘ynashdi.

Layla: Jehyun aka, bugun hayotimdagi eng baxtli kun bo‘ldi!

Jehyun: (kulib) Bu hali boshlanishi, Layla. Senga hali ko‘plab baxtli kunlar tuhfa qilaman.

Layla uning qo‘liga mahkam yopishdi. Endi u yolg‘iz emasdi, hayot esa yanada chiroyli va yorqin bo‘lib ko‘rinardi…

*

*

Jehyun Seulga qaytib keldi. Layla bilan oldin uyga kelishdi. Jehyun ketishga tayyorlanar ekan Layla uni yoniga kelib yengidan ushladi. Jehyun pastga qaradi

Layla: qayerga ketmoqchisiz Jehyun aka?

Jehyun: Layla sen aqlli qizsanku shundaymi? (Tizzalab) Men hozir bir odamni uyga olib kelishim kerak. Ho'p?

Layla: ho'p. Tez kelasizmi?

Jehyun: ha. Tez kelaman. (Egniga kastyumini kiydi.) Uyga qarab o'tirgin (jilmayib unu yanog'idan o'pdi va uyni tark etdi.

Jehyun shifoxonaga keldi. Felinaning palatasiga qarab yurarkan zambilda kimnidir olib ketishardi. Tana usti oq choyshab bilan yopilgan. Jehyun odimlarini tezlashtirdi va doktorlar ortidan gapirdi

-bu kim? Kimni olib ketyasiz? (Qancha gapirmasin doktorlar uni eshitmasdan bemorni olib ketib qolishdi - morkga...

Jehyun: yo'q bu u emas. U bo'lishi mumkin emas!!! (Yugurib Felinaning palata ehsigini ochdi. Hech kim yo'q. Palata bo'm bo'sh edi.) Felina?!! Qayerda qayerda u! (Jehyun xonadan chiqib mork eshigi oldiga yugurdi. Eshikni qattiq urib baqirdi) Ochlaring! Felina qani?! Uni nega olib ketdingiz! (Beihtiyor ko'zlaridan yoshlar arimadi. Pastga yiqildi va polni mushti bilan qattiq urdi. Yan, yana va yana urdi) FELINA!!!

Jehyunning yuragi g‘azab va umidsizlik girdobida o‘rtanardi. Nafasi ichiga sig‘mas, titroq bilan qattiq mushtlarini yerga urdi. Og‘ir nafaslar orasida ichidan nola otilib chiqdi—bu og‘riqning hech qachon tinchimaydigan qichqirig‘i edi.

Ko‘z oldiga Felinaning jilmaygan yuzi, uning mayin ovozi, qo‘llarining iliqligi keldi. Shu yerda, shu palatada, u hali kecha tirik edi. Uning yuragi urayotgandi, lablaridan umid bilan so‘zlar to‘kilgandi. Endi esa... hech narsa qolmadi. Faqat bo‘sh xonadan taralayotgan sovuq havo va beparvo hayot o‘z yo‘lida davom etayotganini bildiruvchi qadam tovushlari.

Jehyunning qaltiragan barmoqlari polni tirnab, mushtlarini yana bir bor yerga bosdi. Yo‘q, bu haqiqat bo‘lishi mumkin emas. U Felinani yo‘qotishga tayyor emas edi. Hech qachon.

Uning yuragida alam, achchiq, g‘azab va chuqur iztirob bir-biriga chirmashib ketgandi. Agar bu tush bo‘lsa, iltimos, uni uyg‘otsinlar. Agar bu haqiqat bo‘lsa... unda hayotda hech qanday ma’no qolmadi.

Ko‘zlaridagi yoshlar o‘ziga xiyonat qilib, yonoqlaridan sirg‘alib tushdi. Yuragi esa og‘riqdan siqildi—go‘yo butun vujudi bilan Felinaning ortidan ketishni istayotgandek.

Jehyun: Felina... (U shunchalar past va chorasiz ovozda shivirladiki hatto o'ziga ham eshitilmadi. Shu onda uning oldiga Felina yugurib keldi.

Felina: JEHYUN?! Senga nima bo'ldi?!

