Ikki olam - bir muhabbat
Chapter-2 )( Authors: Maria and Jinhu.
-Jinhu?! U yerda nima qilyapsan? (Seokjinning ot tovushlari qorong'u o'rmonnichidan eshitildi, shulalar ichida u taqinlashib kelyotgani yaqqol namoyon bo'ldi.
-bo'laqol. Tezroq qoch!(Jinhu yigitga imlab
-ko'rishguncha...mm... Xayr (Jay qo'lini sarak-sarak qilgancha yugurib ketdi va kelgan darchadan o'z olamiga o'tib oldi
-nega chaqirsam javob bermaysan Jinhu?! (Seokjin kelgach otdan tushdi, egilgancha qoshini chimirib turardi.
-men... haligi (qiz bir dam nina deyishni o'ylab turdi, shu payt ortidan kichik bug'ucha kelib qo'lini turtdi) ...ha a... Bug'uchani orqasidan yugurib bu yerga kelib qolibman. Bu yerda yana... daryo ham chiroyli oqar ekan... (Noqulay kulgancha boshini qashlab gapirdi.
-bu joyga kelish xavfli. Qani tez oldimga tush (qo'lini ot tomon ishora qildi. Jinhu lablarini yig'irib qosh chimirdi, qo'llarini ko'ksida chalmashtirib oldi va qo'rslik bilan ot oldiga kelib turdi
-seni hech qachon tushunib bo'lmaydi. Ey hudo... (Boshini silkitib kulgancha Jinhuning belidan ushlab ko'tardi va otga mindirdi. O'zi esa pastda yurib uni saroyga olib ketdi.
O'rmonning kichik so'qmoqlaridan ketisharkan allaqachon qorong'u tushib ulgurgan edi. O'rmonni faqat yarim oy yorug'i va yonar qurtlar yoritib turardi. Huddiki barchasi shahzoda va kichik malika uchun jon kuydirib ularning yo'lini yoritishga urunayotgandek. Seokjin jim ketar ekan Jinhu hali ham yuzini burishtirgancha yo'ldan ko'z uzmasdi. Seokjin buni ko'rib jaxli chiqdi ammo kichik singliga hech qachon jaxl qilib gapira olmasdi. Jinhu esa biroz oldin tanishgan kichik shahzoda haqida o'ylardi. Ammo uning diqqatini endi saroy tortdi. Ular saroyga yaqinlashgan sayin u yer yanada chiroyli ko'rinardi
-bu yer juda chiroyli... (Jinhu shivirladi) Bizning olam juda chiroyli...
-shunday. Lekin u yerda sirlar ko'p. Hamma narsa yolg'on yoki xavfli bo'lishi ham mumkin.
-hech kimga ishonib bo'lmaydimi unda? (Jinhu ko'zini pirpiratib
-mumkin biriq oldin 2 marta o'yla.
-sengachi? Senga gam ishonib bo'lmaydimi aka?
-seni katta qilgan odamga shunday deysanmi ahmoqvoy? (Kulib uni burnini chimchidi) Qani yuraqol endi. Mei seni kutyapti. Uxlaysan. (Uni otdan tushurib
-oyim va dadamni oldiga olib bormaysizmi? Jazolaymaysizmi? Axir qochib ketdimku yana
-tshh bu safar indamadim. Lekin yana shunday qilsang...
-seni daryoga tashlab yuboraman, valuqlar bilan yashaysan.(Boshini qimirlatib gapni tugatdi va uni kutib turgan Meining oldiga yugurib ketdi
-bu 12 yoshli kichkina meni jinni qiladi (bosh silkigancga qo'llarini orqasida chalmashtirib xonasiga ketdi.
-Mei. Bizni qirollikda xoinlar bo'lganmi? (Jinhu yotog'iga yotar ekan Mei uning ustiga ko'rpa yopdi
-ha bir paytlar bo'lgan. Shu sababli olamlar ikkiga bo'lingan.
-nima? Bu haqida sen bilasanmi? Menga aytib ber. Iltimos.
-malikam hozir uxlash kerak. *Qosh chimirib)
-nega hamma menga sirli gapiraveradi! Men hammadan xafaman! (Qiz ortiga o'grilib oldi va sukunat saqladi...
-Bilasizmi...agar fursat topilsa men sizga albatta nima bo'lganini aytib beraman. Biroq siz aqlli malika bo'lishingiz kerak. Kelishdikmi? (Jinhu tezda ortiga o'grildi jilmaygancha bosh irg'idi. Mei unga xayrli tun tilab xonani tark etdi.
Jay devordan o'tar ekan uni hali ham o'rmon oldida Yije ismli askar kutib turardi. Tun kirgan, yulduzlar bu joyda zo'rg'a miltillardi. Huddiki bu olam Jinhunikidan ancha yomon, zulmga boy ekani sezilib qolgandek edi. Jay Yijega yaqinlasharkan Yije unga ta'zim qildi. Yosh askar Jayga kichikligidan g'amxo'lik qilib kelardi
-shahzodam, tezroq saroyga qaytishimiz kerak. Zoti oliylari aniq jaxl otiga mingan. (Jay huh tortdi.
-zoti oliylari men bu olamga o'tganindan xabardormi?
-yo'q. Ular hali biz qayerdaligimizni bilmaydi... (Yije Jayni otga mjngashtirib tezda saroyga olib keldi.
