Ikki olam - bir muhabbat
Chapter-1)( Authors: Maria and Jinhu
Qorong'u osmonni yashin yordi. Yer titrardi. Oddiy qirollik askarlari qo‘llaridagi qilichlarini mahkam siqib, oldilarida qad ko‘targan sehrli o‘rmon jangchilariga tikilib turishardi. Yashil yaproqlar orasidan paydo bo‘lgan sehrgarlar va mohir jodugarlar ularning yuragiga dahshat solardi. Ularning qilichlaridan nur taralar, ulkan kuch bilan porlab, jang maydonini yoritardi. Sehr ularning harakatlarida jo‘shib turar, ular oddiy insonlardan ancha ustun edi.
Qirollik saroyining baland minorasida esa zulmat ichida qotgan shafqatsiz qirol o‘z askarlariga qahr bilan qarab turardi. U qoshlarini chimirib, bepisand ohangda gapirdi:
-Yo‘q qiling ularni! O‘rmon sehrgarlarini yashin singari yoqib yuboring! Hech biri tirik qolmasin!
Bu so‘zlar janggohdagi qon to‘kilishini yanada shiddatli qilardi. O‘rmonning eng qobiliyatli himoyachilari qahr bilan oldinga intilar, lekin dushman son jihatdan ustun edi. Ularning yuraklari qanchalik jasur bo‘lmasin, kuchi tugayotgan edi.
Sehrli o‘rmonning qo‘riqchisi, oq sochli va sokin ko‘zli dono oqsoqol, bu johillik va qon to‘kilishini ko‘rib, uzoq kutishdan charchadi. Endi yagona yo‘l qolgandi. U sirli mantralarni shivirlab, ilohlarga murojaat qildi. Osmonga qarab ikki qo‘lini ko‘tardi va nola bilan so‘zladi:
-Ey aziz ilohlar! Yer va osmonni bog‘lovchi qudratli kuchlar! Biz bu kurashdan holdan toyganmiz. Bizga marhamat ko‘rsating, bu ikki olamni bir-biridan ajrating! Nafrat va adovatni tugatish uchun, insonlarning manfur tamagirligidan o‘rmonni himoya qilish uchun bizga yordam bering!
Osmon to‘satdan yana yashin bilan yoritildi. Shamollar kuchayib, daraxtlarning shoxlari g‘ijirladi. Xuddi tabiatning o‘zi bu iltijoga javob berayotganday edi. Va nihoyat, ilohlarning ovozi eshitildi. Ularning so‘zlari qudrat bilan yangradi:
-Sen haqiqiy himoyachisan. Sen bizning mehrimizga loyiqsan. Ikki olam bir-biridan ajratilsin!
Sehrli kuchlar harakatga keldi. Osmondan pastga tushgan moviy va oq rangdagi yorug‘lik yer bilan osmon orasiga kelib, oldin ingichka ip singari paydo bo‘ldi. Keyin esa tobora kattalashib, osmon va yerni qamrab olgan shaffof, tuganmas devorga aylandi. Bu devor oddiy ko‘z bilan deyarli ko‘rinmas, biroq unda sehr qoni jo‘shib turardi. Endi hech bir inson bu devordan o‘ta olmas, hech bir sehrli mavjudot uni yorib o‘tolmas edi.
Jang maydonidagi qichqiriqlar susayib, hamma devorga qaradi. Qirollik askarlari bir qadam ham oldinga yo‘nalmasligini anglab, qo‘rquvga tushdi. Sehrli o‘rmonning jangchilari esa chuqur nafas oldi. Nihoyat, ular xavfsiz edilar. Lekin bu barqarorlik qanchaga cho‘zilishi noma’lum edi...
Vaqtlar o'tdi. O'rmonning mo'jaz saroyida Jinhu ismli sho'x malika yashar edi. Bu saroy sehrli o'rmonning yuragida joylashgan bo‘lib, u yerda sirli sehr va tabiat uyg‘un yashardi. Jinhu esa shu olamning yuragi, uning eng jonli va hayotbaxsh qismi edi. Onasi va otasi o'rmon qirolligi hukmdorlari bo‘lsa-da, u hali atigi 12 yoshda edi.
Sho'x va beqiyos qizaloq o‘rmonni juda yaxshi ko‘rardi. Uning jigarrang sochlari o'rmon barglari bilan uyg‘unlashib ketar, yashil ko‘zlari esa daraxtlar orasidan porlab turardi. Saroyning sokin muhitidan charchaganida, xizmatkorlarning chaqiriqlariga parvo qilmasdan, yashirincha qochib ketardi.
