Snowflakes
-senga kuylamaysan deyapman Jinny! (Qoclidan mahkam ushlab oldi Jay
-bugun shuncha odam sahnada bizni ko'rish uchun chipta sotib oldi (bo'g'iq ovozda gapirdi Jinhu. Tomog'i og'rigandan zo'rg'a ovozi chiqardi.) shuncha odamni halak qilish niyyatim yo'q Jay
-ahir sen qanday kuylaysan?! Ahvolingga qara. Yo'talmasdan gapirolmayapsan.
-menga baribir. Sahnaga chiqamiz.
-menga qara! (Uni qo'lidan mahkam tortdi va stolga o'tqazdi) Sahnaga men chiqaman. Single kuylab gitara chalaman. Sen esa shu yerda aqqli qiz bo'lib o'tirasan yoki Suhoni chaqirib doktorga ketasan.
-ahmoq. bir o'zing eplolasanmi?..
-ha albatta. Telefoningni ber. Soobinga qo'ng'iroq qilamiz (Jinhuni telefonini oldi va yigiti Soobinga qo'ng'iroq qildi.
-u hozir keladi. Sen doktorga ko'rinib yaxshi bo'lib olmaguncha konsertlarni to'xtatamiz
-senga nechi maeotaba aytdim kuylama deb nega quloq solmaysan? (Soobin jaxl qilib Jinhuga dakki berar edi.
-mening karyeram shu Soobin. Nega meni kuylashimni yoqtirmaysan? (Yo'taldi) Hatto chiroyli kuylading deb bir marotaba ham aytmagansan
-chiroyli kuylaysan desam nimadir o'zgaradimi? Muhimi bizni munosabatimiz emasmi? Kel yaxshisi jim doktorni kutamiz.
Bir necha daqiqadan keyin doktor keldi. U Jinhuga qarab bosh chayqadi
-tomog'ingni yuvamiz. Yiringlab ketibdi.
-yosh bola bo'lmasangchi Jinhu. Qani boraqol.
Doktor Jinhuni palataga olib ketarkan Soobin hatto uni yonida bo'lib turishni ham o'ylamadi. Telefon kovlagancha kresloda o'tiraverdi.
10 daqiqadan keyin Jinhu chiqdi. Ko'zlari qizargan va yoshargan, tomog'ini bog'lab olgandi. Burni qizil. Ma'lumki tomog'ini yuvish juda qiyin bo'lgan.
-ketdik (Soobin qo'lini cho'ntagiga solgancha yurib ketdi. Jinhu unga biroz tikilib turdi va ortidan ergashdi.
-qani endi mashinaga min (eshikni ochib. Jinhu uning yuziga biroz tikilib turdi) bas qilsangchi Jinhu. Meni ishlarim juda ko'p.
-... (Asta mashinaga mindi. Jinhu uyiga keldi.
-bilasanmi...Jinhu kel yaxshisi ajralamiz. .
-men seni sevmayman. Biz hatto bir birimizga to'g'ri kelmaymiz. Sening san'atkor ekaning va hatto anavi Jay bilan birga kliplarda sevishganlar ro'lini ijro qilishing menga ummuman yoqmaydi
-ha nima? Men bilan munosabatda bo'la turib qanday qilib Jay bilan bunchalar yaqin bo'lishing mumkin?!
-meng endi baribir. Menga boshqa qo'ng'iroq qilma. Meni unut Jinhu Kim.
Jinhu eshikni sekin ochdi. Qulog‘i hali ham Soobinning so‘nggi gapi bilan jaranglab turardi: "Meni unut, Jinhu Kim." U asta poyafzalini yechdi. Qadamlarida hayot yo‘q, yurishida og‘irlik bor edi. Eshikni yopgan zahoti suyanishga devor qidirdi, go‘yo yer uni ko‘tarmayotgandek edi.
Xonaga kirgan zahoti ko‘zidagi yoshlar yana tirqirab chiqdi. Tomog‘i allaqachon og‘rib, yutqinish qiyinlashgan, ammo yurakdagi og‘riq undan ham yomon edi. Qizargan burnini artdi, ammo yoshlar tinmasdi. Soobin uni tark etgan, xuddi yuragini ham yulib ketgandek edi.
