Die with a smile 🫂
Chapter-16 )( Bilasanmi?.. inson hayotidagi eng muhim burilishga ega bo'lgan rejalarni juda ko'p vaqt o'ylaydi. Menimcha bizning hayotimizda ham shu rejalarni amalga oshirish payti keldi. Taqdirni o'zgartirish vaqti keldi.
Mashina jimlik ichida harakatlanardi. Felina Jehyunga zimdan qarab qo‘ydi. Uning yuragi g‘alati his-tuyg‘ular ichida tipirchilar, lekin u o‘zini bosishga harakat qilardi. Jehyun har doimgidek jim edi, ammo bugun bu sukunat boshqacha edi.
Felina: Jehyun ( dedi Felina, ohista, lekin shubha aralash ovozda. Jehyun sekin unga qaradi. Uning nigohlarida nimadir yashiringanini Felina sezdi.
Jehyun: Nima bo‘ldi? (so‘radi Jehyun xotirjam ohangda.
Felina: O‘shanda, ranging o‘zgarib ketgandi... Nimani ko‘rding, Jehyun? (Jehyun yutindi. Yuragi tez ura boshladi. Felina hammasini sezayotgani aniq edi. U bunga tayyor emasdi.
Jehyun: Hech narsa (deya javob berdi u, nigohini yo‘lga tikkancha. Felina qoshlarini chimirdi. Uning bu javobga ishonishi qiyin edi.
Felina: Nega unda Yongsunning gaplariga darrov e’tibor qilding? Nega darrov o'zingni olashga urungandek tuyulding?
Felina: kimni? Kimni ko'rding u yerda?
Jehyun: bir.. qiz. Uni Yongsun ushlab turibdi. Va u qiz... Meni o'tmishimga taalluqli
Felina: nega Yongsun Nerini ushlab turibdi? Endi uni qutqarmoqchimisan?
Jehyun: (rulni qattiq ushladi, allaqachon Felinaning uyiga yetib kelishgandi) u Yongsunni tanladi, boyligi uchun ammo Yongsun uni boshiga qiynoqlar solibdi... Va sen allaqachon u haqida bilgansan. Men hali qizning ismini aytmadim Felina (mashinani to'xtatib unga qaradi.
Felina: n..nima.. Jehyun men shunchaki...
Jehyun: nega bir birimizdan gap yashirishni boshladik Felina?! Biz bunday emas edikku axir (jaxl bilan gapirdi ammo Felinaga qichqirmaslikka urunardi
Felina: Yongsun...u menga nimalardir deb aljirayapti men esa ahmoqlarcha unga ishonyapman! Men nima qilishim kerak edi?! Agar Yongsunning qo‘lida Nerining hayoti xavf ostida bo‘lsa-chi?!
Jehyunning qahrli nigohi bir lahza yumshadi.
Jehyun: Demak, sen ham uni qutqarishni xohlaysan?
Felina: Ha...(dedi u past ovozda.) Lekin men seni sinashni ham xohladim, Jehyun. Sen haqiqatni yashirayotganingda, men ham senga ochiq gapira olmadim. (Jehyun bir lahza jim qoldi. So‘ng, rulni yanada mahkam qisdi.
Jehyun: Biz shunchalik ishonchsiz bo‘lib qoldikmi bir-birimizga? (Felina ko‘zlarini yumdi. Uning yuragida og‘riq bor edi.
Felina: Men shunchaki, bizning munosabatimiz nimaga aylanayotganini tushunishni istadim, Jehyun.
Jehyun chuqur nafas oldi va bir zum ko‘chaga qaradi. Hali ham mashina ichida edilar. Tashqarida sokin tun hukmron edi. Ammo ularning ichidagi bo‘ron tinchlanish niyatida emasdi.
Felina: Jehyun men biznesni allaqachon yopyapman. Barcha noqonuniy ishlarimizni yopamiz, Yongsunni hamma ishini fosh qilishimiz kerak.
Jehyun: yangi hayot boshlaymiz demoqchimisan?
