McDonald's ni tashkil topish tarixi!
McDonald'sning birinchi restorani 1940-yil 15-may kuni Kaliforniya shtatining San-Bernardino shahrida ochilgan. Dastlab 1940-yilda aka-uka Richard va Moris Makdonaldlar tomonidan asos solingan, avtoulovchilarga mo'ljallangan barbekyu restorani sifatida joylashtirilgan. Aka-uka o‘zlarining ilk yemakxonasini McDonald's Bar-B-Q deb nomlashdi. Keyinroq, u yopildi.
Ammo, 1948 yilda biznes faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi va ular gamburger qilishni boshladilar. O‘shanda McDonald's taomnomasida atigi 9 turdagi taom mavjud edi. Shundan gamburger 0,15 dollar, chizburger 0,19 dollar, qahva, Coca-Cola va Orangeade limonadlarining har biri 10 sentdan sotilgan.
Shunday qilib, ular barbekyu tushunchasidan voz kechib, soddalashtirilgan va standartlashtirilgan menyuga o'tdilar. Unda faqat gamburger, chips va apelsin sharbati bor edi. 1949 yilda ozuqalar ro'yxatiga kartoshka frisi va Coca Cola qo'shildi. McDonald's tarmog'idagi 1 ta gamburger narxi atigi 15 sentni tashkil etgan, bu raqobatchilardan 2-3 baravar past edi.
1954 yilga kelib bu ovqatlanish peshtaxtasi Illinoyslik tadbirkor Rey Krokning e'tiborini tortdi. U sutli kokteyllar uchun aralashtirgichlarni sotish bilan shug‘ullanar edi. U Makdonaldlardan 8ta aralashtirgich uchun «yirik» buyurtma oladi va ularning biznesiga qiziqa boshlaydi.
Krok shu maqsadda Kaliforniyaga borib, aka-ukalarning biznesini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi va «ularning ish samaradorligidan lol qoladi va shu yili aka-ukalar franshiza uchun umumiy litsenziyani Rey Krokga sotadilar. Bir yil o‘tib, Krok yangi restoranlarni ochish bo‘yicha franshiza huquqidan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi. Shunday qilib, McDonald's biznesi kengaya boshladi: ikkinchi restoran Illinoys shtati Des-Pleyns shahrida ochiladi.
Ilk kuni 366 dollarlik savdo bo‘lgan. 1958 yili McDonald's 100 mln dona gamburger sotdi. 1959-yilga kelib Krok tomonidan ochilgan restoranlarning soni yuzdan oshdi, 1960-yilda esa u kompaniya nomini McDonald’s Corporationga o‘zgartirdi.
1960-yillar boshlaridan kompaniyaning reklamaga katta e’tibor qaratishi o‘z natijasini bermay qolmadi, ushbu doimiy reklamalar natijasida McDonald’s eng taniqli brendlardan biriga aylandi.
Rey 1961-yilda Makdonaldlardan 2,7 million dollar evaziga kompaniyaga bo‘lgan barcha huquqlarni sotib oldi va McDonald'sning to'liq egasiga aylandi,
1961-yili oziq-ovqat sanoati uchun kadrlar tayyorlash (avvalo McDonald’s tizimida ishlovchi kadrlarni yetkazib berish) ni maqsad qilgan birinchi o‘quv muassasa — Gamburgerologiya universiteti ochildi. Bugungi kunda dunyoda jami 8 ta shunday universitet faoliyat yuritmoqda. Ular Chikago (AQSh), Tokio (Yaponiya), San-Paulu (Braziliya), London (Buyuk Britaniya), Myunxen (Germaniya), Shanxay (Xitoy), Sidney (Avstraliya) va Moskvada (Rossiya) shaharlarida joylashgan.
1962-yilda “M” harfini tashkil etuvchi ikkita oltin arka kompaniyaning logotipi sifatida tanildi
1963-yil sotilgan gamburgerlar soni milliardga yetdi va shu yildan boshlab kompaniya restoranlarga bolalarni jalb qilishga e’tibor qarata boshladi, bunda qizil sochli Ronald Makdonald masxarabozidan foydalanildi. Kompaniya tez sur'atlarda rivojlanib, yangi savdo shohobchalarini ocha boshlaydi va 1965 yilga kelib ularning AQShdagi soni 700 taga yetadi.