Ular qalin devorlar uzra ichkariga kirib kelishar ekan Jayning ichida wandaydir hislar tug'yon urardi. Qirol... Amakisi bo'lmish qirol uchun hurmat va shu bilan birla qo'rquv. Jay katta xonaga kirib keldi. Taxt oldiga kelganda bosh egib tiz cho'kdi. Qirol o'rnidan turib sekin zinalardan pastga tushdi.
-qayerda eding shahzoda? Valiyahd shahzoda bunday qo'rqoqlik qilmaydi Jay.
-mendan jaxlingiz chiqqanini bilaman. Uzr so'rayman zoti oliylari. (Boshini yanada egib
-savolimga javob bermading Jay
-men ,... (Olamlar uzra sayr qilganini aytsa unga jazo berishi tayin. Yolg'on so'zlasa ypsh bo'lishiga qaramay uning vijdoni qiynaladi..) Men adashdim, yo'limni yo'qotdim. Askar Yije meni topib olib keldi
-boshqa bu qaytarilmasin Jay. Zero sen valiyahd shahzodasan. Sen ukalaring va singling uchun o'rnak bo'lishing kerak. Shuni esingda tut. Valiyahd xato qilishi mumkin emas. (Uni yelkasini qoqib qo'ydi. Jay unga ta'zim qilgancha xonasiga ketdi.
Shahzoda zonasiga ketar ekan kichik jussasida katta dardlarni olib yurganini his qilardi. Ich ichidan uni qurtlar kemirayotgandek edi...
-Yije... Sendan bir narsa so'rasam maylimi? Mening akam... Unga nima bo'lgan?
-to'g'risini aytsa men aniq narsa bilmayman shazoda. Bu haqida qandaydir afsonalar yuradi xolos...
-menga ayt. Sen bularni bilasanku. Nega aytmaysan?
-men faqat bu ayro olamlar avval docst bo'lganini, ammo ajralgach saroyda tug'ulgan shahzoda jodulanib qolgani, sirli o'cmonga tushib qolganini bilaman. Bu aniq yoki haqiqiy ma'lumot emas.
-Yije yana... Uning bo'ynida tamg'qsi bo'lgan ekan shundaymi?
-shahzodam uxlashingiz kerak. Hali bunday narsalarga erta. (Yije shahzodani xonasiga kuzatib qo'ydi.
Oradan bir necha kun o'tdi, Jay tun kirishi bilan kiyimlarini almashtirdi. Oddiyroq kiyinib yana o'rmon tomon ketdi.
Tungi o‘rmon go‘zal va sirli edi. Qorong‘ulik ostida, osmon toza va yulduzlar charaqlardi. Havo salqin, ammo yoqimli edi. Daraxtlar oralab mayin shabada esar, yaproqlar ohangli shivirlardi. Atrofdagi mayda jonivorlarning shovqini esa tinchlikka yanada joziba bag‘ishlardi.
Kichik malika Jinhu, qalin daraxtlar soyasida, yashil maysalar ustida o‘tirardi. Uning ustidagi bejirim oq ko‘ylagi oy nuri ostida yaltirar, sochlari esa mayin shamolda hilpirardi. Qo‘llarini tizzalariga qo‘ygancha, o‘z xayollariga cho‘mib, atrofni tomosha qilardi. O‘rmon chuqurligidan kelayotgan chigirtkalarning chirillashi va tungi qushlarning yoqimli sayrashi uni maftun etardi. Bu go‘zallik ichida u yolg‘iz emasligini anglab yetguncha…
-Bu yerda yolg‘iz o‘tirishdan qo‘rqmaysanmi? ( kutilmaganda past, ammo sokin ovoz eshitildi. Jay edi.
Qorong‘ilikda ham uning siymosi tiniq ko‘rinardi: uzun qora sochlari yelkasiga tushib turar, ko‘zlarida odatdagidek qandaydir sirli ifoda bor edi. Jay doimgidek beparvo, ammo nigohida mayin g‘amxo‘rlik aks etardi.
-Seni kutmagandim (jilmaydi Jinhu.
-bilaman. (Jay asta uning yoniga kelib o'tirdi) Seni o'rmonda ko'rish menga yoqdi...
Jinhu boshini egib, maysalar ustida barmoqlari bilan chizgilar chizdi. U Jayning borligini yoqtirishini tan olsada ba’zan yuragida g‘alati hislar uyg‘onardi.
-Men faqat oyga qarayapman (shivirladi Jinhu.
-Oy senga qarab turibdi, (dedi Jay mayin ovozda.) Men esa senga (kuldi
-senga... O'rmonni ko'rsatishimni xohlaysanmi? (Jinhu o'rnidan turdi va unga qo'l uzatdi?
-yo'q demasdim. (Jay uni qo'lidan mahkam tutdi.
Shu kechasi Jay va Jinhu o'cmonni aylanib chiqishdi. Aynan shu kundan keyin ular orasida yaqinlik paydo bo'ldi. Yillar o'tar ekan ular juda ko'p ko'rishishar edi. Ular orasidagi do'stlik yanada yaqin munosabatlarga aylanishni boshlaganini o'zlari ham allaqachon sezishgandi. Ularning yoshi ulg'aygani sayin oralaridagi ip ham qalinlashishda davom etardi...