Felina: ha. Bilasanmi?.. inson hayotidagi eng muhim burilishga ega bo'lgan rejalarni juda ko'p vaqt o'ylaydi. Menimcha bizning hayotimizda ham shu rejalarni amalga oshirish payti keldi. Taqdirni o'zgartirish vaqti keldi.
Oradan 1 hafta o'tdi. Felina va Jehyun ko'p ishlarini yopib yuborishdi. Faqatgina Felinaning klubi qoldi xolos. Boshqa barcha noqonuniy ochilgan bizneslar huddiki avval bo'lmagandek yopilib ketdi. 1 hafta ichida bunday natijaga erishishni mafialar orasida faqatgina Parkerlar eplay olardi. Endi ukarning nomini Felina ham oqlay oldi.
Kichik ayvonda Felina villasidan shaharni tomosha qilib o'tirardi. Hayolga cho'mgan, kasallik hali beri uni qamrab olmagan bo'lsada yuzida xorg'in ifodani ilg'ab olish qiyin emasdi. Uning yoniga Jehyun keldi. Oddiy kiyingan, xotirjamroq...
Jehyun: Felina, samalyot uchishga tayyor. Ketamizmi? Bizni kutishyapti?
Felina: ha ketdik. (O'rnidan turdi.
Felina va Jehyun samolyotga chiqishdi. Felina oynadan tashqariga termilib, ko‘k osmon uzra harakatlanayotganini his qilar ekan, ichidagi bo‘shliqni to‘ldira olmayotgandek edi. Samolyot havoga ko‘tarilgach, Jehyun unga salqin ichimlik uzatdi va yoniga o‘tirdi.
Jehyun: O‘zingni qanday his qilyapsan? (ohangida ehtiyotkorlik sezilar edi. Felina ichimlikdan bir qultum ichib, chuqur nafas oldi.
Felina: Bilmadim… Hamma narsa o‘zgardi, Jehyun. Ota-onam vafotidan keyin ularning orzularini davom ettirish uchun juda ko‘p harakat qildim. Ammo oxir-oqibat hammasi yo‘q bo‘ldi.
Jehyun: Bizneslaringni yopmasliging kerak edi. Bilaman, bu sen uchun oson bo‘lmadi. Lekin ular yashayotgan paytda ham, senga bunday yo‘ldan yurishingni xohlamagan bo‘lishardi. (Felina yengil kulimsiradi, ammo bu kulgi yuragining og‘rig‘ini yashira olmadi.
Felina: To‘g‘ri aytasan... Bilasanmi, bolaligimda ular bilan har hafta shanba kuni piknikga borardik. Onam har doim gul sotib olardi, otam esa eng yaxshi restoranda biz uchun joy band qilardi. Endi shanba kunlari men uchun shunchaki navbatdagi kun bo‘lib qoldi. (Jehyun uni qo'lidan ohista ushladi va tabassum bilan aytdi
Jehyun: ertaga ham shanba. Va biz Seulga borib, ularning yoniga boramiz. Balki bu sen uchun bir oz bo‘lsa-da, tasalli bo‘lar?
Felina: balkim... (Bosh chayqab yerga qaradi.
Yigit va qiz ikki qabr oldida turishardi. Mayin, salqin shabboda esib turibdi. Bir birining pichirlagan jumlalarini shamol asta ko'tarib quloqlariga olib boradi.
Jehyun: ular sening qanday shuhratga erishganingni ko'rganlarida xursand bo'lishardi ... (Past ovozda dedi
Felina: menimcha agar men ularning yo'lini emas to'g'ri yo'lni tanlaganimda yaxshi bo'lardi. Ular ham shuni istashgan edi.
Jehyun: masalan nima? O'sha qandolat rejasini aytyapsanmi?
Felina: ha... Kel endi qandolat do'koni ochamiz. Bu senga aytaman degan rejam edi. Hammasini yopib qamdolat do'koni ochish...
Jehyun: buni o'ylab ko'rish kerak...
