September 8, 2023
Baytni tahlil qiling
Ul parivashkim, bo‘lubmen zoru sargardon anga,
Ishqidin olam manga hayronu men hayron anga
Lug‘at:
• parivash – pariga o‘xshash, pari kabi go‘zal;
• sargardon – yo‘lini yo‘qotgan, hayron, boshi aylangan.
Topshiriq:
1. Baytning nasriy bayonini yozing.
2. Misralarning taqtesini chizing va baytni nomlang.
3. Parivash so‘zi orqali qanday she’riy san’at yuzaga kelgan?
4. "Olam hayron" jumlasi qanday she'riy san'atni yuzaga keltirgan?
5. Qofiyadosh so‘zlarni aniqlang va qofiyaning qaysi turidan foydalanilganini yozing.