The Frost and The Fox
Magwi ruhi ko'zdan g'oyib bo'lib qochib ketarkan Jinhuning yo'naltirgan olovli kuchi Sunghoonintanasiga tegdi. U yerga yiqildi
-Sunghoon! (Jinhu tezda uni oldiga yugurdi. Sunghoon biroz o'ziga kelolmay turdi) meni kechiring bunday qilishni istamadim. Kechiring...
Jinhu uning ko'ksiga ikki qo'lini qo'ydi. Uning tulki dumlari olov rangda jilolandi, ko'zini yumgancha uning tanasiga kirgan qudratni chiqarib tashlashga urinardi.
Shunda u Sunghooning qo'lini his qildi. Ko'zini asta ochdi. Sunghoon unga jilmayib qarab turardi
Sunghoon: ha qo'rqib ketdingmi? (Kuldi
Jinhu: Yaramas! (Uni itardi, ammo qo‘llari qaltirab turardi) Men seni... o‘ldiraman deb o‘yladim.
Sunghoon (chuqur nafas oldi): Magwi... yana kuchaygan. Uning kuchlari hali hanuz yaqin atrofda ekanini sezyapman... Ammo havotir olma seni kuching menga kuch qo'shgandek bo'ldi (tirjayib
Jinhu (xijolat bilan qarab): kuchaytirish emas, o‘ldirishim mumkin edi. Magwi qochganini ko‘rib, uni nishonga oldim... ammo sen...
Sunghoon: Jinhu, bu bizning kurashimiz. (Unga yaqinlashib) Sen hech narsa noto‘g‘ri qilmagansan. Bu yerda sening niyating — meni emas, yovuzlikni yo‘q qilish edi.
Jinhu ko‘zlarini yumdi. Uning yelkasi zirqirab og‘ridi, ichidagi aybdorlik uni ezayotgandi.
Sunghoon esa ohista jilmayib uning qo'li ustiga qo'lini qo'ydi. Aslida muzdanda sovuq bo'lishi kerak bo'lgan qo'l Jinhuning tanasiga qandaydir yengillik, iliqlik yo'latdi.
Sunghoon: Endi Magwi yanada kuchli bo‘ladi. Bizga vaqt kam qolgan.
Jinhu : Unda biz ham kuchayishimiz kerak. Bu safar... oxirgi jang bo‘ladi. Borib Peakdu qishloq aholisini tekshirish kerak. Ulardan havotirdaman.
Sunghoon: to'g'ri aytasan. U qishloq "Sokin shovqin" o'rmoniga yaqin emasmi?
Jinhu: ha. Shuning uchun aholi yonida bo'lishimiz kerak.
Ular birgalikda tog' yonbag'ridagi qishloq tomon kelishdi. Jinhu va Sunghoon ko'chalar bo'ylab yurisharkan qishloq aholisi Jinhuga jilmayib qarashar, u bilan salomlashib o'tishardi. Sunghoon uning yonida yurib hammani kuzatardi.
-oh, Jinhu. Anchadan beri kelmagan edingiz (bir ayol uning oldiga shoshib keldi
Jinhu: ha qishloqni juda sog'ingandim. (Shunda bir qancha bolalar uni oldiga yugurib keldi
-Jinhu opa! Jinhu opa (ular Jinhuni tevaraklab olishdi. Hammasi uni qo'lidan tortqilab o'ynashga chorlardi
Jinhu: katta bo'lib qolibsizlarmi? Xo'sh qishloq timchmi? (Bolalardan so'rab
Ular endi javob bermoqchi edi Sunghoon oraga suquldi
Sunghoon: biz bu uerga Magwi kelmaganiga ishonch hosil qilishiniz kerak (dedi. Bolalar anqayib qoldi
Jinhu: jinnimisiz nima deyapsiz? (Bolalarga o'grildi) U hazillashyapti. Biz shunchaki keldik.
Sunghoon: haya... (Bo'ynini ushlagancha, yanoqlari biroz noqulaylikdan qizardi
Lily: Jinhu, bu yigit kim? (So'radi qizcha unga qarab
Jinhu: u ham menga o'xshagan iloh. Chiroyli oppoq bo'ri (Sunghoonga qaradi, u savol nigohi bilan Jinhuga qarab turardi.
Jinria: u bizni yeb qo'ymaydimi?
Sunghoon: sizni nega yeyishim kerak? Menga odam go'shti yoqmaydi (jiddiy ohangda aytdi
Tehyun: u ham huddi siz qiladigandek u bilan o'ynashga ruhsat berain. Iltimos... Jinhu... (Bolalar hammasi mo'ltiragancha.