Divanga o'zini tashladi. Tizzasini mahkam quchdi va boshini qo'ydi. Ko'zlaridan yoshlar arimasdan oichirladi
-men nima qildim? Men shunchaki so'stim bilan san'atimni bajarsim xolos... Men bu jazoga loyiq nima qildim?
Xona jim. Faqat Jinhuing bo‘g‘iq yig‘isi devorlarga urilardi. Tashqaridagi bahor shabadasi deraza ortida esar, ammo bu sokinlik Jinhu uchun faqat ichki bo‘shliqqa ziddiyat bo‘lardi.
Qo‘llari bilan yuzini bekitdi, yuragi og‘ridi, ayniqsa Soobin ismli har bir xotira yuragini o‘yib o‘tayotgandek tuyulardi.
Unga qo‘shiq ham, sahna ham, suratga olish ham, Jay bilan bo‘lgan do‘stlik ham ayni damda keraksiz edi. Chunki Soobin endi yo‘q edi. Va Soobin — uning muhabbati, tayanchi, eng yaqin insoni edi.
Oradan 2 kun o'tdi. Jay qancha qo'ng'iroq qilsada Jinhu javob bermasdi. U ohiri uning uyiga keldi. Eshikni taqillatdi, taqillatdi. Jinhudan asar ham yo'q.
-ochsangchi eshikni!!! Sendan xavotir olib o'lib qolaman hozir!.. (peshonasini eshikka tiradi shunda eshik ochildi.
Jinhu unga xolsiz ahvolda qarab turardi. Yuzlari oppoq. Lablari qurib qolgan. Kozlari shishib ketgan.
-salom Jay ..(zo'rg'a ovozi chiqdi. Tomog'i haligacga tuzalmagandi
-Jinny!!! (Jay bu ahvolni ko'rib o'zini yo'qotib qo'ydi. U bir qadam ichlariga kirgandi Jinhu uning qo'liga o'zini tashladi, xushdan ketdi. Uning tanasi issiq, yonardi.
Jay Jinhu tanasining issiqligini sezib, vahimaga tushdi. Yuragi hapriqib ura boshladi. Tezda uni bag‘riga olib, ichkariga olib kirdi. Jinhu o‘zini butunlay yo‘qotgan edi — ko‘zlari yumilgan, nafasi og‘ir, tanasi esa titrardi.
Jay uni divanga yotqizdi, so‘ng oshxonaga yugurdi. Suv olib keldi, yostiq qo‘ydi, adyol bilan o‘radi. Boshini Jinhu peshonasiga tekkizib, pichirladi
-Iltimos... o‘zingga kel... Jinny... Men sensiz nima qilaman?
Jinhu ko‘zlarini sekin ochdi. Unga qarab, ojiz bir jilmaydi.
-Jay... kechirasan... men... charchadim.
-Jinhu. Meni kechir... lekin hozir shu yerdaman. Ketmayman. Yana seni ko‘rganim uchun Xudoga shukur.
Jay Jinhu qo‘lini mahkam ushladi. Bu lahza — og‘riq, sevgi va tushunish bilan to‘la lahza edi. Jinhu esa nihoyat ilk bor — o‘zini yolg‘iz emasdek his qildi.
Jay darhol tez yordamga qo‘ng‘iroq qildi. Harakatlari dadil va aniq edi. Jinhu hushsiz bo‘lsa-da, Jay uning peshonasini silab, har daqiqada gapirib turardi:
-iltimos, Jinny… ko‘zlaringni och. Bu safar seni qo‘yib yubormayman.
Tez yordam mashinasiga chiqqach, Jay uni qattiq ushlagancha yonida o‘tirdi. Mashina sirenasi tinmayotgan bo‘lsa-da, Jay faqat Jinhu haqida o‘ylardi. U Jinhu qo‘lini siqib turardi, barmoqlari orasiga barmoqlarini ohistalik bilan joylab, har daqiqada uning bilagidagi tomir urishini tekshirardi.
Shifoxonaga yetib kelishgach, Jinhu zudlik bilan tekshiruvdan o‘tkazildi. Shifokorlar tomog‘ini yuvish kerakligini aytishdi.
Bu Jinhu uchun eng yoqimsiz jarayon edi — ayniqsa, o‘tkir og‘riq, qusish hissi, va ko‘zdan yosh chiqadigan darajadagi azobli tozalash.