Uning qulog‘iga tanish, ammo xuddi uzoq olis xotiralardan kelayotgandek tuyulgan ovoz urildi. Boshini ko‘targancha, ko‘zlari oldidagi tasvirdan nafasi ichiga tiqildi. shoshib, ko‘zlarida hayrat bilan unga intildi. Yuragi gurs-gurs urib ketdi, miyasi esa qabul qilishga qiynalardi. Bu haqiqatan ham u edimi? Yoki shunchaki ruh? Qanday qilib... qanday qilib u oldida turibdi?

Jehyunning ko‘zlari beqaror alangladi: Bu... sen... bu senmisan? (Uning ovozi bo‘g‘iq chiqdi, shubha va umid aralash.

Felina oldinga bir qadam tashlab, bosh chayqadi: Men tirikman, Jehyun. Ular olib ketgan jasad men emasman. Men shunchaki boshqa xonaga o‘tkazilgan edim.

U yerga mixlangandek qotib qoldi. Uning yuragi, xuddi azob va najotning chorrahasida turgandek, birdan orqaga tortildi. Bu haqiqatmi? Bu rostdan sodir bo‘layaptimi?

Felina: Men tirikman Jehyun (yana takrorladi.

Shu lahza Jehyun ortiq o‘zini tutolmadi. Uning ichida to‘plangan iztirob va qo‘rquv o‘zini yirtib tashlayotgandek edi. U shiddat bilan oldinga yurdi, Felinani bag‘riga tortdi—shunchalar qattiq bag‘riga bosdiki, go‘yo uni yo‘qotmaslik uchun yuragining chuquriga yashirishga harakat qilayotgandek.

Felina uning yurak urishini eshitib, qo‘llari bilan yelkasidan ohista quchdi. Jehyun esa yelkasiga yuzini qo‘yib, ko‘zlarini yumdi. Yig‘idan titragan lablari orasidan so‘zlar zo'rg'a chiqdi:

Jehyun: ayrildim deb o'yladim...

U Felinani mahkam quchar ekan ensi chiqayotgan ko'zyoshlar dard yoki alamdan emas, minnatdorchilik ramzi edi...

*

Jehyun o'ziga kelib olgach Felinani uyga olib ketdi. Ular uyga kelishganda Felina Laylani ko'rib hayron bo'ldi.

Jehyun: Layla, tanish, bu Felina. (Uni yoniga tizzalab

Layla: salom Felina opa... (Unga sekin yaqinlashdi) Sizning... sochlaringiz ham menikidek ekan. Olovrang.

Felina: (oldiga o'tirib) Layla. Shirin qizcha. (Jilmayib uni bag'riga bosdi va Jehyunga qaradi. Jehyun ham unga mayin tabassum qildi

Jehyun: Layla. Sen xonangda o'ynab tur. Felina dam olishi kerak. Keyin birga ovqat tayyorlaymiz. Kelishdikmi?

Layla: ho'p (dedi va xonasi tomon yugurib ketdi. Jehyun esa Felinaga yuzlandi. Uni mahkam bag'riga bosdi va huh tortdi

Jehyun: qanchalar qo'rqqanimni bilganingda edi. Bari tugadi deb o'yladim. Endi hayot shu nuqtada to'xtab qoldi deb o'yladim. Va shu onda, Felina, men sensin nafas ham ololmasligimni tushundim.

Felina: bilasanmi... o'sha kuni, qabristonda sen o'z muhabbatingni aytganda ichimdan bir narsa o'tdi - bir hayol. Men shunda endi bu hayotdan jilmayib ko'z yumishimga ishongandim. Lekin endi buni xohlamayman. Men sen bilan birga yashashni, o'zimizning kichik qandolat do'konida ishlashni, kelajakda sen bilan birga baxtli bo'lishni istayman. Menda endi umid bor! Umid...

Jehyun: seni sevaman Felina. (Uni labalridan chuqur bo'sa oldi. Bir qo'li bilan uning yanig'idan ushladi. Baxtli ekaniga yana ishonch hosil qilgancha uning lablariga kulib qo'ydi.

Layla: voy! Nega yosh bola oldida romantika qilasiz?! (Ko'zlarini yumdi va ortiga o'grildi. Felina va Jehyun unga qarab qah-qah otib kulib yuborishdi...

*

Tamom.

Author: #Jinhu

Jimin Fanfics kanali uchun maxsus.