June 28

Mmmmm

Endi Ariana oʻrniga Aseul qoʻyaman)Ofis ichidagi quvnoq kayfiyat endi sekin pasaya boshlagan payt edi. Otasi endi jiddiylashgan ohangda gap boshladi:— Ha, bolalar... endi bir muhim gap bor edi.Jungkook va Aseul birdan jim bo‘lib, otasiga qaradi. Mingyu ham yuzidagi tabassumni yo‘qotib, e’tiborini unga qaratdi.Ota bir zum sukut saqladi, keyin asta dedi:— Mingyu, bugun kechki ovqatga ota-onangni ham taklif qilmoqchiman. Ular bilan ko‘rishishni istayman.— Chunki bu muhim. Men va Mingyuning otasi... uzoq yillik qalin do‘stmiz. Juda ko‘p narsalarni birga boshimizdan o‘tkazganmiz. Bugun kechqurun ularni mehmon qilamiz. Gap bor.Aseul bir lahza qotib qoldi."Gap bor" degani... odatiy gap emasdi. Bu so‘zlar har doim nimadandir darak berardi. Ayniqsa otasi bunday jiddiy ohangda aytsa.U yuragining urishini eshitayotgandek bo‘ldi. Ko‘zlari asta-sekin Mingyu tomonga qaradi. Mingyu esa jim edi, lekin nimagadir u ham bu taklifdan bexabardek emasdi.Otasi jilmaymadi. Faqat asta javob berdi:———

Ota soatiga qaradi, so‘ng Aseul tomon ohangsiz, jiddiy nigoh tashladi:Eshik ortidan sukut cho‘kdi.Aseul shunday qaragancha ketib qoldi

Aseul va otasi ofisdan chiqib ketgach, eshik ohista yopildi. Xonada yana sokinlik hukm surdi.Jungkook kresloga cho‘zilib, yengil nafas oldi. So‘ng sal jiddiy ohangda gap boshladi:— Mayli, endi bo‘ldi. Asosiy gapga o‘tamiz.Mingyu derazadan uzoqlashib, stulga o'tirdi. Uning nigohi sovuq, ohangi esa odatdagidek sokin edi:— Shimoliy tomonlarda harakat boshlangan. O‘sha eski odamlar yana paydo bo‘ldi. Ular yana joy so‘rayapti. Biz nazorat qilayotgan hududga.Jungkook qoshlarini chimirdi:— Yana o‘sha "Black Serpents"mi?— Ha. Ular haligacha tirik. O‘ylagandik — tugatdik, lekin...Jungkook asta bosh irg‘adi:— Oʻshlarni hammasini yoʻq qilib tashasin rosayam jonga tegdi