
McDonald'sning birinchi restorani 1940-yil 15-may kuni Kaliforniya shtatining San-Bernardino shahrida ochilgan. Dastlab 1940-yilda aka-uka Richard va Moris Makdonaldlar tomonidan asos solingan, avtoulovchilarga mo'ljallangan barbekyu restorani sifatida joylashtirilgan. Aka-uka o‘zlarining ilk yemakxonasini McDonald's Bar-B-Q deb nomlashdi. Keyinroq, u yopildi. Ammo, 1948 yilda biznes faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi va ular gamburger qilishni boshladilar. O‘shanda McDonald's taomnomasida atigi 9 turdagi taom mavjud edi. Shundan gamburger 0,15 dollar, chizburger 0,19 dollar, qahva, Coca-Cola va Orangeade limonadlarining har biri 10 sentdan sotilgan.