Lekin endi bari boshqacha edi.
Jay uning yonida turdi. Egnidagi kurtkasini echib, Jinhu yotgan karavot chetiga yoydi va qo‘lini ushladi.
Uning ko‘zida yosh yiltilladi, lekin bu nafaqat og‘riqdan — balki ko‘nglida uyg‘ongan chuqur tuyg‘udan edi.
Shifokor tamg‘a solingan uzun, ingichka trubkani tomog‘iga tushirayotganda, Jinhu azob bilan qisilgan ko‘zlarini ochib Jayga qaradi.
-Men bu yerda bo‘laman, Jinny. Nafas ol, men seni ushlab turaman.
Jinhu og‘riqdan baqirib yubormaslik uchun lablarini tishladi. Har ikkinchi soniyada Jay uning kaftini silab, barmoqlari bilan tinchlantiruvchi harakatlar qilardi. U shunchalik ohangdor, muloyim, ishonchli ediki...
Va shu payt Jinhu ichida bir narsa chertib ketdi. "Soobin hech qachon bunday qilmagan..."
Soobin tomog‘i yuvilganda xonada hatto ko‘zlarini telefonidan uzmagan, yugurib chiqib ketgan. U har doim masofani saqlagan. Har doim sovuq, “boshqalar hal qiladi” degancha yondashgan.
Jay esa... har bir detalda bor edi. Nafaqat tanasi bilan, balki qalbi bilan. U Jinhu og‘rig‘ini o‘z yuragida his qilayotgandek edi.
Jarayon tugagach, Jinhu zaif holatda lablarini silkitib pichirladi:
Jay boshini yostiqqa qo'yayotgan Jinhuning sochini silagancha jilmayib shivirladi
-menga sening sog'lig'ing muhim Jinny
Va Jinhu nihoyat Jay va Soobin orasidagi butun farqni yuragi bilan angladi: biri bor bo‘lib ko‘rinar, ikkinchisi esa bor edi — to‘lig‘i bilan.
Oradan kunlar o'tdi. Jinhu asta sekin tuzala boshladi. Jay necha kundan beri uning yonida, unga mehribon, g'amxo'rlik qilardi. Bir necha kundan keyin Jay uyga qo'lida bir xat jild bilan keldi
-bu nima? Muxlislardanmi? (So'radi Jinhu kiyimlarini kir yuvish mashinasiga solarkan
-yo'q... Meni armiyaga chaqirishdi. 2 yillik harbiy xizmatga.
-nima? (Jinhu qotib qoldi. Uni 2 yil ko'rmaslik. Buni hayoliga ham keltira olmasdi. Ammo u xafa bo'lgandek ko'rinishni istamadi) Zo'rku, sochingni kalga olamiz
-jinnimisan? Buni qaranga, Jinny darrov xursandchilik haqida o'ylaydiya...
Jinhu xonaning bir burchagiga kamerani qo'ydi va Jayning oldiga keldi.
-xo'sh tayyormisan? (Soch oladigan qurilmani ushlab
-Shoshma... Yana besh daqiqa. Sochlarimni ko'rib to'yib olay. (Jay oynaga qarab
Jinhu jim qarab turdi. Jay oynaga yaqinlashdi, barmog‘i bilan yelkasiga tushib turgan bir tutam sochini ohista silab qo‘ydi. Go‘yoki har bir tolasi bilan xayrlashayotgandek edi. U lablarini qattiq tishlab, ko‘zlarini yumdi.
-bo'ldiye! (Jinhu uni boshini tortdi va sochini kesa boshladi
-ayyy....(Jay yuzini burishtirib oldi) Xohlamayman... Mening sochlarim!..
Jinhu jilmaydi, lekin yuragida nimadir ezildi. Jayning bu qadar hisli bo‘lishi uni ajablantirdi. Jinhu sochini asta kesishni boshladi. Har bir tolani ehtiyotkorlik bilan olib tashlarkan, Jayning har bir nafas olishini eshitib turdi. U silkinib ketganida, Jinhu qo‘lini tortib oldi, so‘ng yana davom etdi.
Soch to‘liq olinishidan keyin, Jay o‘zini oynaga yaqinlashtirdi. Soch turmagiga qarab turarkan, lablari titradi. Jinhu undan ko‘z uzmadi.