Jinhu Sunghoonga qarab ishora qildi. Uni yoniga bordida tulki ko'rinishiga kirib sokin o'tirdi. Bolalar Jinhuning to'qqiz dumiga ilingancha qiqir qiqir kular, uning yumshoqqina yungini silardilar. Jinhu labini chetida kulgancha Sunghoonga qaradi
Jinhu: bo'laqoling. Bu sizga yoqadi.
Sunghoon: ishonish qiyin. iloh bolalarga uy hayvoni rolini o'ynasaya...(Xo'rsindi va asta bo'riga aylandi.
Bolalar biroz qo'rqib ketdi ammo Sunghoon ularga tegmasligini aytdi. Ular orasidan bir mardrog'i sekin Sunghoonning yumshoq yungiga qo'l tekkizdi
Lily: voy buncha yoqimli! (Birdan Sunghoonni quchoqlab oldi. Sunghoon umrida birinchi bora bunday hisni tuydi. Huddiki uni g yuragiga mehr tolib toshib kirgandek bo'ldi. O'zi yashirishga urinsada uning dumi likillab boshqa bolalar ham unga yaqinlashishiga sabab bo'ldi.
Sunghoon va Jinhu qishloq aholisini yaxshi ekanini ko'rgach ular "Sokin Shovqin" o'rmoniga ketishdi.
Jinhu: bolalarni quvonganini ko'rdingizmi? (Boshini chayqab kulgancha) Ular juda mazza qilib o'ynashdi.
Bolalar haqida gapirib ketarkan Sunghoon Jinhuni qanday chiroyli tabassum qilishini payqadi. Uning kulishi, ovozi juda ham betakror edi. Unga tikilib qolganini sezib darrov boshqa tarafga burildi, ammo yuzidagi jilmayishni sira yashira olmadi.
Shunda ikkisi ham Magwining qora kuchlari yaqin atrofdaligini his qildilar. Ular o'rmonga anchagina yaqin qolishgan edi.
Jinhu: u o'rmon ichidaligi aniq.
Jinhu: faqat ehtiyot bo'ling. Bu o'rmon chalg'itishga urinadi. Agarda mening shivirlab sizni chorlaganimni eshitsangiz quloq solmang
Sunghoon: ho'p. Diqqatimni jamlashga harakat qilaman.
Qiz o'ylanib turdida to'htab etaging bir chekkasini yortdi. Ikkita kichik mato bo'lagini dumalab uni Sunghoonga uzatdi
Jinhu: ulog'ingizga tiqib oling. Shivirlashlarni pasaytiradi.
Jinhu: bu o'rmon ... Men bu yerda...(O'ylanib qoldi) Ya'ni u mega tasir qilmaydi.
Sunghoon: juda ham kuchlisan... Qani ketdik.
Ular o'rmon ichiga kirib borishdi. Sunghoon qulog'i ostida qandaydir pichorlashlarni eshitardi. Ammo qulog'idagi mato diqqatni bir joyga jamlashga yordam berar edi.
Uzoqdagi shoh shabbalardan Magwining qip qizil ko'zi ko'rindi. Jinhu yelpig'ichini mahkam ushladi, Sunghoon ham qoshini chimirib jangga tayyorlandi.
Magwi: xush kelibsan. (Magwi ularga asta yaqinlashib
Jinhu: bu jang so'nggisi bo'ladi Magwi! Seni bu tunda butkul yo'q qilaman. (O'ylab o'tirmasdan unga xujum qildi.
Sunghoonning qo‘lida porlab turgan muzli hanjar oy nuri ostida yaltirab, havoni tilayotgan edi. Har bir harakati havoni muzlatib, atrofdagi daraxt barglarini kristallarga aylantirar, u harakat qilgan yo‘ldan sovuq shamol iz qoldirardi.
Jinhu esa osmonda muallaqa turar, yelpig‘ichini ikki qo‘lida tutgancha atrofida quvvat to‘lqinlari girdobini hosil qilgan edi. Uning ko‘zlarida chaqnayotgan ishonch va g‘azab yulduzlardan ham porloq ko‘rinar, yelpig‘ich har harakatida osmonda to‘lqin hosil qilardi.
Magwi kuldi. U o‘zining qora sehrli tutunini yana tarqatdi. Endi bu tutun yong‘in kabi olovli edi. U osmonga qarab ko‘tarilar, Jinhuni ichiga yutmoqchi bo‘lardi.
