Сайёр қабул
March 29, 2022

G‘allaorol tumani aholisi bilan sayyor qabul

«Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJning Kapital qurilish bo‘yicha direktori Sanjar Aripjanov, G‘allaorol tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Oybek Sultonovlar boshchiligida «Jismoniy va yuridik» shaxslarning elektr ta’minotidagi muammolarni o‘rganish yuzasidan G‘allaorol tumani aholisi bilan sayyor qabuli o‘tkazildi.

Sayyor qabulda Mirzabuloq QFY, Qizilqurg‘on qishlog‘i, Uzumzor MFY, Jiydali QFY, Sho‘rcha qishlog‘i, Ko‘rbuloq QFY, Yangiyo‘l qishlog‘i, Qipchoqsuv QFY, Shirinbuloq qishlog‘i, Guliston QFY, Gadoy qishlog‘i, Qashqabuloq QFY, Qashqabuloq qishloqlaridan fuqarolar ishtirok etishdilar.

Fuqarolar asosan elektr energiyasi ta’minotida tayanch, sim va transformatorlar bo‘yicha murojaat etdilar.

Sayyor qabul davomida kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, viloyat va tuman tashkilot rahbarlari tomonidan tushunchalar berilib, barcha murojaatlar o‘z yechimini topdi hamda ijobiy hal qilinishi ta’minlandi.

Murojaat bo‘yicha Mirzabuloq QFYning Qizilqurg‘on qishlog‘iga tashrif buyurilib, temir-beton tayanch ustunlari va zamonaviy SIP rusumli kabel ajratilishi aytib o‘tildi.

«Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ Matbuot xizmati