May 11, 2025

The Frost and The Fox

Sevgi - u doim o'zi bilganini qiladi. U na sovuqqa bo'ysunadi, na olovga, faqat va faqat yurakni tan oladi.

Qorong‘u tun. Oyning xira nuri qor bilan qoplangan tog‘ etagiga tushmoqda. Atrof sukunatga cho‘mgan, faqat shamol ohangida qorlar shitirlaydi. Qorlar orasidan bir siluet yalt etib o‘tmoqda — Jinhu. U tez harakatlanmoqda, kaftidagi yelpig‘ichdan olov rangli shu’la porlab turardi.

U orqasiga qaradi. U kelayotganini bilardi. Na iz qoldirgan, na tovush. Ammo Jinhu yuragi bilan sezardi — Magwi yaqin edi.

Tog‘ yonbag‘rida, qorli archa soyasida qora tutun to‘plandi. U tutun emas edi — bu Magwining vujudga kelish shakli edi. Uning ko‘zlari qip-qizil, lablari esa asta ochilib, sovuq shivirladi:

-Qochishing mumkin emas, Jinhu. Men seni tanlayman. Har safar.

Jinhu yelpig‘ichni keng ochdi. Uning harakati bilan havoda ilondek yaltiragan olov rangli yo‘nalishlar chizildi. Bu oddiy shamol emas edi — bu yo‘naltirilgan kuch edi, ko‘z bilan ko‘rinadigan, ammo yurak bilan boshqariladigan.

-Men bu safar tanlanmayman. Bu safar sen to‘xtaysan (dedi u sokinlik bilan.

-Sen men bilan jang qilishni emas, meni anglashni istayotganingni bilaman... Chunki sen ham zulmatdan yaratilgansan.

Jinhu yelpig‘ichini keskin harakat bilan yuqoriga ko‘tardi. Osmonda olov rangli egri chiziqlar chizildi. Magwining tomoni shamol bilan qamrab olindi, yelpig‘ich chaqirilgan kuchlarni yo‘naltirgancha, unga hujum qilishga tayyor edi.

-sen haqiqiy Magwi emassan. Shunchaki uni menga tashiyapsan xolos!

Qiz havoga ko'tarildi, uning ortida 9 olovli tulki dumi yoyildi, qo'llarini osmonga cho'zdi va yig'ilgan kuchni Magwining silueti tomon yo'naltirdi. Tun birdan porlab ketdi va Magwi g'oyib bo'ldi

-Peaktuni men ximoya qilar ekanman hech kim unga rahna sola olmaydi!..

.

Chapter one.

.

Buyuk Peakdu Tog'i - u ilohlarninh jonajon uyi bo'lgan. Mehribon ota Hwanungning saroyi ham aynan u yerda joylashgan. Har qanday sehr, har qanday vujud, har qanday kuch o'cha saroyda yaralgan. Mehribon ota hammaga birdek iltifot, birdek qattiqqo'llik qiladi.

Men esa shu Peakdu tog'i ilohiman. Uning qo'riqchisi Jinhu Parker. Afsonavit 9 dumli tulki. Bu makonni ximoya qilish, undagi har bir harakatdan xabardor bo'lish mening vazifamdir. Peakdu ahlining tinch va farovon hayoti meni zimmamga yuklatilganiga hademay 467 yil bo'ladi.

Uyim oldidagi katta daraxtga chiqib butun Peaktuni kuzatishni yoqtiraman. Shu payt menga xabar keltirishdi.

-Jinhu! Jinhuuu! (Pastdan kimningdir ovozi keldi

Jinhu: mana tushyapman (bir sakirab pastga tushdi.

-otamiz Hwanung sizni saroyga chorlamoqda. Tez yetib borishingiz kerak ekan.

-bu chol sira tinch o'tirmaydi

Jinhu sochlarini va kiyimini to'g'irlagancha saroy tarafga intildi. Bir sakrashda u tulkiga aylandi, yugurar ekan ortida 9 dumi hilpirardi.

Jinhu Parker - Peaktu tog' ilohi. 500 yildan ortiq umr ko'rgan. Eng kuchli va qudratli ilohlardan biri. U cheksiz sadoqat ramzi. Chunki tulkilar faqat birgina insonni sevishi mumkin.