-malika! Shoshmang hoy! (Mei uning ortidan saroy ichra yugurib
-mening ortimdan yugurma Mei! (Qiz kichik oyoqchalari bilan juda tez harakatlanib bir zumda g'oyib bo'ldi
-yo hudo! Endi uni qayerdan topamaaan?! (Mei xansiragancha tizzasini ushlab turardi
-Mei? Nima qilyapsan? (Uning ortidan Shahzoda Seokjin kelib qoldi
-hazrati oliylari... men haligi singlingiz yana qochib ketdi. Men ulgurmadim... (yerga tikilib uzr so'rashni boshladi
-hechqisi yocq uni o'zim topaman (deb Seokjin otxona tarafga chiqib ketdi.
Jinhu o‘rmonning eng chuqur joylariga yetib kelganida esa butunlay o‘zini erkin his qilardi. Sehrli jonzotlar bilan suhbat qurib, ular bilan o‘ynar, hatto o‘simliklar bilan ham gaplashardi. Ularga o‘z sirlarini aytardi, gullar unga eng chiroyli iforlarini taqdim etar, qushlar esa eng go‘zal navolarini kuylab berardi.
Jinhu doim kichik quyonchalar va bug‘ucha bilan suhbatlashardi. U ularni quvib, o‘yin qilardi. "Bug‘ucha, sen juda jiddiysan! Shunchaki chopib ko‘r, erkinlik qanday bo‘lishini his qilasan!" derdi u kulib. Qizcha ularning ortidan yugurar, quvonch bilan aylanar, shabadali o‘rmon ichida o‘zini butunlay baxtli his qilardi.
O‘rmon – uning uyi, himoyasi va do‘sti edi. Jinhu har safar bu sehrli joyga kelganida, o‘zining asl mohiyatini his qilardi.
Jinhu daryo oldida sayr qilarkan uzoqdagi ulkan devorga kòzi tushib hayolga botdi. Bu ulkan devor oddiy insonlar olami va sehrli olamni bir biridan ajratib turar edi. Jinhuni hayollari devor ortida edi. U yerda insonlar qanday? Ularning olami nimalarga boy ekanligiga juda qiziqardi.
Jinhu o‘rmonning ichki tinchligini va sirli jonzotlarini yaxshi ko‘rardi, ammo hech qachon haqiqiy dunyo bilan aloqada bo‘lmagan. Ammo negadir òsha yerda bolgisi u yerlarni kòrgisi haqiqiy inson zotini kòrishni istardi.
U o‘rmonning chekkasidagi yashirin yo‘llardan birida qandaydir ovozni eshitdi. U yerda òzi tengi bir bola botqoqga botib qolgan edi Jinhu u tomon bormoqchi edi ammo u yer chegaraga yaqin edi. Jinhuni oyisi hech qachon u yerga yaqinlashmaslikni tayinlar edi. Ammo Jinhuni pok va sof qalbi òsha bolakayni yordam nolasiga yuz ogirib ketolmasdi. Jinhu òsha yerga bordi
Tinmay loyga botganicha tipirchilanayotgan bolakay ortidan kelgan ovozni eshitib ògirildi. U qòrqanidan qattiq baqirdi. Ammo keyin sezdiki bu mahluq yoki biror yovvoyi hayvon emas edi. U tomon kelayotgan narsa òzi bilan nur taratib kelar edi. Bolakay u tomonga yaqinlashgach u oddiy qiz ekanligini kòrdi
-sen kimsan? (Jinhu boshini bir tomonga qiyshaytirgancha
-men Shaxzodaman. J-Jay (botqoqdan chiqishga urunib yana qimirladi
-sen insonmisan J-Jay? Inson?! Ularni boshqacha deb o'ylagandim
-J-Jay emasman. Shunchaki Jay. (Unibg hayratlangancha bergan savoli uchun tikilib) yordam bermaysanmi? Ahir botib ketyapmanku!
-ha iya hozir (Jinhu qo'lini havoda qimirlatdi. Jay botoq ichidan havoga muallaq chiqdi va yerga qo'ndi. Bundan u shuncha hayratlandiki Jinhuga katta katta ko'zlar bilan qaragancha
-jodu qiladigan odamlar shunaqa deyiladi... Agar odam bo'lsa albatta (bo'ynini ushlab
-men jodugar emasman. Bu ilohlar berkan inom. Qanday kirding bu yerga? (Devorga qarab) Bundan hech kim o'ta olmaydi-ku
-men anavi teshikdan kirdim. U yerda darcha bor ekan
-ha. Meni qutqarganing uchun nima istaysan? Ahir sen shahzodani qutqardingku
-... Bir narsa so'rasam maylimi? Menga ham o'z dunyoyingni ko'rsatasanmi?
-albatta. Lekin keyinroq. Katta bo'lib olay (jilmayib
-hir seni u yerda kimdir ximoya qilishi kerakku. Ayniqsa men bu yerdaligimni hozir otam bilsa aniq jazolaydi...
-men ham bu yergacha kelganimni akam bilsa jazolaydi (ikkisi ham kulishdi