“Til bilimdonlari” hamda “Kitobxon yoshlar ligasi” resublika tanlovi g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlandi!
Joriy yilning 8-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosi amfiteatrida “Til bilimdonlari” hamda “Kitobxon yoshlar ligasi” resublika tanlovi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi. Marosim ishtirokchilari O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining doirachilar ansambli sadolari ostida kutib olindi.
Taqdirlash marosimini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Salohiddin Sanaqulov tabrik so‘zi bilan ochib berdi va “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovining 10 nafar “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblariga smartfon hamda Vazirlikning maxsus sertifikatlarini topshirdi.
Taqdirlash marosimi davomida O‘zbek davlat san’at va madaniyat institutidan tashrif buyurgan san’atkorlar tomonidan raqsbop taronalar ijro etildi.
“Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi 4-mavsumida 4-,5-o‘rinlarni egallagan sovrindorlarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining sertifikatlari va smartfonlar topshirildi. Sovrindorlarni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i Shohzod Rahmonov taqdirladi.
“Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi 4-mavsumida 1-,2-,3-o‘rinlarni egallagan g‘oliblarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining I, II va III darajali diplomlari va 3-o‘rinlarga planshet, 2-o‘rinlarga smart televizorlar va 1-o‘ringa noutbuk topshirildi. G‘oliblarni tanlov bosh tashkilotchisi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i Izzatxo‘ja Asomiddinov taqdirladi.
“Til bilimdonlari” respublika tanlovi final bosqichida yuqori ballga ega bo‘lsa-da sovrinli o‘rinlarni egallash uchun biroz ball yetmagan ishtirokchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining sertifikatlari bilan taqdirlandi.
“Til bilimdonlari” respublika tanlovi g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va mos ravishda 1-o‘rin 8 million so‘m, 2-o‘rin 6 million so‘m, 3-o‘rin 5 million so‘m, 4-o‘rin 3 million so‘m va 5-o‘rin 2 million so‘m pul mukofotlari hamda diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi. G‘oliblarni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i Ikrom Choriyev taqdirladi.
Barcha tanlov g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlangach, marosimga tashrif buyurgan barchaga raqamlar yozilgan qog‘ozchalar tarqatib chiqildi va random (tasodif raqam tanlash) orqali 8 nafar omadli inson tanlanib, ularga Izzatxo‘ja Asomiddinov tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.
Tanlovlarni, taqdirlash marosimini tashkil qilishda xizmat qilgan, yordam bergan tashkilotchilarga tashakkurnomalar topshirildi.
“Til bilimdonlari” respublika tanlovining final bosqichidan tayyorlangan videolavha
Shu tariqa taqdirlash marosimi yakunlandi va barcha umumiy fotosuratga tushishga taklik qilindi. Tadbir yakuni fotosessiyaga ulanib ketdi.