-endi 2 yil mensiz sahnaga chiqasan... Sen esa meni ustimdan kulyapsan... Jinny...
-ahir bu shunchaki 2 yil. Darrov o'tib ketadi, Jay.
Jay Jinhuning bu 2 yilga shunchalar befarq bo'layotganidan juda ham xafa bo'ldi.
-mayli bo'laqol endi. Kech qolasan aks holda.
-mayli... (Jay ryukzagini oldi) Xayr...
-xayr. Baquvvat boib qayt. Iloji bo'lsa borishga harakat qilaman. (Jinhu qo'l silkidi
Jay ham unga qo'l silkidiyu mashinaga minib ketdi. Jinhu u ketishini qarab turdi va xonaga qaytib kirdi.
-men unga sog'inishimni aytolmadim... (Yerga o'tirdi va yig'lay boshladi.
Jinhu qorong'u xonada, yolg'izlikda yig'lardi. Huddiki endi u o'zini Jaydan uzoqlashtirgandek, uni o'zidan itargandek tuyulaverar edi. Aslida u haqida qayg'urishini aytolmadi. U o'zi bilmasdiki kamera uning ko'zyoshlarini hali ham yozib olardi.
Jay esa mashinadan orqaga qaradi. Ortiga qaytib yana uning yuzini ko'rgisi kelardi. Yuragi 'ortingga qayt' desa, boshqa bir ovoz 'kech' deb baqirardi.
U boshini oynaga toragancha asta shivirladi
-Jinny meni sog'inmaydi... U uchun bu shunchaki 2 yil...
Jay ummuman oldinga qarashni istamas edi. Ortiga qaytishni juda istardi.
Manashu ondam boshlab vaqt u uchun sekinlashdi. Har bir lahza Jinhuni yana qayta ko'rish uchun sekinlashib borardi.
Oradan haftalar o'ta boshladi. Jinhu koryerani davom ettirdi. Muxlislar uni tez-tez Jayning kiyimlarini kiyib chiqqanini sezishardi.
-Jinhu juda ham mehribon va ko'ngilchan. U hech qachon Jayning yo'q ekanini bildirmaydi (muxlislardan biri uning sahnadagi rasmi bilan shu soczlarni ijtimoiy tarmoqda qoldirdi
Boshqalar ham uning gapiga qo'shilardi.
"JayJinhu eng zo'r duo" ; "Gitaristimizni juda sog'indik, uning ovozini eshitgim kelyapti"...kabilar.
Jinhu necha marotalab Maria bilan harbiy xizmat markaziga keldi. Ammo har safar uni ichkariga kiritmasdilar.
-balki kutishdan foyda yo'qdir Jinhu (Maria uni qi'lidan tortdi
-yo'q... U ishlarini bo'lib chiqadi... (Jinhu darvozadan ichkariga qarashga urinardi
-ketaylik yur. Kech tushib qoldi ahir
Ular bir necha marta shunday qilib kelib ketishdi. Bir safar Jinhu soqchilarga kamerasini berib ketdi. Ular buni Jayga berishga vada berdilar.
Jay sekin kamerani yoqdi. Park. Jinhu ca Maria birga muzqaymoq yeyishardi. Keyin kamerani Jayga qaratdi. U skameykada mudrab qolgan edi. Jinhu kelib asta uni sichini siladi
Keyingi videoda Jay konsert davomida muxlislariga qarab gitara chalar edi. Jinhu baralla aytdi: mana mening eng yaqin do'stim!... (Keyin shivirladi) Yo'q, mening yuragimdagi odam.
Keyingi video esa armiyaga ketishdan oldin olingan video edi. Jinhuuning sichlarini qirqqani va Jay xayrlashgani. Jay kamerani qattiqroq ushladi. Jay chiqib ketgach Jinhu qanchalar yig'lagani videoga tushib qolgandi. Keyin Maria kelib kamerani o'chirgan ekan.
Yana birida esa Jinhu konsertda kuylayotgandi. Bu qo'shiq 'Kuylanmagan musiqamiz' deb nomlanar edi va barcha matn Jay haqida edi. Jinhu uning kiyimini kiyib olgan edi...
