Javlonbek Rustamjonov
@javlonbek_rustamjonov
7 posts

Baytni tahlil qiling

Ul parivashkim, bo‘lubmen zoru sargardon anga,

Iqrornoma (IV bo‘lim)

Hayotim toʼxtab qoldi. Men nafas olishim, ovqat yeyishim, suv ichishim, uxlashim mumkin edi, nafas olmasam ham, ovqat yemasam ham, suv ichmasam ham, uxlamasam ham boʼlaverar edi. Lekin, bari bir, hayotim toʼxtab qolgan edi. Negaki, menda «qondirsam aqlga muvofiq ish qilgan boʼlaman» deb hisoblaydigan bironta xohish qolmagan edi. Аgar men biror narsani xohlab qolsam, avvaldanoq bilar edimki, uni qanoatlantiramanmi yoki yoʼqmi, bari bir, bundan hech narsa chiqmaydi. Аgar biror sehrgar farishta kelsayu menga hamma istaklaringni bajo keltiraman desa, men unga nima deyishimni bilmagan boʼlardim. Аgar shirakayf vaqtlarimda koʼnglimda istak emas, yoʼq, avvalgi koʼnikilgan istaklarning qoralamasi koʼrinib qolsa, sogʼ daqiqalarimda bilamanki...

Iqrornoma (III bo‘lim)

Аna shu tentaklik qoʼynida men uylangunimga qadar yana olti yil umr kechirdim. Bu vaqt ichida men xorijga borib keldim. Ovroʼpodagi hayot haqida Ovroʼpodagi ilgʼor, oʼqimishli odamlar bilan muloqot shu paytgacha amal qilib yashab kelganim mukammallashuv haqidagi eʼtiqodimni yanada mustahkamladi, chunki bu yerdagi odamlar ham ayni shu eʼtiqodga sigʼinar ekanlar. Mendagi eʼtiqod bizning davrimizdagi oʼqimishli odamlarning koʼpchiligida boʼlgani kabi odatiy bir shaklga kirdi. Bu eʼtiqod «taraqqiy» degan soʼz bilan ifodalanar edi. U paytlarda menga bu soʼz allaqanday maʼno anglatadiganday tuyular edi. U paytlarda hali tushunmas edimki, men «qanday qilib yaxshiroq yashamogʼim kerak?» deganga oʼxshash savollar girdobida iztirob chekayotgan...

Iqrornoma (II bo‘lim)

Vaqt-soati kelsa, men hayotim tarixini hikoya qilib beraman — yoshligimdagi oʼn yillik umrim juda ibratli va taʼsirchan kechgan. Oʼylaymanki, mening koʼnglimdan kechgan tuygʼularning koʼpi boshqalardan ham kechgan. Men butun qalbim bilan yaxshi boʼlishga intilgandim; ammo men yosh edim, hirslarimga asir edim, ammo yaxshi boʼlish yoʼllarini izlaganimda yolgʼiz edim, mutlaqo yolgʼiz edim. Har gal qalbimdagi eng yaxshi mayllarimni, yaʼni maʼnaviy jihatdan yaxshi boʼlmoqchi ekanimni namoyish qilsam, meni mazax qilishar va menga nafrat bildirishardi; yomon ehtiroslarga beriladigan boʼlsam, har gal meni maqtashar va ragʼbatlantirishar edilar. Manfaatparastlik, shuhratparastlik, hokimiyatparastlik, shahvoniyat, mutakabbirlik, gʼazab, intiqom...

Iqrornoma

Men pravoslav xristian dini ruhida choʼqintirilganman va tarbiya topganman. Bolaligimdan boshlab, keyin esa butun oʼsmirligim va yoshligim mobaynida meni diniy ruhda tarbiya qilishdi. Аmmo men 18 yoshga toʼlib, dorilfununning ikkinchi kursini bitirganimda menga oʼrgatgan narsalarining hech qaysisiga ortiq ishonmay qolgandim.

Oq yomg‘ir (hikoya)

Yuksak tog‘ qoyalaridan esayotgan muzdek shamol qorong‘i daralar ichidan kuch bilan otilib chiqib, tog‘ etaklariga ravona bo‘lardi. Pastda ovul uyquga cho‘mgan. Atrof jimjit, derazalardan ko‘rinib turgan chiroqlar sekin o‘cha boshladi. Qirov qoplab, endigina ochilay deb turgan bahor kurtaklari, oy shu’lasida g‘ira-shira kumushdek tovlanib turardi. Faqat shamolning tomga yopilgan qamishlarni shitirlatgan tovushi bilan uyqu aralash uligan it ovozi eshitilardi. Uzoqlardan esa tog‘ daryosining shovullashi va motorlarning guvillashi arang quloqqa chalinardi… Qorong‘ida ovul chekkasidan ikki kishining gavdasi tez yaqinlashib kelmoqda edi. Ana ular, qadamlarini sekinlatib to‘xtashdi… – Endi, bu yog‘iga o‘zim… Rahmat, – ayol kishining ovozi...

Qurboni jaholat (hikoya)

Eshmurod o‘z uyida o‘turub ediki, birov eshik qoqdi. Eshmurod eshik oldiga kelub: — Kimdir? — Men. — Sen kimsan? — Men Mo‘minjon. — Voy, Mo‘minjon ekan-ku,— deb eshikni ochub, Mo‘minjonni mehmonxonaga olub kirdi. Xizmatchini chaqirub, choy-non olub kelishga buyurub yubordi. Mo‘minjon yoshligidan o‘g‘irliqg‘a odat qilub kelg‘anidan mehmonxonaning qozug‘iga osilgan soatga tikildi. Ul soatni mundan bir-ikki hafta muqaddam Eshmurodning otasiga bir yaqin do‘sti hadya qilgan edi. Eshmurod oni yaxshi ko‘rub otasidan so‘rab olgan edi. Xizmatchi: — Havlida non yo‘q ekan, emdi nima qilaman? Eshmurod: — Bo‘lmasa men oqcha beray, ko‘chadan olib kel!— deb yonini axtardi, oqcha yo‘q. Mehmonxonaning yonidagi uydan oqcha olub chiqmoqchi bo‘lub o‘rnidan...