Moonstruck 💘
Chapter-5 )( Bizning õxshashligimiz bor ekan
Jinhu ertalab yuziga tushgan mayin quyosh nuridan uyğondi. Hali ham Jayning qõlidan ushlab yotgan ekan. Sekin õrnidan turdi. Kiyimlarini shkafdan oldi va boshqa xonaga õtib kiyindi. Endi xonadan chiqib ketaman deganida unga qõngiroq bõldi.
Mina: javoblar chiqibdi Jinhu. Borib olib keldim. Sening uyinga olib boraymi?
Jinhu: shunday qilsangiz yaxshi bõlardi Mina. Men Jayning yonidan keta olmayman. Yura dan ham shubha qilyapman.
Mina: unda hozir uyingga boraman.
Jinhu: albatta. Hõp(gõshakni qõydi) hammasining tagiga yetaman tez orada. Ozgina qoldi Jay( xonadan chiqib ketdi.)
Bu paytda Inju xonim va Yura uyga kelishdi. Jinhu ularni noiloj yuzida tabassum ila kutib oldi.
Inju: Jay yaxshimi? Kõzini ochmadimi?
Jinhu: yõq. Kechasi ham qaradim. Ammo hech õzgarish yõq edi.
Yura: oyi! Buncha sodda bõlmasangiz! Jinhu! Menga qara. Hammasini sen qilyapsan shundaymi?
Jinhu: nega bunday deysiz? Men nima qilishim mumkin tushunmayapman
Yura: unda nega ukam haligacha kõzini ochmadi! Unga nima dori beryapsan? (Eshik taqilladi. Jinhu borib eshikni ochganda Nabi va Mina teng kelib turishgan ekan.
Jinhu: Inju xonim tanishing bu Mina. Biz aynan menga tõnkayotgan aybingiz ustida ishladik
Mina: mana ol Jinhu(hujjatlarni uzatib
Nabi: bu yerda nima bõlyapti menga kimdir tushuntirib bersin
Jinhu: hozir bu savolni sizga qayta berishimga tõğri kelsa ana õshanda nima deb javob berishga õylanib turing (qiz endi õziga ishongan ohangda gapirar edi. Ammo hali ham natijalar u õylagandekmi yõqmi bilmaydi.
Inju: nima deyapsan Jinhu! Bu nima hujjat?
Qiz pala partish hujjatlarni ochib natijalarni tekshira boshladi. Va dorilarda 80% zaxarlu modda bor ekani aniqlangan edi.
Jinhu: men bilgandim! Mana bunga nima deysiz!(Hujjatlarni Inju xonim va Yuraga uzatib) Nabi berayotgan dorilarning 80% zaxari bor ekan. Mana nega Jay uyğonmayapti
Nabi: nimalar deyapsan hoy! Nega men unga zahar beraman! Bu menga dori xonadan berilgan dorilarku! Mwn shularni berdim xolos!
Yura: rostini ayt Nabi! Nega budnay qilding!
Nabi: Yura xonim! (Qoshini kõtarib tishini tishiga qoygancha) Siz ahir ... Qanday qilib...nega bunday deyapsiz endi!
Inju: yaramas!(Nabining yiziga tarsaki tushurdi
Jinhu: balkim qorningdagi bola kimdan ekanini autarsan? Yoki bu bola deganing ham yolğonmidi?
Nabi: oğzingni yum! (Yuzini ushlagancha) Bolamga til tekkizma!
Jinhu: men yosha bola emasman! 17 yosh bõlishim mumkin ammo hech birn qiz 1 kunda xomilador bõlib qolmaydi
Yura: ikkingiz ham bas qiling! Nabi tezda kõzimdan yõqol! Jinhu sen ham xonanga chiq! Mina xonim bizni ma'zur tut. Sen ham iltimos ket
Mina: hõp. Uzr sorayman(degancha Muna uydan chiqib ketdi. Nabi esa sumkasini olgancha Yuraga qarab turardi)
Yura: gapimni eshitmadingmi! Ket! Ishdan bõshading!
Nabi: ming lanat! Odam emas ekansiz Yura!(Uydan chiqib ketar choği eshikni qattiq yopib ketdi. Jinhu tepa qavatga chiqdi va endi Jayning oldiga kirmoqchi bõlganda Yura uning qõldian ushlab qoldi
Yura: sen nimani tushunmading? Õz xonangga demadimmi?
Jinhu: mening xonam shu yerda! Bunga tõsqinlik qila olmaysiz har xolda men Jayning qonuniy xotiniman(ichkariga kirib eshikni qulflab qõydi
Yura: iya... Buni men yosh bola desam ... Hhh ichidan pishgan ilon ekanku!
Jinhu xona bõylab aylanib yurar ekan u birma bir Jayning kampyuteri oldidagi suratlarni kõrardi. Shu payt u daftarchalar orasidan Jayning kundalikchasini topib oldi. Uni oldi va Jayning oldiga kelib õtirib varaqlarni kõzdan kechira boshladi.