Qorong'u xona, Jinhu yig'laganmi, yoki charchaganmi juda xorg'in ahvolda edi.
-Bizning qadrdon gitaristimiz, Jay. Seni sog'indik. Afsus yoningga kiritishmayapti. Seni qattiq sog'indim. Sen uchun qo'shiq kuyladim. Har bir tongda seni ko'rgim kelib uyg'ongani uchun... Seni qattiq yaxshi ko'rganim uchun...
Jay kamerani stolga qo'ydi. Ko'z yoshlari oqayotganini sezmagan ham edi.
-men axmoqman... U meni sog'ingan ekan...
Shunday qilib harbiy xizmat ham tugadi. Qish. Jay ryukzagini olib darvozadan chiqarkan uzoqroqda oppoq palto, qizil qo'lqop va qizil sharfda Jinhu turardi. U juda ham yoqimtoy edi. Qo'lida bir buket gul va sovg'alar.
Jay o'ylav o'tirmasdan unga qarab yugurdi. Jinhu qo'lidagi gullarni va Sovg'alarni Mariaga berdi va u ham oldinga yugurdi. Ikkisi bir birini oldiga kelganda qo'llari bilan mahkam bir birini bag'riga bosishdi. Jay yuzini uni g sochlariga bosib chuqur nafas oldi. Jinhu ham uni mahkam quchoqladi
-seni yana bir hafta ko'rmasan o'lib qolaman deb o'ylagan edim... (Jay uning sochlariga gapirdi
-Jay, seni juda qattiq sog'indim! Juda ham! ... Eng yaqi do'stimni... (Qo'shib qo'ydi.
Ular uyga qaytishdi. Bir necha kunlardan keyin yangi qo'shiq ustida ishlay boshladilar.
Jay gitarasini sokin chalgancha studiyada o'tirib sokin hirgoya qildi
-senga bo'lgan hislarimni yashiraman hamon, huddi ular yo'qdek yuragimda. Senga bo'lgan hislarimni yashiraman hamon, chunki qo'rqaman ketib qolishingdan.
-sen uchun bir ahmoqdirman, ammo sezyapman sen mening bir bo'laginsan. Sen uchun bir ahmoqdirman, ammo menga baribir, endi menga baribir.
Jay unga qaradi. Ko'zlarida yoqimli iliqlik bor edi.
-snowflakes... Qorparcha deb nomlaylik.
-qishga mos keladi. Qor ostida klipni suratga olamiz
Qo'shiq ham chiqdi. Jay va Jinhu birgalikda klipni ko'rishardi.
-bilasanmi Jinny... Klipdagi bo'sa, men uni chin dildan xohlab qildim. Shunchaki sahna uchun emas.
(Jinhu unga qaradi. Uning ko‘zlarida hayrat, ehtimol, ozgina umid ham bor edi.)
-balki endi ro'k o'ynashni, hislarimizni yashirishni bas qilarmiz?
Jinhu hech narsa demadi. Bir lahza sukut cho‘kdi. So‘ng u sekin boshini quyi soldi, lekin lablarida nozik jilmayish paydo bo‘ldi
Jay asta qo‘lini uning yuziga qo‘ydi, kaftlari ostida Jinhu issiq nafasi bilinardi.
-men bu qo'shiqda barchasini, yuragimdagilarni aytdim
-men ham...men ham shu qo'shiqda yashadim Jay.
Va o‘sha lahzada, bu safar hech qanday kamera, sahna yoki ro‘l bo‘lmasdan, ikkalasi ham bir-birining tomon egildi. Bo‘sa asta, lekin yurakdan, yillar davomida yig‘ilgan sog‘inch, sevgi va armon bilan to‘la edi.
Jinhu ko‘zlarini yumdi, Jayning qo‘llari uni bag‘riga tortdi. Atrofda sukut edi. Faqat yuraklarining urushi va ohangli qo‘shiq xotirasi yuksak bo‘shliqni to‘ldirardi
Endi bu na klip va na sahna uchun edi. Nihoyat bu haqiqiy sevgining paydo bo'lganining tasdiqi edi.
E'tibor uchun rahmat janm! 25-mayga kayfiyat uchun. Sizga ham bitta tayyorlab qoyganman. 🙄❤️Oling buni yuragizga soling!