Lekin Jinhu yelpig‘ichini havoda bir aylantirdi. Havoda shovqin bilan birga spiralga o‘xshagan shamol ko‘tarilib, tutunni sochib yubordi. Yel shamoli ichida yorqin uchqunlar porlab, Magwining olovli qora tutunini yulib tashladi.
Magwi kulimsirab, qo‘lini engil silkitdi — sehrli tutam yel esgandek Sunghoonning qulog'idagi matoni yulib oldi. Shu ondayoq Sunghoon to‘xtab qoldi. Qulog‘iga o‘rmon ovozlari – g‘ira-shira pichirlar, noaniq chaqiriqlar, yuzlab sirli ovozlar yog‘ila boshladi. Har bir pichir ruhini teshib o‘tar, fikrlarini o‘g‘irlardi.
Sunghoon qilichini yerga tushirib yubordi. Tizzalariga cho‘kdi. Qo‘llarini boshiga qo‘yib, titrab dedi:
Sunghoon: Bas... Jinhu, bas qil... Sen Jinhu emassan!
Osmonda muallaqa turgan Jinhu, dovdirab pastga qaradi.
Jinhu: Nima bo‘ldi, Sunghoon?! Men bu yerdaman!
Ammo u hushyorligidan bir lahzaga ajraldi — va Magwi bu imkoniyatni kutayotgan edi. Qorong‘ilikdan bir zumda paydo bo‘lib, Jinhu orqasidan o‘qday otilib keldi. Uning uzun, tirnoqli barmoqlari Jinhu bo‘yniga o‘raldi.
Magwi: Sen... o‘zligingni anglashing kerak, (deb g‘o‘ldiradi Magwi, bo‘g‘ayotgan paytda.
Jinhu nafas olishga urinar, lekin so‘zlar zo‘rg‘a chiqardi:
Jinhu: Meni... boshqara olmaysan...
Magwi: Nega sen bu o‘rmonda ovozlarni eshitmaysan, bilasanmi?! (Magwining ovozi g‘azab bilan to‘lib, qudratli sehr singari havoni yorib o‘tdi. ) Chunki sen... bu sehrning o‘zidansan!
Magwi uni bo‘g‘ayotgan edi. Jinhu qulab tushar darajaga kelib, yiqilishdan oldin qo‘lini cho‘zib, Sunghoonning muzli qilichiga yetishga harakat qildi.
Ammo shu on — Sunghoonning ko‘zlari to‘satdan yaltiradi. Qulog‘idagi pichirlar orasidan bir tovush... aniq va tiniq bo‘lib qulog‘ida yangradi. "Unga yordam ber..."
Sunghoon qars etib ko‘zlarini ochdi. U shiddat bilan tik turdi. Muzli qilichni bir harakatda ko‘tarib, kuch bilan Magwiga qarab yugurdi.
Sunghoon muzli qilichni havoda aylantirdi — qilich uchi yaltirab, havo orqali o‘tgan yo‘lida sovuq to‘lqin qoldirdi. U Magwining qorniga bor kuchi bilan sanchdi. Magwi g‘o‘ldirab orqaga uchib ketdi. Jinhu yerga yiqilib tushdi, hansirab nafas oldi.
Sunghoon endi muzli hanjarini yerga sanchdi. Shu payt er ostidan muzli ustunlar otilib chiqib, Magwining atrofini qamrab oldi. U chapga harakat qilmoqchi bo‘ldi, lekin muz uni to‘xtatdi. Harakatlari sekinlashdi.
Magwi: men yana tirilib qaytaman... (Va u tutnlar ichida g'oyib bo'ldi
Sunghoon qilichini Magwiga sanchgan zahoti, yuragi gursillab urar, ko‘zlari faqat bir nuqtani – Jinhu yiqilgan yeru ko‘ksida sekin ko‘tarilib-tushayotgan nafasi tomon qarardi. Qorli tuproq ustida yotgan Jinhu — qip-qizil bo‘lib ketgan yuzi, bo‘ynidagi tirnalgan izlar, hansiragan nafasi — Sunghoonning yuragini o‘yib tushdi.
U hech ikkilanmasdan yugurdi. Har bir qadami yuragining zarbi bilan ohang topgandek edi.
Sunghoon: Jinhu! (deb dod soldi u, to‘xtamay yugurar ekan.
Sunghoon tiz cho‘kdi. Nafasi ichiga sig‘may, qo‘llari bilan Jinhu yuzini ohista siladi, sochlarini yuzidan chetga surdi.