-mm... Qiziq nimalar yozilgan ekan. "Bugun kollejni bitirdim. Kompaniyada birinchi ish kunim 1 haftadan keyin" hm u 20 yoshida kimpaniyada ishaly boshlagan ekanda. 3 yil bõlibdi. (Varaqlarni sekin õtirardi) "Menga bahor yoqmaydi sababi esa yomğir kõp yoğadi" axie bahordagi yomğir eng yoqimlisiku. Ayniwsa romantika uchun zõr fasl "yoz ham, kuz ham zerikarli" . Chh qanday zavqlanishni bilmas ekansiz. Yoz va bahorda mevalar pishadi. Issiqqina bõladi havo (bosh chayqab) "qish esa juda sovuq va yoqimsiz" ahir oppoq qor yoğadiku nega u yoqmisz ekan? Ehh Jongsung . (Satrlardan biroz pastga tushar ekan jumlalar õzgarib huddi hozir Jinhu aytgan gaolar yozikgan edi
"Bahordagi yomğir aslida eng zõri. Romantika uchun ajoyib havo, Yoz va Kuzda mevalar pishgani dilni xirom aylaydi. Qishda esa qor yoğadi... Men uni aynan qishda uchratganman. Unga muhabbatim õshanda orta boshlagan."
Jinhu: u degani kim bõldi? Mmm... Sana ham yozilmagan ekan. Balkim yoshligidagi muhabbatidir. Ammo Jongsung bilan õxshash jihatlarimiz bor shekilli.
Jay: ismimni tõliq aytganlarida hech qachon õzimni hozirgidek sezmagan edim...(Dedi shivirlab, Jinhu daftarchani sekin yuzidan tushirdi va unga qaradi. Yana va yana qaradi
Jinhu: uyğonibsiz! Jay! (Õrnidan turdi va tezda eshikni ochib Inju xonim va Yurani chaqirdi...
Jay bir necha kunda tuzalib ketdi. Jinhu hnga juda yaxshi qaradi. Hech shikoyat qilmadi. U õzini Jayga yaqinlashayotganini sezardi. Ammo hali hanuz õz hislari haqida tõliq anglay olmasdi. Jay ham xuddi shunday. Sõnggi bõlgan voqealardan keyin u õzida emas edi. Tõydan 1 necha kun oldingi va osha birinchi kechadagidek iliq muomila qayda. Jinhu unga ğamxõrlik qilsada baribir Jay õzining sovuqqonligini eritish niyyatida emasdek tuyulaverar edi.
Jay yana ishga chiqdi. U õsha kuni biroz kech keldi. Jinhu esa bir õzi iyda qolgandi. Eshik ochilib yopilganini eshitgach u õrnidan turib xonadan chiqdi
Jinhu: Jongsung? Sizmi?(Tep qavatdan oastga tikilib. Oshxonadan stakanning ovozi eshitilgach astga tushdi. Jay suv ichyotgan edi) Juda ham kech keldingiz... Men bir õzim qõrqaman
Jay: birinchi kuni qõrqmagandingku. Endi qõrqyapsanmi? (Stakkani jaxl bilan stolga qõydi
Jinhu: hammasi ham siz õylagandek emas...
Jay: bas qil. Men charchaganman(zinalar bõylab tepaga chiqdi, xonaga kirgancha egnidagi kastyumini yechib divanga uloqtirdi. Kiyimlarini almashtirib bõlgach ish stoliga õtirib yana qandaydir offis ishlarimi davom ettirdi.
Qiz esa soatga qaradi. Soat ham 11 dan oshgan edi. U xona eshigini asta ochib ichkariga kirdi. Jay unga shundag sovuqlik bilan qaradiki tanasi titrab ketdi
Jay: nega diqqatimni bõlib kirib chiqyapsan!?
Jinhu: hali hozir kirdimku...(Deb shkaf oldiga bordi. Õzining sochiqini olib ortiga õğrilganda Jay uning orqasiga kelib turgandi va qiz bundan chõchib ketdi) qõrqitib yubordingiz (tepaga Nayning yuziga qarab. Jay uning qõlidagi sochiqni tortib oldi)
Jay: Jinhu. Yosh boladek harakatlanishni bas qil. Ha deb meni diqqatimni bõlma
Jinhu: bir xonada yashaymiz degan kim edi!? Mana endi qarang shuncha katta uyda nega biz xona ustida janjal qilyapmiz? Yaxshisi meni boshqa xonaga kõchiring
Jay: jim bõl! Hech qayerga kõchmaysan.
Jinhu yuzini burishtirgancha yuvinish xonasiga kirib ketdi. Jay qõlidagi sochiqni divanga uloqtirdi va yana joyiga borib õtirdi. Qiz esa sochiqdan xabari yõq yuvunib chiqdi. Ilgichda sochiq yõq
-jin ursin! Sochiqni u olgandi! Endi nima qildim!? (Minğillagancha
Jay: eri bilan janjallashsa ana shunday bõladi.
Jinhu: ortingizga õgrilib turing. Men sochiqni olgani chiqaman. Qaramang faqat darrov olaman (Jay orqasiga õğirlib õtirdi. Jinhu sekin eshikni ochib tezda divanda yotgan katta sochiqni oldi va egniga tashlab oldi. Ortiga qaytib kiradkan Jay
-men yosh kollej õquvchisi emasman Jinhu. Õzimni boshqara olaman. Ayolning tanasini kõrgan zahoti unga yopishib ketmayman(dedi. Jinhu bu gapni eshitib kõzlari olayib ketdi. Tezlik bilan vannaxonaga kirib kiyimlarini almashtirdi. Chuqur nafas olgancha xonadan chiqdi) agar aytganingda õzim ham olib berardim sochiqni. Lekin... Nega bunday qilmading? (Õrnidan turib
Jinhu: shunchaki bu hayolimga kelmabdi. Men uxlamoqchiman. Hayrli tun(yotoqqa yotdi va kõzlarini qattiq yumgancha Jayga e'tibor bermaslikka harakat qildi.