Fekina: Jehyun bir narsaga va'da berolasanmi? (Qiyiq ovozda qabrtoshlarga qarab gapirdi
Jehyun: sen uchun har narsaga vada beraman. Nima bu ayt?
Felina: men vafot etgach... tanamni shu yerga, ota onam oldiga, ko'ming. Xo'pmi?
Jehyun: bu qanaqa aqlsiz va ma'nosiz gap bocldi Felina?! (Jaxl bilan unga qarab
Felina: bu kelajakda bo'ladigan ish. Bu mening qismarimga yozilgani!!! (Ovozini ko'tardi salgina. Ko'zlari yashara boshladi
Jehyun: Felina bunday gaplarni aytma!
Felina: shunchaki va'da berish qiyinmi?! (Baqirdi
Jehyun: biras og'zingni yumolasanmi?!! (Jehyun ham baqirdi, uni o'ziga tortdi va labini Felinaning labiga bosdi. Undan chuqur bo'sa oldi. Felina tasirlanib ketgandan qanday qilib ko'zlaridan yosh tinmay oqyotganiga tushunolmasdi. Jehyun bir qo'lini Felinaning bo'ynidan ikkinchisini esa iyagidan ushlagancha undan bo'sa olardi. Oxiri bo'sani uzdi va uni mahkam quchoqladi, yuzidagi ko'zyoshlarini yashirish uchun uning bo'yniga yuzini berkitib g'o'ng'illadi) agar shu bizning taqdirimizda bo'lsa va'da beraman, lekin boshqa o'lim haqida gapirma Jin ursin!!
Felina Jehyunning bag‘riga yanada mahkamroq yopishdi. Yuragi tez urardi, ko‘z yoshlarini tiyolmayotgan edi. Jehyun esa uni shunchaki bag‘riga bosib, hech narsa demay turardi. Uning uchun bu so‘zlardan ham ko‘ra muhimroq edi.
Jehyun: Felina... (nihoyat ovoz chiqardi u.) Biz hozir bu yerda turibmiz. Nafas olyapmiz. Men seni yo‘qotishni xohlamayman.
Felina: Mendan umid qilma, Jehyun... Men ancha vaqt yo‘qotishlar bilan yashadim. Kelajak menga baxt va’da qilmaydi... (Jehyun uning yuzini kaftlari orasiga oldi.
Jehyun: Mendan umid qilma deding... Lekin men senga qanday qilib umid qilmasligim mumkin?! ( ovozi titrab chiqdi.) Men seni sevaman, Felina!
Jehyun, men... men bunga loyiq emasman... ( Yerga tikilib yuzini berkitib yig'lardi
Jehyun: yo'q!!! (Uni qo'llarini yizidan oldi va o'ziga qaratdi) Sen bunga loyiqsan! (Jehyun uning qo‘llaridan mahkam ushlab oldi.) Menga qara, Felina! Men senga ishonaman. Sen hali ham kurashishing mumkin! Sen hayot uchun, baxt uchun kurashishing kerak!
Felina lablarini tishlab, ko‘zlarini yumdi. Yuragida tuyg‘ular qamali bo‘layotgandi. Shu lahzada, beixtiyor bir qadam oldinga yurib, Jehyunni mahkam quchoqladi.
Felina: Nega sen doim shunchalik yaxshi insonsan, Jehyun? (ovozi past edi, ammo u ichidan sinayotgani bilinardi
Jehyun uning sochlari orasiga yuzini yashirdi. Nafasi titragan holda pichirladi:
-Chunki men seni sevaman, Felina.
Ular shunday turishardi, yuraklari bir maromda urib, bir-birini his qilishardi. Ammo birdan Felina yengil bosh aylanishini sezdi. Uning quchoqlashi biroz sustlashdi.
Jehyun: Felina? (Jehyun darrov sezdi va uni ushlab qoldi.
Felina: Men... men shunchaki biroz charchadim... (dedi Felina o‘zini qo‘yib yubormaslikka harakat qilib.
Jehyun: ketamiz. Seuldagi uyimga boramiz. (Felinani qo'llarida ko'tarib oldi va qabristonni tark etdi.