Sunghoon: Jinhu... men shu yerdaman... Iltimos, ko‘zlaringni och... ( dedi titroq ovozda.
Jinhu asta-sekin ko‘zlarini ochdi. Uzoq-uzoqlardan kelayotgandek ohangda, past ovozda so‘z qildi:
-men yaxshiman... (O'rnidan turishga urundi) Tulkilar tez tuzaladi
Sunghoon: qo'rqitob yubordingku... (Uni mahkam quchoqladi.
Jinhu: Lord Hwanungning oldiga borishimiz kerak. Tezroq.
Sunghoon va Jinhu Peakdu saroyiga qaytib keldilar. Lord Hwanung ularni kulib kutib oldi
Hwanung: mening farzandlarim! Ular barini uddaladi! (Jinhuni bag'riga bosdi. U holsiz ekanini his qildi
Sunghoon: menimcha u dam olishi kerak. Magwi unga katta zarar yetkazdi.
Jinhu: yo'q men yaxshiman. Havotirlanishni keragi yo'q
Hwanung: ikkingiz ham dam oling. Sunghoon, senga katta rahmat. Dam olgach poytaxtga qaytishing mumkin.
Sunghoon: ho'p... (Bundan u biroz xafa bo'lgan bo'lsada bildirmadi.
Jinhu: ota siz bilan gaplashib olsak bo'ladimi?
Jinhu: ota sizdan bir narsa so'rasam maylimi?
Jinhu: men aslida kimman? Qanday yaralganman?
Hwanung: bu nima deganing sen Peakdu yog' ilohisan...
Jinhu: Magwi menga boshqa narsa aytdi!!! Nega menga "Sokin shovqin" o'rmoni tasir qilmaydi? Bilasizmi? Men undan yaralganim uchun! Magwi mwnga uning o'zi, shu qudratning ichida ekanimni aytdi!
(Hwanung chuqur nafas oladi. Ko‘zlarida alam aralash iztirob.)
Jinhu: (keskin) Demak bu rostmi? Siz mendan nimanidir yashiryapsiz, to‘g‘rimi?
Hwanung: (sokin, og‘ir ovozda) Jinhu… sening kelib chiqishing oddiy emas. Sen... qorong‘u sehrdan yaratilgansan. Sen dunyoga kelganingda, osmon va yer o‘rtasida kuchlar muvozanati buzilgan edi. Biz seni najot deb bildik… lekin Magwi seni qurol sifatida ko‘radi.
Jinhu: (ko‘zlari keng ochiladi) Demak… men yovuz kuchman?
Hwanung: Yo‘q, Jinhu. Sen yovuzlik mahsuli emassan. Sen tanlov mahsulisan. Ichingdagi kuch qanday yo‘lga xizmat qilishini faqat sen belgilaysan.
Jinhu: (bir necha lahza jim turadi, ko‘zlari beixtiyor yoshga to‘ladi) Demak… siz butun vaqt davomida buni bilib turgansiz? Meni… asl kimligimni?
Siz meni yolg‘on hayotda yashashga majbur qildingiz!
Hwanung: Jinhu, men faqat seni himoya qilmoqchi edim. Agar bu haqiqatni erta bilganingda...
Jinhu: (keskin) Himoya?! Siz meni o‘zimdan ham yashirdingiz!
Men nega ba'zida o‘zimni boshqacha his qilaman, nega ba'zan ichimda bo‘g‘uvchi kuch bor deb o‘ylardim — hammasi sizga ayon bo‘lgan, to‘g‘rimi?
Hwanung: seni yo'qotishdan qo'rdik Jinhu...
Jinhu: (qahr bilan) Siz meni allaqachon yo‘qotgansiz, Hwanung! Men o‘z hayotimni, o‘z haqiqatimni bilmasdan yashadim. (Magwi ovozini eslaydi, boshini ushlab, nafasi og‘irlashadi) Men... men yovuzlikdan yaralganman. Nega bu haqiqatni menga hech kim aytmadi?
Hwanung: Chunki biz seni mehr bilan tarbiyaladik. Biz sening kimliging emas, kim bo‘lib ulg‘ayganing muhim deb o‘yladik
Jinhu: lekin men kimgadir yovuzlik qilishim mumkin edi!! Men doim hammadan ajralib turgandim! Har doim meni boshqacha deyishardi! (Yig'lab) Ming lanat hamamsiga!
