
Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Huquq bilimdonlari” respublika bilimlar bellashuvining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Finalda hududiy saralash bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 14 nafar ishtirokchi o‘zaro 2 ta shart: test savollari hamda insho yozish bo‘yicha bellashdi.

Ushbu bosqichda har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va saralash bosqichida eng yuqori natijaga erishgan 140 nafar ishtirokchi mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida 2-bosqich testlarini ishladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada 10 dan ortiq xorijiy davlat olimlari, xalqaro tashkilot vakillari, respublikamizdagi professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Joriy yilning 8-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosi amfiteatrida “Til bilimdonlari” hamda “Kitobxon yoshlar ligasi” resublika tanlovi g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlandi. Marosim ishtirokchilari O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining doirachilar ansambli sadolari ostida kutib olindi.