Bir necha daqiqalar ichida Jinhu Hwnaung saroyiga yetib keldi. Atrofda hamma yugur yugur qilishardi. Jinhu hammaga hayrat bilan qarab ichkariga kirdi. Yugurib ketayotgan bir ishchini tutib oldi

Jinhu: shoshma shoshma. Nima bo'lyapti? (Qoshini ko'tarib

-xonim men ketishim kerak. Qi'yib yubora qoling...

Jinhu: sendan so'rayapman! (Uni yelkasidan mahkam ushlab)

-Poytaxt ilohi kelyapti. Meni ishim ko'p qo'yib yuborsangizchi! (Yelkasini silkidi. Jinhu uni qo'yib yubordi. Ishchi yigit qoqilgancha yana ishiga yugurib ketdi.

Jinhu: yo hudo... Poytaxt ilohi dedimi? (Kuldi) Nahotki men poytaxt ilohini ko'rsam! (U saroy bog'chasiga chiqdi) Bu chol anoyilardan emas nega chaqirdi ekana meni?.. (deb turgan payti orqasidan qandaydir sovuq shamol kelganday bo'ldi.

Egnini qisgancha ortiga o'grildi. Baland bo'yli zabardast yigit oldida turardi. Qoshlari qalin, ko'zlari moviy rang, sochlari oq, egnida oppoq yopinchiq

Jinhu: o'ho'... (Jinhu tirjaydi) Ha uzr so'rayman (u ohista tazim qildi) hayrli kun muz ilohi

-hayrli kun. (O'zini tiyolmay kuldi.)

Jinhu: siz poytaxt ilohi Park Sunghoon bo'lsangiz keraga? (Jinhu uni yaxshilab kuzatib

Sunghoon: huddi o'zi (bosh chayqadi.) sen esa?

Park Sunghoon - poytaxt Choson ilohi. Muz ilohi bo'lmish bo'rilar avlodidan. 1000 yilga yaqin yashagan. Butun umri davomida poytaxni ximoya qilib kelgan. U butun Choson davlatining ximoyachisi hisoblanadi. Bir so'z bilan aytganda u sokinlik mabudi

Jinhu: men esa (u yerga qarab jilmaydi va yana Sunghoonga qaradi) men Peaktu tog' ilohi Jinhu man.

Sunghoon: o'sha afsonaviy 9 dumli tulkimi?! (Ko'zlarini katta katta ochib qiziqqon nigohlar bilan unga qaradi

Jinhu: men haqimda bilar ekansiz-da? (Kuldi

Sunghoon: men hamma ilohlarni bilaman. Butun Choson ilohlarini taniyman. Ko'pini ko'rmaganman xolos.

Jinhu: qiziqarli... (Jim qoldi. Shunda xizmatchilardan biri ular oldiga keldi

-Jinhu xonim, janob Sunghoon, sizlarni otamiz Hwanung chorladi.

Ular birgalikda saroyga qaytib kirishdi. Katta saroy devorlari yam-yashil iviya gullari bilan bezatilgan edi, ustinlarga gulbarglar chirmashib ketgan edi. Ular sekin ammo shahdam qadamlar bolan yurib uchrashuv va majlislar xonasiga kirib keldilar.

Jinhu ham Sunghoon ham tazim qildi. Jinhu ota Hwanung oldiga sekin yaqinlashib egildi va uning etagidan ushlab o'pdi. Hwanung uni boshini siladi va bu Jinhuning tulki quloqlarini paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. Jinhu tezda ularni yashirdi va bir qadam ortga tashladi

Jinhu: sizni har kun ko'raman ammo yana ko'rosh menga sharaf (doimgidek hazilomus gapirdi

Hwanung: men qariyani yaxshi ko'easanku bilaman tulkicha (kuldi

Sunghoon: sizni yana ko'irshdan g'oyatda mamnunman mehribon tam Hwanung (u ham yaqinlashib Hwanungning etagidan o'pdi.

Hwanung: bolalarim, sizlarni chaqirtirishimdan sabab sizlar eng kuchli ilohlardansiz. Zotan bu Peaktu aholisining tinchligi yuzasidandir.

Sunghoon: qanday muammo bo'ldi ota?

Hwanung: chegaralarimizni yovuz ruhlar bosib olyapti. Jinhu har tunda yovuz Magwining ruhlari bilan kurashyapti. Ular Peaktu aholisiga xavf tug'dirishda davom etmoqda.

