August 25

Promise in the Moonlight

Sevgi bu —tushunarsiz tuygʻu

— Ota, boshqa gapingiz bo‘lmasa men ketay... — dedi sovuqqon ohangda.

Qirol Rian o‘g‘liga qarab qo‘shimcha qildi:
— Anielga o‘zing yaxshi xizmatkor topib berasan va unga alohida xona tayinlaysan.

Bu so‘zlar Mingyuning ichini g‘ash qildi. Uning yuzida noqulaylik aralash asabiylik paydo bo‘ldi. Chunki u hech qachon qizlarga xizmat qilmagan edi hattoki oʻz singliga ham

— Ota, bu mening ishim emasku, — dedi u norozilanib. — Bundan tashqari nariyog‘da mingta ishim bor. Axir kenja farzandingiz Jungkook bor-ku u faqat yotgani yotgan, hech ishga yordam bermaydi...

Mingyu gapini tugatishga ulgurmay otasining qattiq ovozi uni to‘xtatdi:
— MINGYU! Gapimni eshitmadingmi?

Saroyning devorlari qirolning qattiq ovozidan aks-sado berdi. Aniel esa yonida turib, o‘zini yanada noqulay his qila boshladi. U gapirmoqchi edi, lekin lablari qimirlamadi — bu joyda begona edi saroyning qoidalarini hali bilmasdi.

— Tushunarli — dedi Mingyu sovuq ohangda chuqur nafas olib. — Yur men bilan

Aniel shoshib, sekin qadam tashlab shahzodaning orqasidan ergashdi. Ular taxtxonadan chiqib ketishdi. Yo‘laklar uzun marmar devorlardan shamol o‘tib mayin tovush chiqarar qadam tovushlari esa keng saroy ichida yangrab borardi.

Mingyu asabiyligi sababli juda tez yurardi. Aniel esa unga yetishga qiynalar libosining etaklari polga tegib, qadamlarini yanada og‘irlashtirardi.

— Kechirasiz, shahzoda Mingyu... sekin yura olasizmi? — dedi u nafasini rostlashga urinib.

Ammo Mingyu indamadi. Nigohini oldinga tikib, qadam tashlashda davom etdi.

{norm rasm topolmadim}

— Agar meni deb asabiylashayotgan bo‘lsangiz uzr so‘rayman... — dedi Aniel ovozini pasaytirib. — Bu saroyga men o‘z xohishim bilan kelmaganman...

Mingyu yana sukut saqladi. Bu sukut Anielni yanada og‘ir holatga soldi. Qizning yuragi qattiq ura boshladi. U sal jiddiylashib yana gap boshladi:

— O‘zi eshityapsizmi meni?

Shu payt Mingyu birdan to‘xtab keskin orqaga qaradi. Aniel to‘xtashga ulgurmay uning ko‘ksiga boshini urib oldi.

— Ay... boshim — dedi Aniel beixtiyor baqirib peshonasini ushlab.

Mingyu esa sovuqqon va keskin ohangda dedi
— Xo‘sh, nima demoqchisan? Gapir, eshityapman Ha, seni deb asabiylashyapman.Gapir endi. Nega jimib qolding? GAPIR!

Bu qattiq so‘zlar Anielni larzaga soldi. Ko‘zlarida yosh halqa urardi. Hozirgacha unga hech kim bunday sovuq va qo‘pol muomala qilmagan edi hatto otasi ham.

Qiz zo‘rg‘a ovoz chiqardi:
— Siz... siz juda yomon inson ekaningizni bilasizmi?..

Mingyu chuqur nafas oldi, nigohida charchoq va yashirin iztirob bor edi.
— Ha, bilaman — dedi u hansirab. Keyin yuzini yana oldinga burib keskin ohangda qo‘shib qo‘ydi:
— Yig‘lashni xohlamasang, orqamdan jim kelaver.

U tez yurishni davom ettirdi. Aniel esa orqasidan asta ergasharkan ko‘zidagi yoshlarini artidi va.
.
.
.
.
.
#Aniel #Hebi_kundaligi uchun maxsus