Jinhu xomadan yugurib chiqib ketdi. Eshik oldida Sunghoon ularni gapini eshitgan edi. Jinhu tulkiga aylanib tez yugurib ketdi o'rmon wariga sho'ng'idi
Hwanung: uni ortidan bor Sunghoon...
O‘rmon ichida. Havo sovuq, lekin yuraklar issiqdan yonmoqda.
Tulki qiyofasidagi Jinhu haligacha nafasini rostlay olmay, og‘ir yurib borardi. Dumlari orqasidan yelqinga sanchilar, yuragi to‘lib-toshgan edi. Birdan ortidan tanish ovoz eshitildi:
Sunghoon: Jinhu...shoshma. meni kutib tur!...
Jinhu to‘xtadi. O‘rmon sukunatga to‘ldi. U asta orqasiga qaradi — ko‘zlarida achchiq alam va chorasizlik chaqnardi.
Jinhu irillab: Men... men aslida nima edim, Sunghoon? Ular meni sevishgani yolg‘on bo‘ldimi? Mehr, ishonch — hammasi yolg‘onmi?
Sunghoon unga yaqinlashdi. Uning atrofidan muzdek oq nur taralardi, ammo nigohlari iliq edi.
Sunghoon: sen kimligingni o‘zing tanlaysan, Jinhu. Sening ichingdagi kuch — bu yovuzlik emas. Bu kuch seni yo‘q qilish uchun emas, himoya qilish uchun berilgan.
Jinhu: agar men sehrdan yaratilgan bo‘lsam... qanday qilib odamlar kabi yurak bilan sevishim mumkin edi? Qanday qilib men sizlarga mehr qo‘ya oldim?
Sunghoon: Chunki sening yuraging... odam yuragidan ham tozaroq. Ular sening kuchingdan qo‘rqmagan, Jinhu. Ular faqat sen uni qanday ishlatishingni bilmasligingdan xavotirda edi.
Jinhu: Magwi aytdi — men bu sehrning o‘zidaman, deb... Demak men hech qachon ular kabi bo‘lolmayman. Men... hech qachon haqiqiy bo‘lolmayman.
Sunghoon sekin tiz cho‘kdi va tuproq ustiga qattiq muz tomchisini qo‘ydi. Muz ichida oppoq gulli tasvir paydo bo‘ldi — umid timsoli.
Jinhu: Sen ularning orasidasanki demak sen haqiqiysan. Sening tug‘ilish asling muhim emas. Muhimi — qalbing tanlovi.
Jinhu asta o‘zining qudratli tulki ko‘rinishini ozgina bo‘lsa ham bo‘shatdi. ko‘zlari yumshadi, yuragi sekin urdi. Uning ovozi past, ammo ich-ichidan chiqdi:
Jinhu: Men... haligacha hayotim yolg‘on bo‘lishidan qo‘rqaman, Sunghoon.
Sunghoon: Yolg‘on hayotda sevgi bo‘lmaydi. Lekin sen sevgan eding. Bu seni eng haqiqiy qiladi.
Jinhu bir necha lahza sukutda qoldi, so‘ng birinchi marta chuqur nafas oldi ichidagi qora g‘am bulutlariga biroz yorug‘lik kirdi...
Jinhu bir necha lahza sukutda qoldi, so‘ng birinchi marta chuqur nafas oldi — ichidagi qora g‘am bulutlariga biroz yorug‘lik kirdi. Ko‘zlari ho‘l, yuragi titroq edi.
U asta Sunghoon tomon bir-ikki qadam tashladi. Uning katta, oppoq dumlari orqasida sust silkinar, muzdek havo nafasida bug‘lanib yo‘qolardi.
Sunghoon bir qarich ham ortga chekinmay, yelkasini keng ochdi.
Sunghoon: Yolg‘iz qolganda har doim shu yerda bo‘laman, (dedi u past, ammo ishonchli ovozda. Jinhu asta uning bag'riga otildi
Sunghoon sekin uni bag‘riga tortdi. Jinhu tanasidagi zo‘riqish bo‘shadi, u yuragini eshitishga harakat qildi. Boshini Sunghoonning yelkasiga qo‘ydi.
Sunghoon: Qorong‘ulik seni yaratmagan, Jinhu. Yorug‘lik ichingda yashirinib turgan. Men uni har doim ko‘rganman...
Jinhu hech qachon bunday mehrni his qilmagan edi. Bu quchoq unga qudrat, ishonch, eng muhimi "men yolg‘iz emasman" degan tuyg‘uni berdi. Birinchi marta yuragidagi bo‘shliq to‘la boshlagan edi.