Jinhu: bu axmoq iblislar har tunda asabimga tegadi (woshlarini chimirib irillagancha

Sunghoon: men Magwining uyg'onyotgani haqida poytaxda xabar topgandim.

Hwanung: aynan shunday. Magwi qora kuchlarini yaxshigina to'plab olgan. Sunghoon, seni Jinhuga yordam berishingni istayman. Shimoliy, Janubiy va G'arbiy chegaraga men boshqa ilohlarni chorlab bo'ldim. Sharqiy chegaradan Magwining aynan o'zi kelishini kutyapman. Sizlarni o'sha joyga borishingizni xohlayman.

Jinhu: ishonchingizni oqlaymiz ota! (Jinhu bosh egdi

Sunghoon: biz g'alaba bilan qaytamiz (Sunghoon ham unga bosh egdi.

Buyuk Mabud Hwanung - u barcha ilohlarni yaratgan mabuddir. Har bir kuch qudratni ularga bergan, jang sanatini o'rgatgan oqsoqol.

Sunghoon va Jinhu saroydan chiqishdi. Allaqachon tun kirgan edi. O'rmonda qoprong'ulik hukumron. Jinhu atrofga qaradi.

Jinhu: bilasizmi shahar saroydan ancha uzoqda. Shu bilan birga mexmonxonalar juda ham tiqilinch bo'ladi. Meni uyim esa huv anavi katta eman daraxti tagida. (Qo'li bilan ko'rsatib) Menikida tunashingiz mumkin.

Sunghoon: uyingga taklif qilyapsanmi? (Bir qoshini ko'tarib

Jinhu: xohlamasangiz yo'q deb qo'yavering. Ko'zim uchib turgani yo'q (O'rmon ichidagi yo'lakdan sekin yura boshladi.

Sunghoon bosh chayqab kulgancha asta uni orqasidan ergashdi. Qo'llarini orqasida birlashtirgancha uni yonida yurish uchun qadamlarini tezlatdi. Unga bir qarab qo'ydi.

Jinhu iloh bo'lishiga qaramasdan u ham juda yosh va nozim ko'rinardi. Bo'yi past. Taxminan 155-160 sm edi. Sunghoon uning olovrang va uzun sochlari qanday shamolda hilpirahdini kuzatdi. U juda sokin edi. Lekin undan huddi iliq havo taralardi.

Sunghoon: sen juda kichkinasan. Necha yil yashagansan o'zi? Masalan men 1000 yilga yaqin yashadim.

Jinhu: men tez orada 500 yil yashagan bo'laman. Bu yerni ximoya qilyotganimga 467 yil bo'ldi. Bu juda g'alati(kuldi

Sunghoon: nimasi?

Jinhu: biz asrlar haqida huddi oddiy odamlar yillarni gaplashgandek gaplashyapmiz.

Sunghoon: ha bu biroz... achinarli ham. Boqiylik juda ham qiyin aslida...

Jinhu: sizning ham hayvoningiz bormi? Masalan menikidek? Men tulkilar avlodidanmanku

Sunghoon: ha, shimol bo'rilar avlodi. (Sunghoon bir deganda katta tosh ustiga sakradi va oppoq bo'riga aylandi. Undan moviy nur taralar edi

Jinhu ham o'zini maqtagisi keldi va u ham yo'lida davom etib tulki tusiga kirib oldi. Noz karashma bilan dumini qimirlatgancha ortiga qaradi

Sunghoon: chakki emas (unga yugurib yetib oldi.) xo'sh uying yaqinmi?

Jinhu: allaqachon yetib keldik (u daraxt shoxlarini asta chetga surdi. Mo'jaz kichik uy ular oldida turadi. Katta eman daraxti ostida uy juda kichik ko'rinardi. Uy eshiklari va tomlariga har xil gullar o'sib ketgan edi. Jinhu odam tusiga qaytib uy eshigini ochdi. Sunghoon unga ergashib ichlariga kirdi.

Sunghoon: mehmon qilganing uchun raxmat (jilmaydi.

Jinhu: manabu xonada uxlashingiz mumkin... Agar uxlasangiz albatta. (Kuldi va xonani tark etdi.

Sunghoon ustidagi yopinchiqni yechdi va yumshoq to'shakka yotdi. Derazadan osmonga bir necha on tikilib turdi va yuzida qandaydir yoqimli tabassum bilan uxlab qoldi.

.

