“Huquq bilimdonlari” tanlovi respublika bosqichidan fotolavhalar
Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Huquq bilimdonlari” respublika bilimlar bellashuvining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Finalda hududiy saralash bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 14 nafar ishtirokchi o‘zaro 2 ta shart: test savollari hamda insho yozish bo‘yicha bellashdi.
Tanlovning final bosqichi Hakamlar hay’ati tomonidan shaffof va adolatli baholab borildi. Tushlikka qadar yakunlangan final bosqichining 2 shartidagi test va insholar, Tashkiliy ishchi guruhi tomonidan shifrlanib, Hakamlar hay’ati a’zolariga taqdim etildi va tekshirilib, baholandi. Barcha ishtirokchilarning natijalari aniqlangach, mas’ullar, tashkilotchilar va final ishtirokchilari finalning taqdirlash marosimi taklif etildi.
Marosim avvalida, barcha ishtirokchilarning ballari o‘qib eshittirildi. Markaz rahbari Abdumalik Akramov tanlovni adolatli va shaffof baholab borgan Hakamlar hay’ati a’zolariga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tashakkurnomalarini topshirdi.
So‘ngra, tanlovning final bosqichida munosib ishtirok etib, biroz omad yetishmagan va sovrinli o‘rinlarni egallay olmagan barcha ishtirokchilarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining sertifikatlari topshirildi.
Tanlovda yuqori o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining I, II va III darajali diplomlari bilan topshirildi.
“Huquq bilimdonlari” respublika bilimlar bellashuvini tashkil etishda faol ishtirok etgan tashkilotchilar ham tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.