1968-yilda Big Mac bozorga chiqarildi va 1000 chi restoran ochildi. 1970-yildan McDonald’s Amerikaning barcha shtatlarida xizmat ko‘rsatishni boshladi.
Bu atama birinchi marta 1970-yillar oxirida Burger King’ning Amerikada o‘z bozorini kengaytirish va yirik raqobatchisi McDonald’sning gamburger bozoridagi ulushini tortib olish uchun urinishlariga nisbatan qo‘llanildi. Keyinchalik bu urushga Wendy’s va boshqa yetakchi fast-fud kompaniyalari ham qo‘shildi. Bunda kompaniyalar narxlarni pasaytirish, raqobatchilarga qarshi agressiv reklama loyihalari tayyorlash kabi usullardan foydalandi. Ushbu kurashda katta yutuqlarga erisha olmagan McDonald’s boshqa mamlakatlarda o‘z ulushini kengaytirishga harakat qila boshladi.
McDonald’s mijozlar qiziqishlarini inobatga olgan holda 1973-yildan restoranlarda nonushta qilish imkoniyatini yo‘lga qo‘ydi. Oradan yetti yil o‘tib McDonald’s tayyor nonushtalar bozorining to‘rtdan bir qismiga egalik qildi.
1975-yildan boshlab mijozlar avtomobillardan tushmasdan taom buyurtma qilish va uni qabul qilib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu xizmatning yo‘lga qo‘yilishi natija bermay qolmadi, vaqt o‘tishi bilan ushbu xizmat turi McDonald’s Corporation daromadlarining yarmidan ko‘pini tashkil eta boshladi. 1979-yilda McDonald’s yosh bolalar orasida o‘z auditoriyasini kengaytirish maqsadida innovatsion xizmat “Happy Meal” (Baxtli taom) - bolalar uchun o‘yinchoq bilan birga oziq-ovqat mahsulotlarini sotish xizmatini yo‘lga qo‘ydi.
1984 yil noyabriga kelib McDonald's restoranlari tomonidan sotilgan gamburgerlar 50 mlrd donani tashkil etdi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanalarga McDonald's asoschilari taklif etildi. Richard Makdonaldga yubiley burgeri taqdim etildi.
McDonald's kompaniyasining AQShdagi prezidenti Edvard X. Rensi (chapda) va Richard Makdonald, 20 noyabr 1984 yil
Yangi restoranlarning ochilishi eskilarining daromadini kamaytirdi. Natijada har bir tadbirkorlik subyektida bo‘lganidek McDonald’s rahbariyati tomonidan ham daromadni ko‘paytirish maqsadida bir nechta marketing bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi, ammo ularning barchasi ham muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Bunga menyuda yangi taomlarning paydo bo‘lishi (pitsa, makaron va past kaloriyali sendvichlar) yoki yonilg‘i quyish shoxobchalari va savdo markazlarida mini-restoranlarning ochilishini misol qilish mumkin.
McDonalds kompaniyasining logotipi bu "M" harfi. Logotipning tarixi Richard MakDonalddan boshlangan.
2016 yilgacha McDonald's global brendlarning o'ntaligiga kirdi.
2016-yilga kelib restoran faoliyati haqida “Asoschi” (The Founder) film-dramasi namoyish etildi.
McDonald’s Corporation – umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritadigan fast-fud restoranlarining eng yirik tarmog‘i hisoblanadi. McDonald’s daromadi bo‘yicha ham dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biridir. Kompaniya tomonidan har kuni 100 dan ortiq mamlakatda o‘rtacha 69 million mijozga xizmat ko‘rsatiladi. McDonald’s gamburger, chizburger va qovurilgan kartoshka (fri) lari bilan mashhur bo‘lsa-da, ular mijozlarga qovurilgan jo‘ja, nonushta yeguliklari, alkogolsiz ichimliklar va turli shirinliklarni ham taklif qilishadi.
2018-yil hisobotlariga ko‘ra McDonald’s 1,7 million ishchi bilan dunyodagi ikkinchi yirik xususiy ish beruvchidir.
Bugungi kunda McDonald's korporatsiyasi global tezkor ovqatlanish sanoatida yetakchi bo'lib kelmoqda. McDonald's dunyodagi tezkor ovqatlanish sanoatining eng mashhur vakili!