Ertalab Sunghoon ko'zlarini uyqudan zo'rg'a ocharkan yopilmagan derazadan yelvizak yiziga ufurdi. Derazadan katta eman daraxti ko'rinardi. U o'rnidan turdi va derazaga yaqinlashdi. Tepada Jinhuning qizil ko'ylaki va sochlari hilvirab turardi.

Tezda egniga kiyimlarini kiyib Sunghoon eman daraxti oldiga chiqdi. Moviy osmon ostida Jinhu butun Peakduni kuzatib turar edi. U juda sokin va hotirjamdek ko'rinardi.

Sunghoon: senga qo'shilishmga yo'q demasang kerak? ( Tepaga tikilib qo'li bilan ko'zini quyosh nuridan yashirdi

Jinhu: agar uddalay olsangiz mayli (dedi labini chetida jilmaygancha.

Sunghoon uning musobaqasini qabul qildi va bir sakrashda emanning cho'qqisiga chiqdi. Uning yoniga o'tirdi.

Sunghoon: bu yer juda chiroyli ekan. Hamma yer ko'rinyapti. (Uzoqlarga tikilib

Jinhu: Magwi allaqachon harakatini boshlabdi. (Qo'lini sharqqa cho'zib) Ming chaqirim narida qora ruhlarni ko'ryapman.

Sunghoon: unda tezroq u yerga boraylik. (O'rnidan turdi

Jinhu: shoshilish kerak.

Ular birgalikda Sharqiy chegara tomon intilishdi. O'zlarining tulki va bo'ci ko'rinishida ular bir zumda sharqiy chegaraga yetib keldilar.

Magwining o'zi va qora ruhlari shiddat bilan ular tomonga kelardi. Osmonni qora bulutlar qoplay boshladi.

Jinhu: ular yaqin qoldi. Tayyor turish kerak.

Sunghoon: bu chegaradan uni o'tishiga yo'l qo'ymaymiz.

Ikkisi yelkalarini qalqon qilgancha ularni kutib oldilar. Bir zumda shiddatli jang boshlanib ketdi.

Jinhu havoda muallaq turarkan uning 9 dumi olovrang tisda jilolanardi. Yelpig'ichi bilan u yovuz Magwi ruhlariga xujum qildi.

Sunghoon ham bo'sh kelmasdan o'z qilichini mahkam ushlagancha muzli xanjarlar bilan kurashar edi.

Magwining qora ruhlari ham bo'sh kelmas goh Sunghoonga, goh Jinhuga xujum qilib ularni chalg'otishga urinardi.

Magwi- yovuzlik va zulmatdan kuch oluvchi maxluq. Har qanday hirsni o'zlashtira oladi. Ming yillar davomida yer qarida kuch to'plagan.

Magwining o'zi ham jangga kirishar ekan endilikda Jinhu va Sunghoon qattiqroq zarba qabul qila boshlashdi. Ular birlashib to'qnashuvga javob qaytarishardi.

Ammo birdan Magwi qo'llarini osmonga cho'zdi va zulmat kuchi to'plab Jinhu tomon uloqtirdi. Sunghoon tezkorlik bilan Jinhuning oldiga kelib ularning atrofida moviy qalqon hosil qildi. Biroq Magwining kuchi shu qadar qudratli ediki bir tolasi Jinhuning oyog'iga chirmashib uni pastga tortdi.

Jinhu: Sunghoon! (Qo'lini cho'zib baqirdi. Sunghoon hanjari bilan qora kuchni kesdi. Jinhu pastga yiqildi va yerdagi shox shabbalar uni qo'llari va yuzlarini tirnadi.

Sunghoon: jin ursin! (U tezda pastga tushdi va Jinhuga turishiga yordam berdi. Magwi hali to'xtamagandi. Jinhu yelpig'ichini otib o'zlariga qalqon qildi.

Jinhu: jangga qayt! Men yaxshiman. (O'rnidan turdi

Ular jangga qaytishar ekan shiddatli qarshilik ko'rsatishdi. Magwining yovuz ruhlari kamayib qolgani va o'zi ham soatlab kurashishdan charchagani uchun qo'rqoqlik qilib ko'zdan g'oyib bo'ldi. Jinhu yo'naltirgan kuch esa Sunghoonga tegi

Jinhu: Sunghoon!!!

Chapter one is ended.

Author: Jinhu Parker.